1. Xioniylar, kidariylar va eftaliylar. Turk hoqonligi. Hoqonlik davrida O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va madaniy rivoji


 Xadislar va ularning ijtimoiy-siyosiy mohiyati. Islom dini ta’limotini



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana20.09.2021
Hajmi0,67 Mb.
#179717
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-мавзу

 

4. Xadislar va ularning ijtimoiy-siyosiy mohiyati. Islom dini ta’limotini 

rivojlantirishda O’rta Osiyolik olimlarning hissasi. Ma’naviy kamolotga erishuv 

yo’lida muhaddislar merosining ahamiyati 

Islom  dini  diyorimizda  qaror  topgandan  keyingi  davrdagi  ilm­fan  va 

madaniyat taraqqiyoti alohida bir bosqichni tashkil qilib, u bevosita islomiy ilmlar 

rivoji  bilan  chambarchas  bog’liqdir.  Bu  o’rinda  yana  shuni  ta’kidlash  kerakki,  

yuksak  madaniy  mentalitet  va  ilmiy  salohiyatga  ega  xalqimiz  yangi  kirib  kelgan 

islom diniga ham yuksak madaniyat sohiblari sifatida ijodiy yondashdi. Binobarin, 

diyorimiz  ahli  bu  dinning  tom  ma’noda  insonparvar  farahbaxsh,  bunyodkorlik 

g’oyalari  faqat  yaxshilikka,  ezgulikka,  taraqqiyotga,  insonning  ma’naviy 

kamolotiga  karatilganligini  tez  idrok  etib,  uning  hayotiy  asl  mazmun­mohiyatini 

teran  angladilar.  Shu  boisdan  ham  bu  muborak  dinga  nafaqat  ibodat  qilish,  bir 

qator  islomiy  urf-odatlar,  marosimlarni  bekami­ko’st  ado  etish  bilan  birga  unga 

ilmu­irfon, mukammal nazariya, hayotiy falsafa va ta’limot sifatida yondashdilar. 

Boshqacha  qilib  aytganda  bizning  zaminimizda  islom  diniga  munosabat  ilk 

davrlaridan e’tiboran chuqur, fundamental ilmiy asosga tayanib, amalga oshirildi. 

Bu  munosabat  o’z  navbatida  islom  dinining  asosiy  manbalari  Qur’oni  karim  va 

janob Paygambarimiz Muhammad alayhissalomning hadisi shariflarida keltirilgan 

ulug’  g’oyalar  bilan  to’la  ham  ohangdir.  Shu  boisdan  ham  bu  jarayon  har  bir 

mo’min-musulmonning  ilmli,  ziyoli,  ma’rifatli  bo’lishi,  ilmning    xosiyatlari  va 

fazilatlari  haqidagi  Qur’oni  karimdagi  ko’pdan­ko’p  oyatlar  va  ayniqsa,  ilmu 

ziyoning  inson  uchun    o’ta  zarurligi  xaqidagi  Rasulullohning  ko’rsatmalari,   

xususan,  Sarvari  olamning  «eng  yaxshi  ibodat  ilm  olmoqlikdir»,  degan  muborak 

hadislari  bilan  uyg’unlashgan  holda  amalga  oshirildi.  Ilmli,  ma’rifatli    bo’lishlik 

zudlik  bilan  muayyan  qoidalar  va  dasturlarni  ishlab  chiqish,  oxir­oqibatda  o’z 

davrining  dorilfununlari  hisoblangan  madrasalarni  ochilishi  bilan  bu  jarayon 

faoliyati  o’z  samarasini  bera  boshladi.  E’tiborli  tomoni  shundaki,  musulmon 

olamidagi  dastlabki  madrasalar  VIII  asrning  oxirlarida  o’sha  davrdagi  yirik 

shaxarlar  -  ilmiy-madaniy  markazlar  hisoblangan  Buxoro,  Samarqand,  Nasaf, 

Termiz,      Xiva,  Shosh  (Toshkent),  Farg’ona,  Marg’ilon  kabi  qadimiy  shaharlarda 

faoliyat  ko’rsata  boshladi.  Bu  fikrimizga  dalil  sifatida  taniqli  tarixchi  Mirza 

Muhammad Boqir al-Xavansoriy al-Isfahoniy o’zining «Ravzot al-jannat fi ahvol al-

ulamo vas-sodat» («Olimlar ea sayyidlarning ahvollari haqida jannat bo’stonlari») 

nomli asarida «musulmon olamida dastlabki madrasalar Buxoroda ochilgan edi», 

deb ta’kidlaganini ko’rsatish mumkin. Diniy ilmlar majmuasi, islomiy madaniyat va 

ma’rifat  mukammal  tarzda  o’rgatilgan  ushbu  o’quv  dargohlarida  dunyoviy  ilmlar 

ham  chuqur  o’rganilardi.  Bu  ilm  maskanlarida  nafaqat  mahalliy  yoshlar  balki, 

sharqning  turli  mamlakatlaridan  kelgan  ko’pdan­ko’p  talabalar  ham  diniy  va 

dunyoviy  ilmlardan  tahsil  olardilar.  Islom  olamidagi  madrasalar  tarixi  bo’yicha 



salmoqli  ilmiy  tadqiqotlar  olib  borgan  iroqlik  yirik  olim  Nojiy  Ma’rufning 

yozishicha,  «VIII  asrning  oxirlaridayoq  Buxorodagi  imom  Abu  Hafs  al­Kabiyr 

al­Buxoriy (767­832) madrasasida (bu o’quv dargohlari «Madrasat hafsiyya» nomi 

bilan  atalgan)  musulmon  olamining  ko’plab  mamlakatlaridan  kelgan  tolibi  ilmlar 

saboq  olganlar».  Ushbu  madrasa  qoshida  boy  kutubxona,  maxsus  qiroatxona 

mavjud  bo’lib,  talabalar  oylik  maosh  (stipendiya),  ko’p  hollarda  esa  oziq­ovqat 

bilan  ham  ta’minlanganlar.  Keyinchalik  esa  egallagan  ilmini  yanada 

takomillashtirish,  uni  kamoliga  yetkazish  maqsadida  boshqa  o’lkalarga,  xususan, 

sharq  mamlakatlaridagi  dovrug’i  dunyoga  tarqalgan  ilmiy  markazlarga  safarlar 

qilish odat tusiga kira boshlagan. Bu amalga oshirilgan katta  ilmiy­ma’rifiy ishlar, 

albatta,  o’z  samarasini  ko’rsatmay  qolmadi.  Tez  orada  diyorimizdan  turli  ilmlar 

bo’yicha  olamshumul  yutuqlarga  erishgan  buyuk  allomalar  yetishib  chiqdilar. 

Ulardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr al-Forobiy, Ahmad al-Farg’oniy, 

Abu Rayhon al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabilarning aniq va tabiiy fanlar bo’yicha 

yaratgan  bebaho  ixtirolari  va  kashfiyotlari  yurtimizning  dovrug’ini  butun  dunyo 

bo’ylab taratdi. 

Ma’lumki,  islomiy  ilmlar  (tafsir,  hadis,  fiqh,  kalom  va  hokazo)  bo’yicha 

Movarounnahr  va  Xurosondan  chiqqan  olimlarning  yaratgan  asarlari  va 

ta’limotlari  islom  dini  taraqqiyotida  alohida  ahamiyatga  egadir.  Bu  o’rinda 

zaminimizdan  chiqqan  ko’plab  buyuk  mufassirlar  va  Qur’on  hofizlari  bilan  har 

qancha  faxrlansak  arziydi.  Islomiy  ilmlar  Allohning  kalomi  -  Qur’oni  karimga 

asoslangan va u bilan bevosita bog’liq ilmlardir. SHulardan eng muhimi tafsir ilmi 

hisoblanadi. Yaxshi ma’lumki, Qur’oni karimni o’qib, uni mazmun­mohiyatini to’la 

darajada  tushunish  har  qanday  kishiga  bir  muncha  og’irlik  va  murakkablik 

tug’diradi.  Buning  sababi  shuki,  muqaddas  Kitob  suralari  va  oyatlari  zamiridagi 

ilohiy mazmunni anglash katta bilim talab qilish bilan bir qatorda, bu Kitob uslub 

va til nuqtai nazaridan ham g’oyatda murakkab manba hisoblanadi. Shuning uchun 

ham  odamlar  Kalomullohni  chuqur  idrok  etish  uchun  va  mazmun  mohiyatiga 

imkon  qadar  to’liqroq  yetishish  uchun  unga  tafsirlar  yozilgan.  Qur’onni  tafsir 

etuvchilarni  mufassirlar  deyiladi.  Bu  iborani  arabchadan  o’zbek  tiliga  tarjima 

qilsak,  tafsir  etuvchi,  sharhlovchi,  izohlovchi  degan  ma’nolarni  anglatadi.  Shu 

nuqtai nazardan mufassirlar Qur’onni ilmiy asosda sharhlab, kishilarga tushunarli 

tarzda  yetkazib  berganlar.  Agar  mufassirlar  tarixiga  nazar  solsak,  bizning 

yurtimizdan  ham  tafsir  ilmi  bilan  shug’ullangan  bir  qator  mufassirlarni  ko’rish 

mumkin.  X  asrda  faoliyat  ko’rsatgan  samarqandlik  taniqli  olim  Abul  Lays 

as­Samarqandiy  (913­985)  fiqh,  usul,  aqida,  tasavvuf  bo’yicha  ko’plab  asarlar 

yaratgan.  Lekin  bu  olimning  eng  mashhur  asari  Qur’oni  karimga  yozilgan  tafsiri 

«Bahr  ul-ulum»  («Ilmlar  dengizi»)  nomli  asari  bo’lib,  u  «Tafsir  Abul  Lays»  nomi 

bilan  ham  mashhur.  Tafsir  ilmida  muhim  hisoblangan  bu  asarning  qo’lyozma 

nusxalari  Qohirada  va  Toshkentda  saqlanib,  uning  Misr  olimlari  tomonidan  3 

jilddagi nashri tayyorlanib, u 1993 yili Bayrutda chop etilgan.  



Xorazmlik  buyuk  alloma  Mahmud  az­Zamaxshariy  (1075­1144)  hadis,  fiqh, 

arab tili (nahv­sarf), odob­axloq, geografiya, aruz kabi ilmlarga oid oltmishga yaqin 

asarlar yozgan bo’lib, ularning orasida allomaning Qur’oni karimga bag’ishlangan 

«al­Kashshof»  nomli  tafsiri  alohida  o’rin  egallaydi.  U  bu  tafsirida  arab  tilining 

balog’ati  va  fasohati  hamda  lug’aviy  imkoniyatlaridan  g’oyatda  katta  mahorat 

bilan foydalangani barcha olimu ulamolar tomonidan yuqori baholanib keladi.  

Yurtimizdan chiqqan taniqli mufassirlardan yana biri Abul Barakot an­Nasafiy 

(1232­1310)  bo’lib,  uning  qalamiga  mansub  «Madorik  at­Tanziyl  an  haqoiq 

at­ta’vil» nomli qimmatli tafsirni aytish mumkin. Bu tafsirning qo’lyozma nusxalari 

arab  mamlakatlarida,  shuningdek,  Londondagi  «Britaniya  kutubxonasida»  ushbu 

tafsirning o’n ikkita qo’lyozma nusxasi saqlanishi ham uning ilmiy­amaliy qimmati 

yuqori ekanligini ko’rsatadi.  

«Ash­Shayx  ar­rais»  degan  o’ta  yuksak  ilmiy  maqomga  sazovor  bo’lgan, 

tabobat,  falsafa  va  mantiq  ilmlarining  allomasi  hisoblangan  Abu  Ali  ibn  Sino 

(980­1037) hazratlari o’z samarali ilmiy ijodiy faoliyati davrida Qur’oni Karimning 

bir  qancha  suralariga  tafsir  yozganlari  ham  ilm  ahllariga  yaxshi  ma’lum. 

Toshkentda, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Qur’onning 

uchta  ohirgi  («al­Ixlos»,  «al­Falaq»,  «an­Nos»)  suralariga  Abu  Ali  ibn  Sino 

tomonidan  yozilgan  tafsirning  qo’lyozma  nusxalari  saqlanadi.  Londondagi 

«Britaniya  kutubxonasi»da  esa  buyuk  vatandoshimizning    o’n  bitta  muborak 

suralarga yozgan tafsirlarining qo’lyozmalari mavjud ekan. 


Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish