Qamrovlarga bo’lish –gorizontal qirqim bo’lib, u quyidagilarni taqoza qiladi:
•xar qaysi oddiy jarayondagi mexnat sarfini tengligi va ruxsat etilgan og’ish 25% dan ko’p bo’lmasligini; •qamrovning (ishchi uchastkani) eng kichik o’lchami – zvenoni bir smena davomidagi ishiga tengligini;
•qamrov o’lchami, tanaffussiz betonlanayotgan yoki ishchi choklari xosil qilinayotgan blok kattaligi bilan bog’lanishini;
•ob’ektdagi qamrovlar sonini oqimlar soniga teng yoki karrali bo’lishini.
3.Qolipni qo’llanish maqsadi. Qoliplarning asosiy turlari
Monolit beton va temirbeton hajmining katta qismi nolinchi sikl konstruksiyalarini barpo etish uchun qo’llaniladi, faqat 20...25% bino va inshootlarning er usti qismini barpo etish uchun sarflanadi. Monolit konstruksiyalarning eng katta samarasi sanoat bino va inshootlarini qayta qurishda, hamda turarjoy-kommunal ob’ektlarini barpo etishda namoyon bo’ladi. Monolit betonni qo’llash temir sarfini 7... 20% ga, betonni sarfini 12% gacha kamaytirish imkonini beradi. Lekin shu bilan birga ayniqsa qish sharoitida energiya sarfi ortadi, qurilish maydonidagi mexnat sarfi ko’payadi. Qurilish maydonida monolit temirbetondan bino barpo etishdagi mehnat sarfi yirik panelli binoni barpo etishdagidan 1.65 marta ortiq. Monolit betondan bino qurilishida asosiy ish hajmi qurilish maydonida bajariladi. Yirik panelli o’y-joy qurilishiga nisbatan beton sarfining 17...19% ga oshishi, yetarli darajada engil beton ishlatilmasligi , zamonaviy plitali issiq saqlagichlardan foydalan-maslik, va sementni past markalari ishlatilishi bilan bog’liqdir.
Qolip sistemasi– bu tushunchaga qolip va uni mustaxkamligi va turg’unligini ta’minlovchi elementlar, maxkamlovchi elementlar va ushlab turuvchi konstruksiyalar, havozalar kiradi.
Qolip va qoliplar sistemasi ayrim elementlarining turlari va vazifasi:
•qolip– monolit konstruksiyalar uchun shakl-forma;
• shchit– qolipning karkas va palubadan iborat bo’lib, shakl hosil qiluvchi elementi;
• paluba– shchitning shakl hosil qiluvchi ishchi yuzasini tashkil etuvchi elementi;
• qolip panel– qolipning shakl-forma hosil etuvchi tekis elementi bo’lib, bir nechta tutash shchitlardan iborat va uzaro bog’lovchi tugunlar va elementlar yordamida bog’langan bo’lib aniq tekis yuzani qoliplashga muljallangan;
•qolip bloki– butun holda tayyorlangan tekis va burchak panel va shchitlardan iborat,
fazoviy, perimetri bo’yicha berk element.
Do'stlaringiz bilan baham: |