Javob: Yerning qizib yotgan chuqur qismida
34. Noruda foydali qazilmalar orasida eng muhimi nima?
Javob: Osh tuzi
15-MAVZU: Yer po’stining harakatlari
1.Qaysi qatlamdagi harakatlar ta’sirida Yer po’stining ayrim joylari asta sekin cho’kadi, boshqa qismlari esa ko’tariladi?
Javob: Mantiya
2. Yerning ichki kuchlari ta’sirida Yer po’stida ro’y beradigan siljish yorilish , ko’tarilish , cho’kish bukilish harakatlariga nima deyiladi?
Javob: Tektonik harakatlar
3. O’zbekiston o’rni qancha vaqt ilgari dengizdan iborat bo’lgan?
Javob: 30 mln yil
4. Relyef deb nimaga aytiladi?
Javob: Yer yuzasidagi barcha baland pastliklar
5. Yer po’stida biror joy yorilsa o’sha hudud tagida bosim qanday o’zgaradi?
Javob: Bosim pasayib chuqurdagi qaynoq moddalar suyuqlashib , suyuq jinsga aylanadi
6. Yer yuziga oqib chiqqan suyuq modda nima deb ataladi?
Javob: Lava
7. Lava asta sovib , tepa va tog’larni hosil qiladi. Bunday tepa va tog’lar nima deb ataladi?
Javob: Vulqonlar
8. Vulqonlar qanday shakldagi gumbazsimon balandliklarni, tog’larni hosil qiladi?
Javob: Konus
9. Vulqon og’zi nima deb ataladi?
Javob: Krater
10. Vulqon og’zidan nimalar otilib chiqadi?
Javob: Kul, gaz, toshlar
11. Vaqti-vaqti bilan otilib turadigan issiq buloqlarga nima deb ataladi?
Javob: Geyzerlar
12. O’zbekistonning qaysi qismlari yer qimirlaydigan mintaqaga kiradi?
Javob: Sharqiy, janubiy tog’li va tog’ oldi
13. Yer qimirlash ( zilzila ) qanday sodir bo’ladi?
Javob: Yer po’stining chuqur qismida tog’ jinslari qatlamlarida to’satdan ro’y beradigan sinish, siljish, uzilish va vulqon otilishi natijasida
14. Yer qimirlash boshlanadigan joy nima deb ataladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |