mashg„ulot
Xonanda ovozi turlari. O„tkinchi notalar xarakatining ravonligi
Tovushni to‗g‗ri shakllantirish va uni rivojlantirishning shartlaridan biri uning turiga tug‗ri tashhis qo‗ya bilish hisoblanadi.
Quyidagi belgilar orqali ovoz turlarini aniqlash taklif etiladi: o‗tuvchi notalar va primar pardalarda tembri, qanday diapazonga ega bo‗lishini, tessitura tuta bilish qobiliyatini, shuningdek tovush boylamlari uzunligini va ortga qaytuvchi nervning xronaksiyasi.
Tembr va diapazon asosida xonanda qaysi tur ovoz egasi ekanligini aniq aytib berish mumkin emas. O‗z turiga mansub bo‗lmagan keng diapazonli tovushlar ham uchraydi yoki uning aksi ularok diapazonning yuqori yo pastki qismi qisqarishi kuzatiladi. Yana shunday xam bo‗ladiki, tembr bir tur ovozga to‗g‗ri kelsa, diapazoni esa unga javob bera olmaydi.
Ovoz turini aniqlashda o‗tish notalari bilan tanishish muhim o‗ringa ega. Ma‘lumki, turli ovozlar turli balandlikda o‗tish notalarga ega. Har bir ovoz turining o‗tish notalari turli balandlikda joylashadi:
Tenor: Mi1-fa-fa# Bariton: Re1-mib-mi Bas: Lyakich-sib-si-do-do#
Soprano: Mi1-fa-fa# va mi2-fa-fa#-sol Metstso-soprano: Do1-re-re# va do2-re-re#
O‗tish notalar ayollar ovozida diapazonning past qismida, erkaklarda esa diapazonning yuqori qismida joylashgan. Shuni eslatish lozimki ayollar ovozlarining yuqori qismida ham o‗tish notalar bor, ammo ular unchalik sezlarli emas.
Erkin, tabiiy va chiroyli jarangdorlikka ega primar tovushlar ovoz turini ajratishda katta ahamiyatga ega. Ular asosan tovush diapazonning o‗rta qismida mavjud bo‗ladi: tenorda — birinchi oktavadagi do, sopranoda — ikkinchi oktavadagi do, baritonda — kichik oktavadagi lya, metstso — sopranoda — birinchi oktavadagi lya, basda — kichik oktavadagi fa notasi.
Mazkur tur tovushga xoslikni tessitura ushlab turish juda muhimdir. Tessitura tushunchasi ijro etilayotgan asardagi tovushning bir maromda tutib turgan diapazon qismidagina aks etadi. Agar tovush xarakter jihatidan tenorga yaqin bo‗lsa, lekin tenorga xos tessiturani ushlabturmasa, extimol u tovush bariton bo‗lishi mumkin.15
Ovoz turlarini aniqlashda - anatomik — fiziologik usullar mavjud. Turli
turdagi ovozlarga turli uzunlikdagi tovush boylamlari muvofiqligi oldindan ma‘lum. Ovoz kancha baland bo‗lsa, tovush boylamlari shuncha qisqa va nozik bo‗ladi. Bundan tashkari har turdagi ovozning qaytib boruvchi nerv ma‘lum xronaksiyaga egalik qiladi. Yusson mana shu tur buyicha ayollar tovushini 19,
15 Muxamedova G. Xonandalik uslubiyoti asoslari.T., 2007 (55-56 b.)
erkaklarniki esa 17 guruhga bo‗ladi. Shunday qilib ovoz turini belgilar majmui orqaligina aniqlash mumkin.
Ovoz harakatining ravonligiga erkaklar ovozida, ovozini to‗g‗ri hosil qilish va registrlarni aralashtirish orqali erishiladi.
Xiralashgan tovush kekirdak trubalari impedansi kengayishi natijasi.
Mikstlash (aralash)-paylarining asosiy ish faoliyati.
Berkik-yuqoridagi ikki tipning birlashgani. Berkik tovush usullari: taqlid, O va U ning chuqur talaffuzi, mikstlash va xiralashtirish.
Aralashtira olish xarakteri o‗quvchining ovoz apparati individual xususiyatlariga bog‗liq.
Diapazonning o‗rta qismida tovushni to‗g‗ri hosil qilish, dinamik jihatdan to‗g‗ri tuzish, nafas yetkazib berish nuqtai nazaridan sadolanishning ―yuqori pozitsiya‖da bo‗lishi diapazonning yuqori qismida tovushni berkik holatini to‗g‗ri topish degani.
Ovozning yuqori notalarga o‗tishini, berkik va aralash ovoz hosil qilishni quyidagi ―davolovchi‖ vositalar yengillashtiradi: faltset, nafas olishdan keyingi hujum. Shuning uchun: tovushni o‗rtacha kuchi, yumshoq tovush hujumi, yumshoq sadolanish, O va Uda impedansni kengayishi, uzluksiz va yumshoq nafas, tovush tayanchi hisi tavsiya etiladi.
Ayollar ovozida diapazon davomida tovushlar tekisligiga erishish, diapazonning o‗rtasida ovoz hosil qilishning aralash turi tabiiy borligi uchun osonlashadi. Ayollarda diapazon tekisligi ustida ishlash printsiplari huddi erkaklarnikiga o‗xshashdir.
Primar tovush - kuylovchi ovozidagi eng qulay va tabiiy tovush.
Do'stlaringiz bilan baham: |