4) Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi
Soliqlarning amal qilishi bu obektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi individlarning hammasi ham real sektorda (ishlab chiqarish sohasida) faoliyat korsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shugullanish iqtisodiy samarasiz bolgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni obektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishni tabiiy zarurligi soliqlarni obektiv amal qilishini zarur qilib qoyadi, vaholangki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari, asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli boladi.
Soliqlarning obektiv zarurligini jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag bilan taminlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.
Soliqlar majburiy tolovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq tolovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan ularni oz mulkiga aylantiruvchi davlat ortasida boladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat korsatganda, ishlar bajargan yoki bozorlarda oldi-sotdi qilish jaraenida pul munosabatlarini hosil qiladi. Soliq tolash xojalik yurituvchi subektlar va fuqarolar bilan davlat ortasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki, soliqlar byudjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bolibgina qolmay:
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga;
Ishlab chiqarishni ragbatlantirishda investitsiyalarni kopaytirishga;
Raqobatbardosh mahsulot hissasini kopaytirishga;
Kichik va orta biznesni rivojlantirishga;
Xususiy korxonalar ochish bilan bogliq bolgan bozor infrastrukturasini barpo qilishga;
Umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va boshqalarga xizmat qiladi.
Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funktsiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning oz funktsiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida ozi bajaradigan funktsiyalarga ega bolib, bu funktsiyalar soliq kategoriyasining amaldagi xarakatini ifodalaydi. Funktsiya deganda, odatda, kategoriyaning hayotda kop qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunish lozim.Soliqlarning funktsiyalari togrisida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari ortasida soliqlar ikki funktsiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funktsiya sifatida fiskal va nazorat funktsiyalari tan olinardi. Ularning fikriga kora eng asosiy funktsiya bu soliqlarning fiskal funktsiyasidir, chunki usiz nazorat funktsiyasining mavjud bolishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |