1. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli XIX asr boshida Norbutabiydan so‘ng uning o‘g‘li Olimxon 1801-1810 yy


XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro amirligi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot



Download 0,63 Mb.
bet39/47
Sana22.02.2023
Hajmi0,63 Mb.
#913932
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47
Bog'liq
3 kurs savollar O\'zbekiston tarixi(javoblari bn)

45. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro amirligi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot
Istilochilar Buxoro xonligiga qarshi urush harakatlarini ikki harbiy mavsumda-1866 va 1868 yillarda o‘tkazdilar. 1866 yilda olib borilgan istilochilik bosqinlari oqibatida xonlikning O‘ratepa, Jizzax, Yangiqo‘rg‘on singari hududlari Rossiya tarkibiga kiritildi. 1866 yili Toshkentning Rossiya tasarrufiga olinganligi to‘g‘risida Aleksandr II ning farmoni e’lon qilindi. Rossiya imperiyasiga bundan tashqari o‘z manfaatlarini amalga oshirish uchun mustahkam ma’muriy tuzum zarur edi. Bu masalani hal etish uchun harbiy vazir Milyutin boshchiligida komissiya tashkil etiladi. Mazkur komissiyaga Orenburg general gubernatori Krijanovskiyning Toshkentni Orenburgga bo‘ysundirish haqidagi taklifi kiritilgan edi. Lekin, bu mustamlaka manfaatlari bilan to‘g‘ri kelmas, Toshkentni markaz sifatida qoldirish va u orqali xonliklarni doimiy nazorat ostida olib turishlarni edi. Shu sababli Krijanovskiy taklifi rad etilib, 1867 yil iyul oyida Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. Markazi Toshkent bo‘lgan Sirdaryo viloyati, markazi Verniy bo‘lgan Yettisuv viloyatlari general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi.
General-ad’yutant K.P.fon Kaufman o‘ziga berilgan vakolatlardan foydalangan holda, Buxoro amirligini taqdirini hal qilishga kirishdi. 1868 yil 1 may kuni Buxoro amiri qo‘shinlari bilan chorizm qo‘shinlari o‘rtasida Cho‘ponota tepaligida jang bo‘ldi. Bu hujumga Turkiston generalgubernatori fon Kaufmanning shaxsan o‘zi boshchilik qildi. 2 may kuni Samarqand egallandi. Abdumalik (Katta to‘ra) Buxoro amiri Said Muzaffarxonning to‘ng‘ich o‘g‘li edi. Abdulmalik to‘ra boshchiligidagi xalqozodlik harakatining boshlanish nuqtasi G‘uzor bekligi bo‘lib, bu yerda yurt mustaqilligi kayfiyatidagi vatanparvar kuchlar, imperiya kuchlarining tobora davlat ichiga kirib borayotganligidan tashvishlanib Katta To‘ra atrofida birlashgan edilar. 1868 yil 2-8 iyun kunlari rus garnizoniga qarshi kurash uyushtirilib, rus harbiylari bilan birinchi harbiy to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi.
Fon Kaufman amir bilan Zirabuloqda urushayotgan bir paytda qarshi, Shahrisabz va Kitob bekliklaridan kuchlar kelib, Samarqandda qo‘zg‘olon boshlandi. Kaufman zudlik bilan Samarqandga qaytib, qo‘zg‘olonni bostirish bahonasida minglab mahalliy aholini qirishga buyruq berdi, hamda qimmatbaho boyliklar talandi.
1868 yil 23 iyunga kelib, chorasiz qolgan amir Muzaffar Turkiston general-gubernatori fon Kaufman bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldi va Rossiya imperatorining vassaliga aylandi. Bu sulhga ko‘ra, Buxoro amirligi o‘z mustaqilligini yo‘qotibgina qolmay, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on va Zarafshon daryosining yuqori qismidagi yerlaridan ham ajraldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqandni amirlikda qoldirish yuzasidan munozaralar bo‘lib o‘tgan. Lekin, Kaufmanning harakatlari bilan Samarqand Rossiya imperiyasi tarkibida qoldiriladi. 1868 yil iyunda Samarqand va Kattaqo‘rg‘onni o‘z ichiga olgan Zarafshon okrugi tashkil etilib, unga general-mayor A.K. Abramov boshliq etib tayinlanadi.
Amir tovon sifatida 500 ming oltin to‘lashga, xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqa o‘rnatmaslik majburiyatini olishga va rus savdogarlarining amirlik hududida erkin savdo qilishlariga, karvonsaroylar hamda do‘konlar ochishlariga rozi bo‘ldi. Amirlikdan tortib olingan hududlarda 1868 yil Zarafshon okrugi tuzilib, unga general-mayor Abramov boshliq etib tayinlandi. Amir Muzaffar tomonidan amirlik mustaqilligini amalda yo‘qotuvchi va katta iqtisodiy talofatlarga sabab bo‘luvchi sulhga qo‘l qo‘yilishi xalq yuqori tabaqa vakillarining noroziligi va nafratini yanada kuchaytirdi. Shu vajdan ham unga qarshi harakatlar ayniqsa Shahrisabz va qarshida avj oldi.
Amirdan norozi kuchlar uni hokimiyatni boshqara olmaganlikda va amirlikning ancha qismini qo‘ldan boy berganlikda ayblab, chor hukumatiga qarshi urushni davom ettirishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan edilar. Muzaffarning to‘ng‘ich o‘g‘li amirzoda Abdulmalik To‘ra (Katta To‘ra) va erksevar beklar Jo‘rabek, Bobobek hamda Sulton Sodiq birgalikda ozodlik kurashini davom ettirdilar. Vatanparvar kuchlar amir Muzaffarga qarshi urushib davlatning uch qismini, jumladan, qarshini egallaydilar. Karmana, Chiroqchi ham tez orada ularning qo‘liga o‘tdi. 1868 yilning kuzida amir Muzaffar fon Kaufmandan yordam so‘radi. Bunga javoban Kaufman general Abramov boshchiligidagi harbiy qo‘shinlarni qo‘zg‘olonni bostirish uchun yubordi. 1868 yil 21 oktabrdagi jangda Abdulmalik to‘ra boshchiligidagi vatanparvar kuchlar mag‘lub bo‘ldi. Shundan so‘ng, Abdulmalik bilan Sulton Sodiq Xiva xoni huzuriga boradi. Abdumalik Xivada ko‘p turmay Afg‘oniston tomon yo‘l oldi. U yerdan ham yordam ololmagach Xudoyorxon huzuriga keldi. Bu yerdan qashqarga, Yoqubbek huzuriga boradi va shu yerda panoh topib, 1909 yili Peshovarda vafot etadi.
Rusiya hukumati Buxoroda nafaqat amirlik davlat tuzumi islohotiga, hatto maktab va madrasalar islohotiga ham tish-tirnog‘i bilan qarshi edi, shu bilan birga, omma o‘rtasida amirga qarshi nizo uyg‘otish uchun kurashar va bu bilan o‘zini «oppoq» qilib ko‘rsatishga urinar edi.
1913 yilning bahorida Istanbulda o‘qiyotgan bir guruh yoshlarUsmonxo‘ja Po‘latxo‘ja o‘g‘li, Atoxo‘ja, Fitrat, Homidxo‘ja vatanlariga qaytib keldilar. Ular ham Buxoroda «usuli jadid» maktabi ochib ishga kirishdilar. Ularning sa’y-harakati bilan «Ma’rifat kutubxonasi» ochildi. Bu kutubxonaning asosiy maqsadi «usuli savtiya» maktablarini kitoblar, darsliklar bilan ta’minlash edi. Shu maqsadda jadid ziyolilari Turkiyada tahsil ko‘rayotgan buxorolik yoshlar bilan aloqa bog‘ladilar: yangi chiqqan kitoblar, darsliklar, Tatariston, Qrim, Ozarbayjonda chiqadigan nashrlar kutubxonaga kelib turdi. 1913 yilda Homidxo‘ja va Usmonxo‘ja Po‘latxo‘ja o‘g‘li Buxoroda, Atoxo‘ja va Fitrat Shahrisabzda maktab ochdi, maktab ishlari ancha rivoj topdi. Usmonxo‘ja maktabida 200 nafar, Homidxo‘ja maktabida 100 dan ortiq o‘quvchi ta’lim ola boshladi. O‘qituvchilarga ehtiyoj nihoyatda oshdi. Samarqand, Toshkentdan muallimlar olib keldilar, usuli ta’lim va tadrisni o‘rganmoq uchun Hoshim Qorini Bog‘chasaroyga, yosh o‘qituvchilardan Ziyoiddin mahzumni Ufaga, Zahiriddin Faxriddinzodani Orenburgga yubordi. Jadid mutafakkirlari ilmma’rifat yo‘lida qanchalik sa’y-harakat qilmasinlar, ularning faoliyati Buxoro sharoitida shunchalik qattiq qarshiliklarga uchradi, hatto ular aziz hayotlarini xavf ostiga qo‘yib, milliy maorif sohasida islohot ishlarini amalga oshirdilar. Jadidchilik harakatining ashaddiy dushmanlaridan bo‘lmish Burhoniddin Buxoro qozikaloni mansabini egallagach, dastlabki harakati jadid maktablarini yopish bo‘ldi. «Usuli jadid» maktablarining birinchi bor 1909 yilda yopilishida va bu maktablarning bunyodkorlari Sadriddin Ayniy va Mirzo Abdulvohid Munzimning Buxorodan quvg‘in qilinishida ham shu Burhoniddin bosh-qosh bo‘lgan edi.

    1. yil 4 iyulda Burhoniddin qozikalon jadid maktablarini badnom qiluvchi va bu maktablarni tezda yopishga qaratilgan quyidagi mazmunda amir Olimxonga ariza yozadi: «Amir marhum davrlarida ulamoning fatvolari bilan usuli jadid maktabining harom va bid’atligi sobit bo‘lib, janobi oliyning amrlari bilan yopilgan edi. Bir necha vaqtdan beri yana mufsid jadidlar bosh ko‘tarib, shaharning har tarafida maktablar ochib, xalqning bolalarini buzib, fitna va fasod qo‘zg‘atib yuribdurlar. Agar janobi oliyning amrlari bilan ushbu maktablar tezlik bilan bog‘lanmasa, mullabachchalar bu bid’atni barham bermoq uchun o‘zlari qo‘zg‘alishlari aniqdir. U holda mamlakatda fitna va fasodlar ko‘payib, davlati oliyga zarar yetishi ehtimoldir».

Shu tariqa usuli jadid maktablari ikkinchi marta yopildi. Birinchi jahon urushi yillarida «usuli savtiya» maktablari soni yana birmuncha ko‘paydi, maktablar islohoti masalasi yana ko‘tarildi. Buxorodagi rus elchixonasining boshlig‘i B.V.Miller, elchixona mas’ul xodimlari P.P. Vvedinskiy, Shulga va Buxoroda Rossiya politsiyasi boshlig‘i Vilman islohotchilarga qarshi ochiq kurashga o‘tdilar. Ayniqsa, Vilman politsiyachilar bilan birga xohlagan buxorolikning uyiga kirib, islohotchilarni qidirar, tintuv o‘tkazar, odamlarga zulm qilar edi.


Ehtirom ila mudarris S.Ayniy. Yangi Buxoro, hastaxona».
Jadidchilik harakati Buxoro amirligida Turkiston o‘lkasiga nisbatan kech vujudga keldi. Buning ob’ektiv sabablari bor, albatta. Buxorodagi mutaassiblik va uni rag‘batlantirgan mustamlakachilar nafaqat Buxoroning balki butun o‘lka taraqqiyotining dushmanlari edi. Shunga qaramasdan, jadidchilik harakati Buxoroda shiddat bilan rivojlandi, hatto uning siyosiy bosqichga ko‘tarilishi Turkiston jadidlariga nisbatan oldinroq kechdi. Bu jarayonda, ayniqsa, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jaevlar katta faoliyat ko‘rsatdilar. Xulosa shuki, Buxoroda ham jadid milliy dunyoviy boshlang‘ich ta’limi xuddi Turkistonda bo‘lganidek, shakllanib ma’lum darajada rivoj topdi.


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish