1. Xizmatlar tavsifi. 1 Xizmatlarning nomlanishi



Download 20,88 Kb.
Sana26.02.2017
Hajmi20,88 Kb.
#3423
«Dasturiy maxsulotlar va axborot tizimlarini yaratish masalalari bo'yicha o'qitish o'tkazishga oid buyurtmalarni qabul qilish» xizmatlari ish tartibi.

1. Xizmatlar tavsifi.

1.1 Xizmatlarning nomlanishi.

Buyurtmalarni qabul qilishda o'tkaziladi:



  • Leksiyalar;

  • Seminarlar;

  • Treninglar;

1.2 Xizmatlar natijasi.

Dasturiy maxsulotlar va axborot tizimlarini yaratish masalalari bo'yicha o'qitishni o'tkazish.



1.3 Me'yoriy hujjatlarni olish joylari va xizmat ko'rsatuvchi organlar.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi DM ( keyinchalik-bajaruvchi).



1.4 Huquqiy asoslar.

Xizmat quyidagi asosda taqdim etiladi:



  • O'zbekiston Respublikasi «Axborotlashtirish to’g’risida» gi qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis axborotnomasi 2004-yil., № 1-2, 10-bet)

  • Vazirlar mahkamasining 16-sentabr 2014-yildagi «O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekomunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi qoshidagi axborot xavfsizligini ta'minlash va «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi» 250-son qarori.

1.5 Xizmatlarni qabul qiluvchilar.

Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati vakillari, yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlar.



1.6 Talabnomalar berish muddati.

Zarur bo'lganda.



1.7 Ijro muddati.

Bajaruvchi va so'rovchi orasidagi shartnomada ko'rsatilgan muddat ichida xizmat ko'rsatish.



1.8 Tasdiqlashga berish muddati.

Tasdiqlashsiz.



2. Xizmatdan foydalanuvchilarga axborot berish.

2.1 Tarkib va hajm ma'lumotlari

Savollarini bergan shaxsga quyidagi xizmatlarni taqdim etishni kafolatlovchi axborotlar taqdim etiladi.



  • Bajaruvchining egallab turgan mansabi, ish grafikasi va qabul qilish jadvali;

  • Xizmatdan foydalanish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar ro'yxati haqida;

  • Xizmat to'lovi tartibi, buyurtmalarni taqdim qilish tartibi haqida;

  • Xizmatlarni qabul qilish protsedurasi haqida;

  • Xizmat ko'rsatish muddati haqida;

  • Ish tartibi bilan tanishtirish usullari va xizmatlar ish tartibi borligi haqida;

2.2 To'liq xabardor qilish.

Buyurtmachilar buyurtma yuborish tartibi, to'lov va xizmatlar haqida ma'lumotlarni (99871) 2524250, (99871) 2524318, telefonlari orqali bilib olishlari, yoki expert@egov.uz pochta manziliga so'rov yuborib o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.



2.3 Savollar bo'yicha xabardor qilish.

Buyurtmachi yoki uning vakilining shartlari:



  • Shaxsan: Buyurtma beruvchi ro'yxatda keltirilgan zarur bo'lgan hujjatlar, to'lovlar, taqdim etiladigan rekvizitlar haqidagi xohlagan savollariga ma'lumotlarni soat 9:00 dan 18:00 gacha olishlari mumkin.

  • Telefonda: soat 9:00 dan 18:00 gacha o'zlarini qiziqtirgan katta miqdordagi aniq yuborishni talab qilmaydigan axborotlarni, misol uchun muassasalar uchun to'lov rekviziti kabi ma'lumotlarga telefon orqali ham javob olishlari mumkin.

  • Faks va veb-sayt orqali: har qanday yozma rasmiy talablarni kechayu-kunduz qabul qiladi.

2.4 Xizmat ko'rsatish manzili.

Ijro etuvchining yuridik manzili: 100015, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. Mirobod tumani, Oybek ko'chasi 30-uy.

2.5 Foydalanilayotgan hujjatlarning blanklari (shakllari)


  • «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi» DM si direktori nomiga ko'rsatilayotgan xizmat nomi bilan rasmiy xat-ariza.

  • Xizmatlar ko'rsatishda tomonlar orasidagi shartnoma.

  • Xizmatlar taqdim etish natijalariga ko'ra hisobot.

3. Xizmatini.

3.1 Ish vaqti.

Ish vaqti: Soat 9:00 dan 18:00 gacha. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.



4. Xizmat ko'rsatish protsedurasi

4.1 Zarur bo'lgan hujjatlar.

Hujjatlarni ro'yxatga olish uchun 2.5-bo'limda ko'rsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlar talab etilmaydi.



4.2 Pulli xizmat.

Bajaruvchi va so'rovchi orasida tuzilgan, shartnomada o'rnatilgan xizmat narxiga ko'ra, to'lov asosida davlat va xo'jalik boshqaruvi organlariga shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarga xizmatlar ko'rsatish.



4.3 Davlat xizmatlari ko'rsatish bosqichlari.

  • 1-bosqich - Xizmatlar ko'rsatishda talabnomalar qabul qilish.

  • 2-bosqich - Dasturiy maxsulotlar va axborot tizimlarini yaratish masalalari - bo'yicha leksiyalar, seminarlar, treninglar o'tkazish.

  • 3-bosqich – O'tkazilgan o'qitish natijalari bo'yicha yozma shaklda rasmiy hisobot taqdim qilish.

4.4 Idoralar protseduralariga davlat xizmatlari ko'rsatish.

Buyurtmachiga dasturiy maxsulotlar va axborotga oid tizimlarni yaratish masalalari bo'yicha o'tkazilayotgan leksiyalar, seminarlar, treninglar belgilangan vaqt mobaynida o'tkazilayotganligi haqida aniq, to'liq yozma hisobot taqdim qilish.



4.5 Rad etish asoslari.

  • Boshqa shaxs nomidan harakat qilish yoki uning huquqlari va vakolatlaridan foydalanish yo'q shaxslarga xizmat ko'rsatmoqchi bo'lganligi uchun.

  • O'rnatilgan hujjatlar talablariga nomuvofiqlik (to'ldirilmagan ro'yxat, noto’g’ri to'ldirish).

  • Taqdim etilgan hujjatlarda faoliyatga tegishli bo'lmagan ma'lumotlarning mavjudligi.

5. Sifat ta'minoti.

5.1 Sifat ko'rsatkichlari.

Sifatsiz xizmat deb tan olinadi:



  • Agar xizmatni bajarish muddatiga amal qilinmasa.

  • Agar buyurtmachining xizmat natijalari bo'yicha davolari bo'lsa.

5.2 Sifatsiz xizmatlarga shikoyat arizasi berish.

Buyurtmachi o'tkazilgan ishlar natijalaridan qoniqmagan taqdirda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi» DM direktori nomiga qonunlarda belgilangan tartibda rasmiy xat bilan shikoyat qilish huquqiga ega.












Download 20,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish