1. vm yukli vagonlar mavjud poyezdlarni tuzish



Download 33 Kb.
Sana11.11.2020
Hajmi33 Kb.
#52201
Bog'liq
1-SINF XAVFLI Y-WPS Office


1-SINF XAVFLI YUKLARNI TASHISH

REJA


1. VM yukli vagonlar mavjud poyezdlarni tuzish.

2. VM bo‘lgan poyezdlar harakati.

3. VM mavjud vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish

4. Avariya holatlaridagi harakatlar.



1. VM YUKLI VAGONLAR MAVJUD POYEZDLARNI TUZISH

VM yuklar, poyezdlar harakati grafigida, shuningdek, uchastkalardagi stansiyalar qabul qilish-jo‘natish yo‘llari sig‘imidan oshmaydigan marshrutlarda ko‘zda tutilgan, uzunlik va og‘irlik bo‘yicha me’yorlar chegarasida tuzilgan yuk poyezdlarida yakka vagonlar bilan, barcha holatlarda tegishli to‘siq qo‘yilishi bilan tashiladi. VM yukli vagonlarni quyidagi poyezdlarga qo‘yish taqiqlanad:

- yo‘lovchi va pochta-bagaj poyezdlariga (tabel quroli va ularga tegishli o‘q-dorilar, O‘zbekiston Respublikasi Mudofa va Ichki Ishlar Vazirligi, boshqa davlat harbiylashtirilgan tashkilotlarining harbiy qorovullari va komandalari hamda temir yo‘llarning harbiylashtirilgan qo‘riqlash naryadlaridan tashqari);

- odam tashiydigan poyezdlarga, shuningdek, tarkibida odam tashiydigan (harbiy esholonlardan tashqari) vagon mavjud poyezdlarga (eshelon shaxsiy tarkibi bilan band vagonlardan tashqari);

- birlashtirilgan poyezdlarga;

- nogabarit yuklar ortilgan poyezdlarga – nogabaritlik darajasi yuqoridan uchinchi, pastdan uchinchi va ortiq bo‘lgan, yondan to‘rtinchi va ortiq bo‘lgan yuklar;

- uzunligi poyezdlarning harakat grafigida belgilangandan ortiq.

Bundan tashqari, ayrim shartli raqamga ega bo‘lgan VM yukli vagonlarni quyidagi yuk poyezdlarga qo‘yish taqiqlanadi:

siqilgan va suyultirilgan gaz (2 sinf);

tez yonuvchan suyuq (3 sinf) va qattiq (4 sinf) moddalar;

oksidlanuvchi moddalar va organik peroksidlar (5 sinf);

zaharli moddalar (6.1 sinf osti).

Saralash va uchastka stansiyalari oralig‘ida VM yuklar ortilgan vagonlar tuzish rejasiga muvofiq barcha yuk poyezdlari tarkibida harakatlanishi mumkin. Oraliq stansiyalardan eng yaqin uchastka yoki saralash stansiyalariga qarab va teskari yo‘nalishda bunday vagonlar terma, chiqarish poyezdlari yoki dispetcherlik lokomotivlari bilan, stansiyaning uzel va uzeloldi stansiyalari o‘rtasida esa, uzatish va chiqarish poyezdlari bilan jo‘natiladi.Tarkibiga VM li vagonlar kiritilgan terma poyezdga, tuzish yoki konduktorlik brigadasi xodimi, bosh konduktor vazifasini bajaruvchi mashinist yordamchisi xizmat ko‘rsatadi.Tuzish rejasi bo‘yicha uzoqqa qatnaydigan poyezdlar bilan jo‘natish ko‘zda tutilgan VM ortilgan vagonlarni yaqin masofalarga qatnaydigan poyezdlar tarkibiga qo‘yish ruxsat etilmaydi.YADM ning yo‘nalish bo‘yicha navbatchisi, stansiya va manyovr dispetcherlari poyezd ishini rejalashtirganda, stansiyaga kelayotgan VM li vagonlarni kamroq miqdordagi poyezdlar bilan birinchi navbatda jo‘natish imkoniyatlarini alohida mas’uliyat bilan ko‘rib chiqishga majburdirlar.VM ortilgan vagonlarni qo‘riqlab borish uchun ushbu vagonlardan uzog‘i bilan 5 ta vagon narida o‘tish maydonchasiga ega maxsus yopiq bo‘sh vagon qo‘yilishi lozim. Bunday maxsus vagonlar yo‘qligida Lokomotiv kabinasida ketishga ruxsat beriladi va u lokomotivda yurish tartibi bilan tanishtiriladi.Jangovar o‘q-dori va aslaha bilan ta’minlangan tanklar, o‘zi yurar artilleriya qurilmalari va hakozalar ortilgan platforma va yarim vagonlar harbiy eshelon tarkibida to‘siqsiz harakatlanishi mumkin.

2. VM BO‘LGAN POYEZDLAR HARAKATI

Tarkibida VM ortilgan vagonli poyezdlar uchastkalarda harakatlanganda doimo poyezd dispetcheri, stansiyalar navbatchilarining nazorati ostida turishi lozim, ular ushbu poyezdlarning vaqtida va xavfsiz harakatlanishini ta’minlovchi choralar ko‘rishi shart.Tarkibida VM li vagoni bor bo‘lgan poyezdning bo‘lajak jo‘natilishi xaqida, poyezd tuzish stansiyasi navbatchisi poyezd dispetcheriga oldindan xabar beradi.«VM» harfi qo‘shilgan poyezd nomeri poyezdlar harakati jurnalida va grafigida, lokomotiv mashinistiga beriladigan yozma ruxsatnoma va ogohlantirishlarda, natura varaqlarida va poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarda qayd etiladi.VM ortilgan vagonlari mavjud poyezdlar stansiyaning TRA xujjatida ko‘rsatilgan yo‘lga qabul qiladi.Xavfli yuki bo‘lgan poyezd kutilayotganda stansiya navbatchisi texnikaviy xizmat ko‘rsatish, tijorat ko‘rigi punkti, temir yo‘l harbiylashtirilgan qo‘riqlash xodimlarini va VM ortilgan poyezdlar va vagonlarni qabul qilish va ishlashni amalga oshiruvchi boshqa xodimlarni, VM ortilgan vagonlar bilan ishlash tartibi xaqidagi mahalliy yo‘riqnomaga muvofiq, xabardor qilishi shart.VM bor poyezdlarni oraliq stansiyalarda lokomotivsiz qoldirish taqiqlanadi.Favqulotda holatlarda VM bor poyezd tarkibi Tashishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘ining yozma buyrug‘i bo‘yicha oraliq stansiyada lokomotivsiz qoldirilishi mumkin.Bunda temir yo‘l xodimlari VM li tarkibni vaqtincha qoldirish uchun ushbu xavfli yuklar tashish Qoidalariga muvofiq kimga tegishli ekanligiga qarab kelishiladi:

- agar yuk O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa Vazirligiga tegishli bo‘lsa – temir yo‘l uchastkasi va stansiyaning harbiy komendanti bilan;

- agar yuk O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligiga, Davlat Xavfsizlik Xizmati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIV ichki qo‘shin qorovullari bilan qo‘riqlanadigan boshqa vazirlik, idora, tashkilotlarga tegishli bo‘lsa – O‘zbekiston Respublikasi IIV maxsus tashishlar bo‘limi bilan.

Poyezd tarkibida qo‘riqlanadigan VM mavjud vagonlar bo‘lganida, bu haqda poyezd dispetcheri, eng yaqin harbiylashtirilgan qo‘riqchilik bo‘linmasi boshlig‘ini xabardor qiladi.

3. VM MAVJUD VAGONLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH

Harakatlanish vaqtida VM ortilgan ayrim vagonlarda aniqlangan texnikaviy va tijorat nosozliklari vagonlarni tarkibdan ajratib yoki ajratmasdan ixtisoslashtirilgan alohida yo‘llarda Texnik Xizmat Ko‘rsatish Punkiti xodimlari tomonidan bartaraf etiladi. Bunda aniqlangan nosozliklar VU-14 jurnaliga qayt etiladi.Stansiyalarda harbiylashtirilgan qo‘riqchilik bilan ko‘riqlanayotgan vagonlar guruhidan texnikaviy va tijorat nosozliklariga ko‘ra ayrim xavfli yuklar ortilgan vagonlar faqat ular ko‘riqlansagina ajratilishi mumkin. Aks holda harbiylashtirilgan qo‘riqchilik naryadi ko‘riqlayotgan vagonlar guruhi to‘lig‘icha ajratiladi. Stansiya navbatchisi harbiylashtirilgan qo‘riqchilikning qo‘shimcha naryadini chaqirtirishi va u etib kelganidan so‘ng ajratmaning soz vagonlarini manziliga jo‘natishi shart.VM ortilgan vagonlar va tarkiblarga texnikaviy va tijorat xizmati ko‘rsatish tartibi “O‘TY” AJ tomonidan belgilanadi.

4. AVARIYA HOLATLARIDAGI HARAKATLAR

Faoliyati poyezdlar harakati bilan bog‘liq xodimlar temir yo‘llarda VM tashilganda xavfsizlik Qoidalarini va avariya holatlarini bartaraf etish tartibini bilishlari va aniq bajarishlari lozim.

