20-variant.
1. Xo’jalik muomalalari ta’sirida balansda sodir bo’ladigan o’zgarishlar va ularni farqi.
Балансда содир бўладиган БИРИНЧИ хил ўзгариш:
Мазкур ўзгариш баланснинг актив қисмида содир бўлиб, хўжалик муомалалари таъсири натижасида актив томонда бир модда кўпаяди ва бошқа бир модда шу суммага камаяди. Баланснинг умумий суммаси
ўзгармайди. Балансда содир бўладиган IKKINCHI хил ўзгариш:
Мазкур ўзгариш баланснинг пассив қисмида содир бўлиб, хўжалик муомалалари натижасида пассив томондаги бир модданинг кўпайиши ва
бошқа бир модданинг шу суммага камайишига олиб келади. Баланснинг умумий суммаси ўзгармайди.
Балансда содир бўладиган UCHINCHI хил ўзгариш:
Мазкур ўзгариш баланснинг активва пассив қисмларида содир бўлиб,
хўжалик муомалалари таъсири натижасида баланснинг актив қисмидаги бир модданинг кўпайиши ва баланснинг пассив қисмидаги бошқа бир модданинг ҳам худди шу суммага кўпайишига олиб келадиган, шунингдек, баланснинг умумий суммаси ҳам шу суммага кўпаяди.
Балансда содир бўладиган TO’RTINCHI хил ўзгариш:
Мазкур ўзгариш баланснинг актив ва пассив қисмларида содир бўлиб, хўжалик муомалалари таъсири натижасида баланснинг актив қисмидаги бир модданинг ва пассив қисмида бошқа бир модданинг худди шу суммага
камайишига олиб келадиган, шунингдек, баланснинг умумий суммаси ҳам шу суммага камаяди.
2. Yo’ldagi pul mablag'lari hisobini yuritish tartibi.
5710 «Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)lari» schyotida saqlash joyidan chiqib ketgan, ammo mo‘ljallangan joyiga yetib bormagan pul mablag‘lari (inkassatorga berilgan sotishdan olingan tushumlar, pul o‘tkazmalari) hisobga olinadi. 5710 «Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)lari» schyotining debetida pulni inkassatorlarga topshirish kassadagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Pul mablag‘lari kirim qilingandan keyin 5710 «Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)lari» schyoti kreditlanib, pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi (Xato bo’lishi mumkin)
3. Kassa daftarini yuritish tartibi va uni rasmiylashtirish texnikasi
. Tashkilot naqd pullarining barcha tushumlari va berilishi kassa daftarida hisobga olinadi. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda bitta kassa daftari tutiladi. Bu daftar sahifalari raqamlangan, ipcha bilan tikilgan va uning uchi so‘rg‘ichli yoki mastikali muhr bilan tamg‘alangan bo‘lishi lozim. Kassa daftaridagi varaqlar soni mazkur xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki yuqori tashkilot rahbari va bosh buxgalterning imzolari bilan tasdiqlanadi. Kassa daftaridagi yozuvlar qoraqog‘oz vositasida sharikli ruchka, siyohqalam yoki siyoh bilan 2 nusxada amalga oshiriladi. Varaqlarning ikkinchi nusxalari qirqiladigan bo‘lishi kerak, ular kassirning hisoboti bo‘lib xizmat qiladi. Varaqlarning birinchi nusxalari kassa daftarida qoladi. Varaqlarning birinchi va ikkinchi nusxalari bir xil raqamlar bilan belgilanadi. Kassa daftarida o‘chirishlar va ta’kidlanmagan tuzatishlar qilish man etiladi. Qilingan tuzatishlar korxona kassiri, shuningdek, bosh buxgalterining yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning imzolari bilan tasdiqlanadi. Kassir kassa daftariga yozuvlarni har bir order yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat asosida pul olingan yoki berilgan zahoti yozadi. Ish kuni oxirida kun davomida bajarilgan muomalalar yakunini hisoblab, kassadagi pul qoldig‘ini keyingi kunga o‘tkazadi va hisoboti sifatida ikkinchi nusxa (kun davomida kassa daftariga kiritilgan yozuvlar nusxasi) ni kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birga buxgalterga topshirib, unga kassa daftariga imzo chektiradi. Tashkilotlarda kassa daftari elektron (dasturiy) tarzda yuritilishi mumkin. Bunda kassir hisoboti ham elektron (dasturiy) tarzda yuritiladi. Ushbu hujjatlar keyingi ish kuni boshlangunga qadar tuziladi va ularning mazmuni bir xil bo‘lishi hamda kassa daftarining barcha rekvizitlarini o‘z ichiga olishi shart. Kassa daftari va kassir hisobotining varaqlari yil boshidan boshlab o‘sib borish tartibida raqamlanib, elektron (dasturiy) tarzda amalga oshiriladi. Kassa daftarining qo‘shimcha varag‘i va kassir hisoboti hujjatlari olingandan so‘ng, kassir ularning to‘g‘ri tuzilganligini tekshirib, imzolashi shart. Kassir hisobotga kassa orderlarini ilova qilib, imzolab buxgalteriyaga topshirishi lozim.
4.Quyidagi muammolarni nechinchi tur o‘zgarishga kirishini aniqlang va buxgalteriya provodkalarida aks ettiring:
kassadan xodimlarga ish haqi berildi dt 6710 kt 5010
o‘z vaqtida olinmagan ish haqi deponentga o‘tkazildi dt 6710 kt 6720
hisob-kitob schyotidan mol yetkazib beruvchilarga avans berildi dt 4310 kt 5110
ombordan ishlab chiqarishga xom-ashyo materiallar berildi dt 2010 kt 1010
ombordan ishlab chiqarishga yoqilg‘i moylash materiallari berildi dt 2010 kt 1030
ishlab chiqarishdagi ishchilarga ish haqi hisoblandi dt 2010 kt 6710
ish haqidan daromad solig‘i ushlab qolindi dt 6710 kt 6410
xizmat safari uchun kassadan hisobdor shaxsga avans berildi dt 4220 kt 5010
mol yetkazib beruvchilarga qarzlar hisob-kitob schyotidan to‘landi dt 6010 kt 510
hisob-kitob schyotidan davlatnig maqsadli fondlariga to‘lovlar to‘landi dt 6520 kt 5110
21-variant
1. Uzoq muddatli investitsiyalar hisobi.
Uzoq muddatli investitsiyalar - bir yildan uzoq bo‘lgan muddatda egalik qilishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan investitsiyalardir. Ular odatda investitsion portfelda ulushli (aktsiyalar) va qarz (uzoq muddatli obligatsiyalar) qimmatli qog‘ozlar bilan ifodalangan bo‘ladi. Uzoq muddatli investitsiya kompaniya balansining aktiv tomonida joylashgan bo‘lib, u kompaniyaning investitsiyasini, shu jumladan zaxiralarni, obligatsiyalarni, ko‘chmas mulkni va naqd pulni bir yildan ortiq vaqt davomida foydalanishi tushuniladi. Uzoq muddatli investitsiya hisoboti asosan qisqa muddatli investitsiya hisobidan farq qiladi, chunki qisqa muddatli investitsiyalar eng ko‘p sotiladigan bo‘lsa, uzoq muddatli investitsiyalar hech qachon sotilmasligi mumkin.
2. Kassa daftarini yuritish tartibi va uni rasmiylashtirish texnikasi
Tashkilot naqd pullarining barcha tushumlari va berilishi kassa daftarida hisobga olinadi. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda bitta kassa daftari tutiladi. Bu daftar sahifalari raqamlangan, ipcha bilan tikilgan va uning uchi so‘rg‘ichli yoki mastikali muhr bilan tamg‘alangan bo‘lishi lozim. Kassa daftaridagi varaqlar soni mazkur xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki yuqori tashkilot rahbari va bosh buxgalterning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Kassa daftaridagi yozuvlar qoraqog‘oz vositasida sharikli ruchka, siyohqalam yoki siyoh bilan 2 nusxada amalga oshiriladi. Varaqlarning ikkinchi nusxalari qirqiladigan bo‘lishi kerak, ular kassirning hisoboti bo‘lib xizmat qiladi. Varaqlarning birinchi nusxalari kassa daftarida qoladi. Varaqlarning birinchi va ikkinchi nusxalari bir xil raqamlar bilan belgilanadi.
Kassa daftarida o‘chirishlar va ta’kidlanmagan tuzatishlar qilish man etiladi. Qilingan tuzatishlar korxona kassiri, shuningdek, bosh buxgalterining yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning imzolari bilan tasdiqlanadi. Kassir kassa daftariga yozuvlarni har bir order yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat asosida pul olingan yoki berilgan zahoti yozadi. Ish kuni oxirida kun davomida bajarilgan muomalalar yakunini hisoblab, kassadagi pul qoldig‘ini keyingi kunga o‘tkazadi va hisoboti sifatida ikkinchi nusxa (kun davomida kassa daftariga kiritilgan yozuvlar nusxasi) ni kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birga buxgalterga topshirib, unga kassa daftariga imzo chektiradi.
Tashkilotlarda kassa daftari elektron (dasturiy) tarzda yuritilishi mumkin. Bunda kassir hisoboti ham elektron (dasturiy) tarzda yuritiladi. Ushbu hujjatlar keyingi ish kuni boshlangunga qadar tuziladi va ularning mazmuni bir xil bo‘lishi hamda kassa daftarining barcha rekvizitlarini o‘z ichiga olishi shart. Kassa daftari va kassir hisobotining varaqlari yil boshidan boshlab o‘sib borish tartibida raqamlanib, elektron (dasturiy) tarzda amalga oshiriladi. Kassa daftarining qo‘shimcha varag‘i va kassir hisoboti hujjatlari olingandan so‘ng, kassir ularning to‘g‘ri tuzilganligini tekshirib, imzolashi shart. Kassir hisobotga kassa orderlarini ilova qilib, imzolab buxgalteriyaga topshirishi lozim.
3. Tovar-moddiy zahiralari tarkibi va uning hisobi.
3. Tovar-moddiy zahiralari tarkibi: A. Xomashyo va materiallar, jumladan butlovchi buyumlar va yoqilg’i B. Tayyor mahsulot va tovarlar C. Tayyorlash jarayonida turgan tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz (doimiy) hisobga olish Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz hisobga olish tizimidan foydalanilganda tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish schyotlarida ularning kelib tushishi va chiqib ketishi bo‘yicha operatsiyalar batafsil aks ettirib boriladi. Natijada butun hisobot davri mobaynida quyidagilar aniq bo‘ladi: ma’lum bir tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligi va sotilgan zaxiralarning tannarxi. Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi, sotishning borishiga qarab «Sotilgan mahsulot tannarxi» schyotida aks ettiriladi. Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish Davriy hisobga olish tizimi qo‘llanilganida yil davomida tovar-moddiy zaxiralarni batafsil hisobi yuritilmaydi. Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatdagi mavjudligi ularni inventarizatsiya natijalari bo‘yicha aniqlanadi.
4. Inventarizatsiya o ’tkazish va natijasini rasmiylashtirish qanday amalga oshiriladi va qaysi m e’yoriy hujjat bilan tartibga solinadi
Inventarizatsiya - TMZning haqiqatda mavjudligini aniqlash, ularning sotish sof qiymatini tasdiqlash va ularning but saqlanishi nazoratini ta’minlab beruvchi jarayondir.
Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish :
Солиштириш қайдномалари инвентарлаш пайтидаҳисоб маълумотларида тафовутлар аниқланган бойликлар бўйича тузилади.
• Солиштириш қайдномаларида инвентарлаш натижалари, яъни бухгалтерия ҳисоби маълумотларибўйича кўрсаткичлар ва инвентарлаш рўйхатлари(далолатномалари) маълумотлари ўртасидаги тафовутлар акс еттирилади.
• Инвентарлаш натижаларини расмийлаштириш учун ягона регистрлар қўлланилиши мумкин, уларда инвентарлаш рўйхатлари (далолатномалари) ва солиштириш қайдномаларининг кўрсаткичлари бирлаштирилади.
Moddiy qiymatliklarni ortiqcha chiqishi aniqlanganda u 19 – MHBS ning 5.70 bandiga binoan kirimga olinib xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga o‘tkaziladi. Bu muomala quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi: D-t tegishli moddiy qiymatliklarni hisobga olinadigan schyotlar K-t 9390 «Boshqa operatsion daromadlar».
Do'stlaringiz bilan baham: |