3.Ishlarni oqim usulida bajarish.
Ketma-ket usulda alohida binoni barpo etishda ishchilar brigadasi har bir keyingi ishni oldingi ish to’gagandan so’ng boshlaydi. Demak, bino qurilishining umumiy davomiyligi alohida ishlar bajarilish davomiyliklarining yig’indisidan iborat, ya’ni bu holatda ob’ektdagi ishlarni bajarish uchun kam miqdordagi ishchilar etarlidir. Bir tipdagi binolar ketma-ket qurilganda, ya’ni har bir keyingi bino oldingisi qurilgandan so’ng boshlansa, binolarni qurayotgan yagona brigada ketma-ket qurilgan binodan yangi qurilishi boshlangan binoga o’tadi. Bu usulda, binolar kompleksi (majmuasi)ning umumiy qurilish davomiyligi bir bino qurilishi davomiyligini binolar sonini ko’paytmasiga teng bo’ladi, ammo bu holatda, bir bino qurilishidagidek o’zoq vaqt bir erda harakatda bo’lganiga nisbatan kam ishchilar soni kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |