3-variant
Test savollari
(Sintaksis bo`limi yuzasidan)
1. Ipak qurti, yoz chog`i, bahor fasli, daraxtning bargi kabi birikmalardagi so`zlar o`zaro qanday yo`l bilan bog`langan?
A) boshqaruv usuli bilan. B) bitishuv usuli bilan.
C) moslashuv usuli bilan. D) teng bog`lanish orqali.
E) kelishikli boshqaruv usuli bilan.
(savol xato: ipak qurti, yoz chog`i, bahor fasli bitishuv, daraxtning bargi moslashuv)
2. Bir yo`lim tushganda shohi bilan ipaklarni tashlab o`tarman (O).
Berilgan gap bir bosh bo`lakli gaplarning qaysi turiga kirishini aniqlang.
A) shaxsi noaniq gap B) shaxsi topilmas gap. C) shaxsi umumlashgan gap. D) shaxsi aniq gap. E) nominativ gap.
3. Qaysi qatorda bir bosh bo`lakli gap berilgan?
A) Nodonning vaqti foydasiz o`tadi. B) Bilmaslik og`ir aybdir.
C) Dushman yuziga kulib boq. D) Sinalmagan do`stga va sinalgan dushmanga ishonmoq katta xato. E) Ishga kirishish o`ylanib o`tirgandan yaxshi.
Do'stlaringiz bilan baham: |