VM bor poyezdga xavf (buksalarning yonishi, o‘qning sinishi, harakat tarkibini izdan chiqishi, vagonning yoki yukning o‘t olishi va h.z.) tahdid solganda lokomotiv brigadalari, yuklarni ko‘riqlab kuzatib borayotgan shaxslar, stansiya navbatchilari va poyezdlarni qabul qilish, jo‘natish, o‘tkazish va ularga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha shaxslar poyezdni to‘xtatish va xavfni bartaraf etish uchun qo‘lidan kelgan barcha choralarni ko‘rishlari shart.

Harakat tarkibining texnik va uning yurish qismlari holatini avtomatik nazorat qilish vositalari yordamida aniqlangan nosozliklari bilan poyezd harakatlanishi taqiqlanadi.

Peregonda ushbu ko‘rsatilgan holatlar sodir bo‘lganda lokomotiv mashinisti yoki kuzatuvchi poyezd dispetcheriga yoki yaqinroqdagi stansiyaning navbatchisiga quyidagilarni ma’lum qiladi: uning tafsilotlari, poyezd tarkibida VM ortilgan vagonlarning mavjudligi va joylashuvini ma’lum qilishi, avariya kartochkalarining raqamlarini yoki yuk qog‘ozlari (nakladnoy) larga ilova qilingan avariya kartochkalarining mazmunini xabar qilishi lozim.

Elektrlashtirilgan uchastkalarda, bunday xabarni qabul qilgan poyezd dispetcheri, zarur hollarda kontakt tarmoqdan kuchlanishni olish kerakligi haqida energodispetcherga ko‘rsatma berishi kerak. Lokomotiv mashinisti va yordamchisi yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, lavozim yo‘riqnomasining talablari, avariya kartochkalari, VM va boshqa xavfli yuklarni kuzatib borayotgan mutaxassislarning ko‘rsatmalari va poyezd dispetcherining buyruqlariga amal qilib, avariya holatini va uning oqibatlarini bartaraf qilish uchun bor imkoniyatlardan foydalanib, choralar ko‘rishi lozim.

Poyezd mashinistining avariya haqidagi xabarini olgan stansiya navbatchisi darhol uning mazmunini poyezd dispetcheriga ma’lum qilishi va keyinchalik uning ko‘rsatmalariga amal qilishi kerak.

Harakatlanayotgan VM bor poyezdda, yuk yoki harakat tarkibi yonayotganligi aniqlansa, poyezd to‘xtatilishi lozim. To‘xtash joyi odamlarning shikastlanishi va atrof-muhit ifloslanishiga, harakatlanayotgan tarkib yo‘lidagi tonellar, ko‘priklar, turar joy va stansiya binolari, omborlarni zararlanishiga olib keladigan oqibatlarni hisobga olgan holda tanlanadi.

Poyezd to‘xtaganidan co‘ng lokomotiv brigadasi VM ni kuzatib yoki qo‘riqlab borayotgan shaxslar bilan birgalikda tarkibning joyida qoladigan qismini belgilangan tartibda mahkamlagandan keyin yonayotgan vagonlarni darhol ajratib olishlari va uni qolgan qismdan chetga olishlari shart va ushbu yukning xususiyatlarini hisobga olib, yong‘inni o‘chirishga yordam kelgunicha lokomotiv va motorvagon harakat tarkiblarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan talablarga muvofiq o‘tni o‘chirish choralarini ko‘rishlari lozim.

Stansiya hududida VM bilan avariya holati paydo bo‘lganda, stansiya navbatchisi sodir bo‘lgan voqea xususida poyezd dispetcheri va stansiya boshlig‘iga xabar qilishi, keyingi poyezdlarni o‘tkazish, manevr ishlarini amalga oshirish imkoni va sharoitlarini belgilab, zarur bo‘lsa poyezdlar harakati va manevrlarni to‘xtatish choralarini ko‘rishi shart.

Yong‘in VM ortilmagan vagonda yoki yonida joylashgan bino, inshootda paydo bo‘lsa VM ortilgan vagonlar yong‘in hududidan xavfsiz masofaga eng kami 100 m ga uzoqlashtirilishi lozim.

Bunday vagonlar bilan sodir bo‘lgan barcha hodisalarni poyezd dispetcheri YADM ning yo‘nalish bo‘yicha navbatchisiga xabar qilishi va u bilan birgalikda darhol avariyaviy holatlarning oqibatlarini tezda bartaraf etish choralarini ko‘rishi shart.



YaDM ning yo‘nalish bo‘yicha navbatchisi voqea to‘g‘risida bosh poyezd dispetcheriga o‘z navbatida bosh poyezd dispetcheri “O‘TY” AJ raisi o‘rinbosariga xabar berishi shart.
Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish