20-variant Qishloq xo’jaligi hayvonlarini sug’urta qilishning zarurligi va ahamiyati.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug’urtasi bo’yicha kimlarga siylov berilgan izohni toping.
Sug’urta polisi qanday hujjat unda nimalar o’z aksini topadi izohlab bering.
1.Qishloq xo’jaligi hayvonlarini sug’urta qilishning zarurligi va ahamiyati.
2. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug’urtasi bo’yicha kimlarga siylov berilgan izohni toping. Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti to‘lashda quyidagi sug‘urta qildiruvchilarga sug‘urta mukofoti summasining 50 foizi miqdorida siylov beriladi:
1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslar;
1941—1945-yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari;
konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan bevasi;
harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va tekshiruv yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilayotgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha turishgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida xizmatni o‘taganlar;
Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar;
pensionerlar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar.
3. Sug’urta polisi qanday hujjat unda nimalar o’z aksini topadi izohlab bering. Sug'urta polisi - sug‘urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlovchi xujjat. Sug‘urta polisida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi shart:
sug‘urta kompaniyasining yuridik manzili
sug‘urtalanuvchining nomi
sug‘urta obʼekti
sug‘urta mukofotining miqdori
shartnomaning amal qilish muddati.
Sug‘urta qoplamasini to‘lashda sug‘urtalanuvchi sug‘urta polisini sug‘urta kompaniyasiga taqdim etishi zarur. Avariya komissarining yuridik manzili, tclcfon va teleks raqamlari sug'urta kompaniyasi tomonidan beriladigan sug'urta polisida ko'rsatiladi. Sug'urtalanuvchi sug'urta hodisasi ro'y berishi zahoti avariya komissariga murojaat qilishi zarur. Anderrayter - potensial mijozlarga sug'urta polisini sotish bilan shug'ullanadigan yoki manfaatdor tomonlarga sug'urta sohasi bo'yicha yuqori darajada maslahat xizmatlami ko'rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. Yevropolis— yevropa Ittifoqi mamlakatlarida sug'urta shartnomasi tuzganlik faktini tasdiqlovchi sug'urta polisi.
Kovernota — sug'urta vositachisi tomonidan sug'urtalanuvchiga beriladigan va sug'urtalanuvchining sug'urta shartnomasi tuzishini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu hujjatda ko'rsatilgan muddat mobaynida sug'urta brokeri sug'urtalanuvchiga sug'urta polisini berishi shart. Chunki, kovernota sug'urta kompaniyasi uchun yuridik kuchga ega boigan hujjat hisoblanmaydi. Slip - riskni xarakterlovchi hujjat. Slip sug'urta brokeri tomonidan tuziladi va anderrayterga beriladi. Slipda sug'urta kompaniyasining riskni sug'urtalashdagi hissasi ko'rsatiladi. Angliyada slip sug'urta polisiga tenglashtiriladi. Ayrim holatlarda slip sug'urta qoplamasini to'lashda asosiy hujjat hisoblanadi.