1 Xaritalarni kuzatayotgan paytengizda dinozavr shaklidagi mamlakat nomini bilasizmi?
2 Boshlang'ich sinf o'quvchisi bu vazifani besh daqiqada, yuqori sinf o'quvchisi o'n besh daqiqada, oliygoh talabasi oltmish daqiqada yechadi, olim esa yecholmaydi. Mana o'sha vazifa: "BIUTBOYESTO" nimani bildiradi?
3 O'zbekiston, Urugvay, BAA, AQSH, Ukraina, Uganda. Bu davlatlarni ingliz tilini ishlatgan holda bog'liqligini aniqlang.
4 Antiqa savol: Yaxudiylar fikricha, o'g'il bola tug'ilsa tinchlik qaror topadi. Qiz bola tug'ilsachi?
5 Dunyoda o'qitiladigan fanlar ko'p. Har bir fan o'z ma'nosiga ega. Qaysi fan "Donolikni sevaman" ma'nosini bildiradi?
6 Qisqa savol: Nimaning 40 qulochi 1 gramga teng?
7 Shunday bir narsa borki u dastlab qo'shiq kuylab, so'ngra ko'zyosh to'kadi. Bu nima?
8 U dunyoda 3096 ta. Har yili ularning 14 tasi yo'qolib ketmoqda. Savol: u nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |