Stakan turdagi poydevorlar. Asos tayyorlangandan so’ng poydevorlar o’qlari belgilab olinadi, ular oldin obnoskaga olib chiqiladi keyinchalik poydevorlar o’rnatiladigan joyda belgilab chiqish uchun. Buning uchun obnoskaga o’q torlari tortiladi va shoqul yordamida ularning kesishgan nuqtalari kotlovanlar va transheyalarning tubiga ko’chiriladi. Barcha karkasli binolarda stakan turidagi poydevorlar yuqori kesimda manfiy belgi – 0,15 m ga ega, bu esa qulay payt kelganda pol ostiga betonli tayyorgarlikni bajarishga imkon beradi, demak nol siklining ishlarini to’liq hajmda tugatishga imkon beradi. O’rnatilish hududida joylashgan poydevorlar stakanlari tubining satxi tekshiriladi. Zarur bo’lganda erli yoki qumli asosda chuqurliklar qilinadi. Poydevorlar o’qlari kesishgan nuqtalardan ruletka yoki shablon (andoza) yordamida har bir stakanning yon qirralarining holati belgilab olinadi. Bu holatni erga qoqilgan uchta qoziqcha yoki metall shtirlar bilan maxkamlanadi. Lentasimon turdagi poydevorlar – bloklar-yostiqlar. Yig’ma lentasimon poydevorlar ikki turdagi bloklardan tuzilgan bo’lib, ulardan biri poydevor asosiga joylashtiriladigan blok – yostiqlar va ikkinchisi – binolarning er osti qismi devorlari hisoblangan devor bloklaridir. Lentali yostiqlarni montaj qilishda dastlab o’qlar kesilgan nuqtadan metr bilan poydevor lentasining tashqi qirrasining loyihaviy holati o’lchanadi va ikkita metall shtir shunday qoqiladiki, bunda ular orasida tortilgan sim prichalka poydevorlar lentasi chizig’idan 2 ... 3 mm tashqarida joylashsin (4.3-rasm). Agar loyihada boshqa ko’rsatmalar bo’lmasa, u holda qumli gruntlarda poydevor bloklari bevosita tekislangan asosga joylashtiriladi, boshqa gruntlarda – qalinligi 10 sm bo’lgan qumli yostiq ustiga joylashtiriladi. Yerto’la devor bloklarini montaj qilish.Poydevor erto’la devorlari yostiqlari va bloklari texnologik karta bo’yicha, unda keltirilgan bloklarni joylashtirish sxemasi bo’yicha joylashtiriladi, bunda poydevorlar orqali binoga truboprovodlar va kabellarni kiritish uchun teshiklar va ular orasida o’tish yo’li qoldirilishi hisobga olinadi. Devor poydevor bloklarini montaj qilish boshlanguncha poydevor yostiqlari lentasida ko’ndalang va bo’ylama o’qlar belgilab olinadi, bu maqsad uchun obnoskadagi simli o’qlardan foydalaniladi. Poydevor bloklarini montaj qilish burchaklardagi – bino fasadi bo’yicha ikki chetki bloklarni o’rnatishdan boshlanadi. Burchakdagilardan so’ng oraliq mayoq bloklari bir – biridan 20...30 m masofada o’rnatiladi, ular bo’ylab poydevorning tashqi chetidan 2...3 mm masofada mayoq prichalkalari tortiladi. Prichalka o’rnatilgan bloklar qatori satxidan 4...5 sm yuqoriroq qilib joylashtirilishi kerak. Montaj davomida prichalka yuqoriga bloklarning navbatdagi qatoriga ko’chiriladi, uning satxi ham o’rnatilgan bu bloklar qatori sathidan 4 ... 5 sm yuqori bo’ladi.