1. Xolding kompaniyalarida boshqaruvning mohiyati



Download 27,79 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2021
Hajmi27,79 Kb.
#68800
  1   2   3   4
Bog'liq
Холдинг компаниялари


Mundarija

1.Xolding kompaniyalarida boshqaruvning mohiyati……………….…4

2.Xolding kompaniyalarida boshqaruvni tashkiliy iqtisodiy mexanizmining o’ziga xos xususiyatlari va tamoyillari……….…........8

3.Xolding kompaniyalarida korporativ boshqaruv modellari va ulardan foydalanish imkoniyatlari………………………………………...........11

Xulosa……………………………………………………………….....12

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………….…13

1.Xolding kompaniyalarida boshqaruvning mohiyati

Yirik korporativ tuzilmalarning tashkil etilishi XX asrda iqtisodiy rivojlanishning muhim tendensiyasi bo’ldi. Xolding kompaniyalari o’z rivojlanish yo’lida va ularning jamiyat tomonidan qabul qilinishida fan-texnika, iqtisodiyotning rivojlanishi, aholi malakasi, ma’lumot darajasi bilan bog’liq qator bosqichlarni bosib o’tdi. Mazkur bosqichlarning har birida xolding kompaniyalarning vujudga kelishiga har bir mamlakatda yuzaga kelgan korporativ madaniyat katta ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi vaqtda korporativ sektorda maxsulot va xizmatlarning asosiy qismi ishlab chiqarilmoqda. Son nisbatiga ko’ra sanoati rivojlangan mamlakatlarda xolding kompaniyalari, korxonalarning umumiy sonida katta salmoqqa ega. Shu bilan birga ular YAIM ishlab chiqarishda va davlat byujetining daromadlarida yetakchi mavqeni egallaydi.

Jahonda yirik xolding kompaniyalari hal qiluvchi ro’l o’ynashi haqida yana yana shu narsa dalolat beradiki, butun jahon ishlab chiqarishi hududining 1/4 qismiga yaqinini taxminan 600 ta moliya-sanoat guruhi nazorat qiladi. Ayniqsa, ko’p ilm talab qiluvchi eng yangi ishlab chiqarishlar sohasida ularning samog’i yuqori, chunki aynan yirik birlashmalar yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga katta mablag’ sarflashga qodir. Masalan, AQSHda elektiron sanoat uchun jihozlar ishlab chiqarishda mingdan ortiq fima band, sotuvlarning yarmidan ko’pi esa bor yo’g’i 14 kompaniyaning ulushiga tog’ri keladi.

G’arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyaning urushdan keyongi tarixi shuni ko’rsatmoqdaki, milliy sarmoya faqatgina qudratli moliya-sanoat tuzilmalariga birlashib, davlat organlari bilan o’zaro jips hamkorlik qilsa hamda milliy va jahon iqtisodiyotining oziga xos xususiyatlarinin inobatga oluvchi huquqiy rejimda ishlasa, transmilliy holding kompaniyalari va chet el moliya-sanoat guruhlari bilan raqobatlashishga qodir bo’ladi.

Yirik sanoat xolding kompaniyalarining shakllanishi rivojlangan mamlakatlarda turlicha yo’llar bilan kiradi. U g’arbiy Yevropa va AQSHda erkin bozor sharoitida kompaniyalarning qo’shib olinishi va qo’shilishi yo’lidan bordi. Osiyo mamlakatlari (Xitoy, Yaponiaya, Janubiy Koreya, Tayvan)da ko’p tarmoqli savdo-sanoat birlashmalari davlatning yordami bilan tashkil etildi. Davlat ularga hozir ham iqtisodiy beqarorlik holatlarida yordam ko’rsatib turadi.

Hozigi paytda jahon xo’jalik sub’yektlari korporativ integratsiyalashuvining faol jarayoni kechmoqda. Korporativ interatsiyalashuv tadbirkorlikni tashkil etishning nafaqat samarali, balki jaho xo’jaligidagi zamonaviy o’zgarishlarga tez moslashadigan shakli bo’lib qoldi.

Bugungi kunda yirik integratsiyalashgan xolding kompaniyalari iqtisodiyotning turli tarmoq va sektorlarida faoliyat ko’rsatmoqda. Shu bilan birga ular ikkita muhum tendensiya bilan tavsiflanadi.

1.Sanoat va kredit-moliya muassasalari holding kompaniyalari doirasida integratsiyalashuvi, ya’ni banklar va bank bo’lmagan kredit-moliya muassasalarining xolding kompaniyalari tarkibidagi ishtroki.

2.Transmilliylashuv, ya’ni chet elda shu’ba kompaniyalar va filiallar tashkil etib, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni amalga oshirgan holda o’z faoliyati sohasini kengaytirishga intlish.

Yirik kompaniyalar, ya’ni, xoldinglar, moliya-sanoat guruxlari ichki bozorda ham, tashqi bozorda ham iqtisodiy hamkorlikning barqarorligiga ko’maklashadi. Aynan yirik korxonalar va birlashmalar tovarlar hamda xizmatlar turlarini yangilash, takomillashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish yo’li bilan samarali raqobat kurashini olib borishga qodir.

Yirik xolding kompaniyalari faoliyat barqaror va ishonchli ekanligi bois tasodifiy omillar ta’siriga kamroq duchor bo’ladi. Ular strategik rejalashtirishni amalga oshirish tufayli ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash imkoniyatiga ega bo’lib, xalqaro mexnat taqsimotining ustunliklaridan foydalanishlari mumkin.

Shu bilan birga, yirik integratsiyalashgan tuzilmalar kichik biznes va tadbirkorlikning antogonistlari xisoblanadi. Ularni ko’pincha kichik biznes va tadbikorlik o’z ta’siri doirasiga jalb qilishi hamda unga ishonchli sherik bo’lishi mumkin.

Jahon tajribasi shunu ko’rsatmoqdaki, korporativ integratsiyalashuv jarayoni bir qancha yo’llar bilan amalga oshadi.

-qo’shib olish va qo’shilish orqali, buning natijasida bosh firma aksiyalarning nazorat paketlariga ega bo’ladi;

-banklar tomonidan firmalarning birlashtirilishi orqali;

-turli sabablarga ko’ra bosh kompaniyadan (aksiyalar nazorat paketini saqlab qolgan holda) shu’ba korxonalarning ajratib olinishi hisobiga.

Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni birlashtirish tendensiyasi birgalikda rivojlanish zaruratini o’zida aks ettiradi. Bunga sabab, firmalar sinergik samara orqali mahsulot ishlab chiqarish, uni taqsimlash va sotish xarajatlarini pasaytirish, olinadigan foyda hajmi ko’payishiga erishish, investitsiyalar samaradorligini oshirish va o’zining raqobat ustunligini kuchaytirishga intiladi.

Alohida takidlash lozimki, birlashuv chog’ida har bir xo’jalik birligi faqat oziga katta foyda keltiradigan faoliyat turi bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, korporativ birlashmalarni shakllantirish turli xildagi maxsulotlarni ishlab chiqarish bo’yocha (xom ashyoni olisdan tortib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishgacha) tugallangan texnologik zanjirni barpo etish uchun imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga, mehnatni yanada optimal tarzda taqsimlash uchun shart-sharoitlar yuzaga keladi, bu o’z navbatida, yuqori unumli uskunalar, ilg’or texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarishni oqilona tashkil qilishga ko’maklashadi.

Bozor ulushini kengaytirish, sotuvlar hajmini oshirish va xarajatlarni kamaytirish hisobidan foydaning o’sishini ta’minlash korporativ integratsiyalashishga undovchi asosiy iqtisodiy omil hisoblanadi.

Sotuvlar hajmi o’sishi birlashma ishtirokchilarining mahsulotlarini birlashtirish, assortimentning umumiy lortfelini boshqarish, birlashma ishtrokchilari o’rtasidagi raqobatni kooperatsiyaga aylantirish, yarik korporativ mijozlar va mintaqalar bilan ishlash natijasida sodir bo’ladi.

Xaralatlarni kamaytirishaga mablag’larni reklama, marketing, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstuktorlik ishlari, boshqaruv texnologiyalarinin harid qilish va ishlab chiqarish, mahsulot ishlab chiqarish va sotishga taqsimlash orqali erishiladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, xolding kompaniyalari moliyaviy imkoniyatlarining asosiy xususiyati qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish va sotish hisobidan moliyalashning yangi manbalariga yo’l topish bilan belgilanadi. Aksiyadorlik jamiyatlari tashkiliy xususiyatlari ularga sarmoyalar bozoriga chiqish orqali ishlab chiqarishga resurslarning katta hajmini jalb qilish imkonini beradi. Xo’jalik faoliyatini moliyalashda foydalaniladigan fond vositalarining turlari xilma-xil bo’lishiga qaramay, bunda asosiy ro’l aksiyalar va obligatsiyalarga tegishli bo’lib qolaveradi.

Xolding kompaniyalarining fond bozorlariga chiqish imkoniyati moliya bozori bilan o’z munosabatlarini diversifikatsiyalash va muqobil asosda (kredit, (bank) resurslari bozori – qimmatli qog’ozlar bozori) moliyaviy resurslarni jalb qilish imkonini beradi. Bu yerda “o’rin bosish” holati kuzatiladi. Bu shuni anglatadiki, fond bozorining ushbu segmentlaridan birida konyukturaning o’zgarib turishi bilan bog’liq yo’qotishlar xatari boshqa segmentlardan foydalanish hisobidan olingan foyda orqali qoplanishi mumkin. Natijada xolding kompaniyalari moliyaviy muqobilliklar yig’indisi bo’yicha qo’ldan chiqarilgan imkoniyatlar xarajatlarini pasaytiradi. Chet mamlakatlar amaliyoti shundan dalolat berib turibdiki, bank qarzlari va aksiyadorlik nashrlarining korparatsiyani yillik moliyalashdagi o’zaro nisbat ko’p jihatdan fond bozori kon’yukturasi va foiz stavkalarining kattaligi bilan belgilanadi.

Ta’kidlash joizki, fond bozoriga chiqish korporatsiysga moliyaviy vositachilar (investitsiya fondleri, pensiya jamg’armalari va sug’urta kompaniyalari)ni, jismoniy, yuridik shaxslarning omonatlarini to’g’ridan-to’g’ri va tarmoqlar orqali jalb qilgan holda moliyaviy kelishuvlar ishtrokchilari sonini oshirish imkonini beradi.


Download 27,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish