3. 2017-yil yakunlari bo’yicha sug’urtalovchilar yig’ilgan sug’urta mukofotlari va amalga oshirilgan sug’urta to’lovlari hamda qilingan investitsiya qanchani tashkil etdi?
19-variant Kvotali qayta sug’urtalash, fakultativ va obligator qayta sug’urtalash tushunchalarining iqtisodiy mazmun va mohiyatiga ta’rif bering.
Sug’urta sohasidagi qanday yo’nalishdagi fuqarolik- huquqiy munosabatlar namoyon bo’ladi izohlab bering.
Sug’urta faoliyati klassifikatori qachon qaysi organ tomonidan tasdiqlangan, unda nechta klass o’z aksini topgan?
1.Kvotali qayta sug’urtalash, fakultativ va obligator qayta sug’urtalash tushunchalarining iqtisodiy mazmun va mohiyatiga ta’rif bering. Qayta sug’urta turlari:
Fakultativ - nisbiy qayta sugʼurtalash shartnomasining turi. Fakultativ qayta sugʼurtalashda har bir berilayotgan risk buyicha alohida shartnoma tuziladi. Sedent har bir risk boʼyicha qayta sugʼurtalash zarur yoki zarur emaslik masalasini mustaqil koʼrib chiqadi va oʼz navbatida, qayta sugʼurtalovchi ham sedentning taklifini qabul qilishi yoki qabul qilmasligi ham mumkin;
Obligator - 1)qayta sug‘urtalashning majburiy shakli. Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga ko‘ra, ushbu mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta kompaniyalari qabul qilgan risklarini bir qismini majburiy ravishda qayta sug‘urtalash kompaniyasiga beradi. Bu chora qayta sug‘urtalash orqali chet elga valyuta chiqib ketishini oldini oladi
2) sug‘urta kompaniyasi (sedent) maʼlum bir sug‘urta turi bo‘yicha riskni qayta sug‘urtalovchiga berishini va o‘z navbatida, qayta sug‘urtalovchi, riskni qabul qilishni nazarda tutuvchi qayta sug‘urtalash shartnomasi.;
Fakultativ- obligator - sedent qayta sug‘urtalovchi bilan kelishgan toifadagi har qanday sug‘urta riskini berishi, qayta sug‘urtalovchi esa ularni qabul qilishi shart ekanligi haqidagi qayta sug‘urtalash shartnomasi;
Kvotali qayta sug‘urta - sug‘urta kompaniyasi qayta sug‘urtalovchi kompaniya bilan kelishgan holda unga risklarni bir qismini beradi. Bu operatsiya kvota shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi. Qayta sug‘urtalovchi kompaniyaga sug‘urta mukofotini tegishli qismi beriladi va qayta sug‘urtalovchi kompaniya proporsional ravishda ko‘rilgan zararni qoplashda ishtirok etadi.
Qayta sugurta shartnomasi dastlab Geniyu shaxrida 1370 yilda, ikki savdogar urtasida tuzilgan. Ikki savdogar kayta sugurtachi sifatida, tugridan-tugri sugurtachi bulgan uchinchi shaxs manfaatlarini sugurta obʼekti sifatida kabul kilingan. Shuningdek dengiz orkali Geniyuda Bryugega junatilgan tovar tugridan-tugri sugurta obʼekti bulib xizmat kilgan. Аlbatta, ushbu kayta sugurta operatsiyasi kutilmaganda stixiyali kurinishida, bir marta amalga oshirilgan. Аmmo, savdo munosabatlarining rivojlanishi, Italiya shaxarlari va Florentsiyada, Ganzeyu ittifoki davlatlarida yangi iktisodiy dunyo karashlarning paydo bulishi kayta axamiyatini yanada oshirdi va rivojlanishiga turtki buldiQayta sug’urtalash- sugʼurtalashga riskni qabul qilish bilan bogʼliq iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish); sugʼurtalovchi muvozanatlashgan sugʼurta portfelini yaratish va sugʼurta operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida qabul qilib olingan riskni bir qismini oʼzaro kelishilgan holda boshqa sugʼurtalovchiga berishi (riskni ikkilamchi joylashtirish). Qayta sugʼurtalash operatsiyalarini sugʼurta kompaniyalar bilan bir qatorda asosan, ixtisoslashgan qayta sugʼurtalash kompaniyalari amalga oshiradi. Qayta sugʼurtalash aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul qilib olish) koʼrinishda boʼladi. Bundan tashqari, qayta sugʼurtalash proportsional va noproportsional boʼladi. Proportsional qayta sugʼurtalashda, qayta sugʼurtalovchining berilgan risk boʼyicha ulushi sedentning oʼz javobgarligiga qoladigan qismi aniq boʼlgandan soʼng aniqlanadi. Noproportsional qayta sugʼurtalashda riskni berish tegishli limit doirasida amalga oshiriladi. Bu holda qayta sugʼurtalovchi sedentdan sugʼurta mukofotining bir qismini oladi (proportsional qayta sugʼurtalashdagidek sugʼurta summasiga muvofiq keladigan sugʼurta mukofotini emas).
Qayta sug’urta qilish shartnomalarida quyidagilar ko’rsatilishi shart:
tomonlarning to’liq nomi
qayta sug’urta qilish shartnomasining raqami, tuzilgan joyi va sanasi
qayta sug’urta qilish shartnomasining amal qilish muddati
qayta sug’urta qilish obyekti va berilayotgan tavakkalchiliklar
sug’urta qoplamasini amal qilish hududi
qayta sug’urta qilish bo’yicha sug’urta puli va qayta sug’urta qilish mukofoti
qayta sug’urta qilish komissiyasi
sug’urta hodisasi sodir bo’lganda tomonlarning xatti-harakatlari
qayta sug’urta shartnomasini bekor qilish tartibi
tomonlarnining huquqlari, javobgarligi va majburiyatlari
tomonlar rekvizitlari, muhrlari bilan tasdiqlandan tomonlar vakillari imzolari