Pulning tovar xo'jaligi saroitida amal qilishining samaradorligini oshishiga ta'sir qiluvchi omillar
Kompaniya yoki firma biror narsani ishlab chiqarish yoki xizmat turini ko‘rsatish uchun zarur xom – ashyo va materiallarni olish maqsadida bir necha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan iqtisodiy aloqalarni o‘rnatadi, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etayotgan xodimlarning mehnati uchun haq to‘laydi va boshqa qator ishlarni amalga oshiradi. Bularning barchasi tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlik asosida amalga oshiriladi. Mana shu iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlikni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi sifatida pulning roli alohida ahamiyat kasb etadi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillarida biri har qanday faoliyatning asosida iqtisodiy manfaatdorlik yotadi. Haqiqatda ham yuqorida qayd etilgan jarayonlarni tashkil etishda pulning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bilan birga, pulning tovar xo‘jaligi sharoitida amal qilishining samaradorligini oshishiga qator omillar ta’sir qiladi. Xususan ular quyidagilardan iborat.
1. Iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi. 2. Markaziy bankning mustaqilligini ta’minlanganligi. 3. Aholi va mijozlarning bank tizimiga ishonchining mustahkamligi4. Inflyasiya darajasining tegishli me’yorlarda saqlab turilishi.
4)Soliqlarning o’ziga xos belgilari
Soliqlar, davlat faoliyat ko‘rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu erdan kelib chiqadi.Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi.Soliqni to‘lash xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va fuqarolar bilan davlat o‘rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Chunki soliqlar byudjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bo‘libgina qolmay mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda investitsiyalarni ko‘paytirishga, raqobatbardosh mahsulotni ko‘paytirishga, kichik biznesni rivojlantirishga, xususiy korxonalar ochish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor infrastrukturasini barpo qilishga, umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va shu kabilarga xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning asosiy qismini soliqlar orqali to‘playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to‘lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantiradi, narx belgilashga ta’sir ko‘rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi.Soliqlarning belgilari borasida iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil fikrlar mavjud. Masalan, prof. Q.YAhyoev soliqlarni umumiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatadi.
1. Soliqlar va yig‘imlar majburiy bo‘lib, bunda davlat soliq to‘lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo‘yadi. 2. Soliqlar xazinaga davlat byudjetiga tushadi. Ammo boshqa turdagi to‘lovlar «Umid», «Ekosan» kabi jamg‘armalarga tushishi soliq munosabatlarini aks ettirmaydi.
3. Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo‘ladi.
4. Davlatga to‘langan soliq summasi to‘lovchining o‘ziga to‘liq qaytmaydi, ya’ni u ekvivalentsiz pul to‘lovidir6.
5. Soliqlarga xos bo‘lgan umumiy belgilardan biri sifatida davlat hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida mulkchilikni qayta taqsimlash jarayonini yuzaga kelishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |