Ko’tarish - montaj qilish jihozlari uchta asosiy guruhga bo’linadi:
Montaj kranlari – avtomobil, pnevmog’ildirakli, maxsus shassiga o’rnatilgan kranlar, gusenitsali, minorali, chorpoyali, temir yo’lli.
Kransiz moslama – chig’ir, polispast, ko’targichlar, domkratlardan foydalanib,
konstruksiyalarni ko’tarish va joylash uchun.
YUk ko’taruvchi qurilmalar – montaj qiluvchi machtalar, shevrlar, portal ko’targichlari, domkratlar massasi seriyali kranlarning yuk ko’tarish qobiliyatidan ortiq bo’lgan konstruksiyalar va jihozlarni montaj qilish uchun.
Binoni montaj qilishda montaj qiluvchi mexanizmlarni tanlash muhim masala hisoblanadi. Bir qavatli sanoat binolarini montaj qilishda juda xilma – xil kran qurilmalari (uskunalari) qo’llaniladi: • yuk ko’tarish qobiliyati 6,3...16 t bo’lgan avtomobil kranlari; • pnevmog’ildirakli kranlar (10...100 t.);
• gusenitsali kranlar (6,3...160 t) • minorali kranlar (60...100 t);
• temir yo’l kranlari (16...30 t); • chorpoya kranlar (15...100 t.);
Do'stlaringiz bilan baham: |