89-variant
Poliefirlar. PETF. Alkid loklar.
Poliefirlar — geterozanjirli yukrri molekulyar birikmalar. Oddiy va murakkab P.ga boʻlinadi. Oddiy P. — asosiy zanjirida oddiy efir boglarini tutgan makromolekulalar. Turli kislotali agentlar, spirtlar, al-degidlar, izotsianatlar va boshqa bilan reak-siyaga kirishadi. Yuqori temperaturada destruk-siyalanadi. Oddiy P. alkilenlarning beqaror oksidlarini yoki aldegidlarni polimerlab, kup atomli spirtlarni suvsizlantirib, aldegidlar bilan 2 atomli spirtlarni reaksiyaga kiritib va boshqa usullar yordamida hosil qilinadi. Oddiy P.ga mansub polioksimetilen, penton, epoksid smolalar muhim ahamiyatga ega. Ular konstruksion materiallar, napda hosil qiluvchi moddalar, emulgatorlar, dielektriklar va boshqalar ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Murakkab P.—umumiy formulasi [—ORO OR’CO—]pboʻlgan polimerlar, bu yerda R va R’ — 2 valentli radikallar. Nuklein kislotalar, dammar, shellak, akaroid, kahrabo kabi tabiiy birikmalar ham murakkab P.dir. Murakkab P. murakkab efir bogʻlarini hosil qilishga moyil birikmalarni polikondensatlash, siklik efirlarni gidrolitik polimerlash va toʻyinmagan efirlarni radikal mexanizm boʻyicha polimerlash usullari bilan olinadi. Eng muhim sintetik murakkab P.ga alkid smolalar, polieti-lentereftalat, poliakrilatlar, poli-karbonatlar, toʻyinmagan P. vab. kiradi. P. sanoatning turli sohalarida keng qoʻllanadi Yuqori molekulyar birikmalar makromolekula zanjirining tuzilishiga qarab karbozanjirli va geterozanjirli sinflarga bo’linadi.
Karbozanjirli polimerlar o’z navbatida quyidagi gruppalarga bo’linadi:
1. To’yingan poliuglevodorodlar;2. To’yinmagan poliuglevodorodlar;3. Poliuglevodorodlarning galloidli hosilalari;4. Polispirtlar va ularning hosilalari;5. Polikarbon kislotalar va ularning hosilalari;6. Poliaminlar va ularning hosilalari;7. Polialdegid va poliketonlar;8.Poliaromatik birikmalar.Geterojanjirli polimerlar quyidagi gruppalarga bo’linadi:1. Zanjirida kislorod tutgan polimerlar:a) Oddiy va murakkab sintetik poliefirlar;b) Selyuloza va uning hosilalari.2. Zanjirida azot tutgan polimerlar3. Zanjirida oltingugurt tutgan polimerlar.4. Elementorganik polimerlar.
Polimerlarni turli sinf va gruppalarga bo’lishning bu sxemasiga ularning tarkibi asos qilib olinganligi tufayli bu erda chiziqli, tarmoqlangan va to’rsimon yuqori molekulyar birikmalar alohida gruppalarga ajratilmagan. Bunday polimerlar o’z kimyoviy tarkibiga ko’ra yuqoridagi gruppalardan biriga kiradi.
Karbozanjirli yuqori molekulyar birikmalar, asosan, to’yinmagan – olefin, diolefin va asetilen bog’larining uzilishi natijasida hosil bo’ladi. Karbozanjirli yuqori molekulyar birikmalarda asosiy zanjir faqat uglerod atomlaridan iborat bo’lsada, makromolekula to’yinmagan bog’lar va turli funksionalgruppalarning mavjudligi, ularning fazoda uzaro joylashganligiga qarab, turli mexanik, fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalarga ega bo’ladi. Chunki makromolekula tarkibidagi atomlar va elementar xalqalar o’zaro ta’sirda bo’lib, qisman erkin harakat qilish, turli izomerlar shakliga o’tish, optik faollik namoyon qilish kabi o’zining dastlabki xususiyatini saqlab qoladi. Makromolekulaning ko’p miqdor elementar xalqalardan tashkil topganligi bir tomondan, undagi atomlarning erkin harakatlanishi uchun imkoniyat bersa, ikkinchi tomondan qo’shni makromolekula bilan o’zaro ta’sir kuchini ham orttiradi. Shu bilan birga bu hol makromolekulada yangi-yangi izomerlar va optik faol atomlar sonining ko’payishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |