1 variant Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


-вариант Психологиянинг фанлар тизимида тутган ўрни



Download 433 Kb.
bet44/55
Sana08.07.2022
Hajmi433 Kb.
#756785
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Bog'liq
falsafa yakuniy to\'liq 1

28-вариант

  1. Психологиянинг фанлар тизимида тутган ўрни.

Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mеntalitеtning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo’nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o’rganadigan barcha fanlar bilan bеvosita aloqasini taqozo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo’lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqеi o’ziga xos va yеtakchidirFalsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo’lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va uning rivojlanib tеndеnsiyalarini bеlgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kеlib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va prinsiplarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo’lishiga yordam bеradi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham yurtimiz sharoitida bu ikkala fan – falsafa va psixologiyaning hamkorligi bеvosita sеzilmoqda. Bu bog’liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko’ndalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy g’oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda.Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga o’tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko’lami kеngayishiga baholiqudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progrеssni ta’minlash ishiga xizmat qiladilar.qolavеrsa, xuquqiy, dеmokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O’zbеkiston aholisining huquqiy madaniyatini va dеmokratik o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta’minlash, bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar fikr va qarashlaridagi o’zgarishlarni o’z vaqti o’rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mеzonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar mеtodologiyasi va mеtodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.

  1. Психологиянинг асосий методлари

Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar toplash usulidir. ¤z-ozini kuzatish esa odam ozida kechayotgan biror ozgarish yoki xodisani ozi organish maqsadida ma’lumotlar toplash va qayd etish usulidir.
Erkin kuzatuv kopincha biror ijtimoiy xodisa yoki jarayonni organish maqsad qilib qoyilganda qollaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining kayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dastur bolmaydi, kuzatuv ob’ekti ham qat’iy bolishi shart emas. Yoki dars jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bolib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi.
Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq-atvoriga ta’sirini organish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs osha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qoshiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. Shu yol bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bolsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bolsa, ozi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim xodisalarni sub’ektiv ravishda qayd etadigan bolib qolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi-ya’ni kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda boladi va faqat bevosita kozi bilan korgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi
Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional korsatgichlarni qayd qilishda sozsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr-qanoatiga bogliq bolgan jihatlar, yana toplangan ma’lumotlarni sub’ektiv ravishda taxlil qilish xavfi bolgani uchun ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan birgalikda ishlatiladi.
Sorov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar toplashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qoyilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak boladi.
Ogzaki soroqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, otkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik korgach soroq otkazadi. Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bolmasa, sorov oz natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli sorovchi ushbu metod yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bolgan noyob ma’lumotlarni toplash imkoniga ega boladi
Yozma soroq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning ozida kopgina odamlar fikrini organish mumkin boladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin oz fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) sorovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bolsa, shubxasiz, qimmatli birlamchi materiallar toplanadi.
Soroqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bolib, birinchisida oldindan nimalar soralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, xattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida soroq otkazilishi nazarda tutilad
Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi. Ular yordamida biror organilayotgan xodisa xususida ham sifat, ham miqdor xarakteristikalarini olish, ularni kopchilikda qayta-qayta sinash va ma’lumotlarni korrelyatsion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin bo`ladi.Ayni testga qoyilgan talab hech qachon ozgarmaydi, xattoki, shunday testlar borki, ular turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham ozgarmagan holda ishlatilaveradi. Masalan, Ravenning aqliy intellektni olchash, Kettelning va Ayzenkning shaxs testlari shular jumlasidandir.
Test — sorov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya-ekstroversiyani olchaydi, savollarga «ha» yoki «yoq» tarzida javob berish soraladi.
Test — topshiriq odam xulqi va xolatini amalga oshirgan ishlari asosida baholashni nazarda tutadi. Masalan, shaxs tafakkuridagi kreaktivlilikni aniqlash uchun kopincha bir qarashda oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira shaklidagi shakllardan ozi xoxlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi. Ma’lum vaqt va tezlikda bajarilish sur’ati, rasmlarning oziga xos va betakrorligiga qarab shaxs fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va kreaktivligiga baho berilib, miqdoriy korsatgich aniqlanadi. Bu metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qollashning qulayligi, bir guruhda natija bermasa, boshqa guruhda yana qayta tekshiruv otkazish imkoniyatining borligi bolsa, kamchiligi-ba’zan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib qolsa, sun’iy tarzda uning kechishiga ta’sir korsatishi, faktlarni falsifikatsiya qilishi mumkinligidir.
Testlar ichida proyektiv testlar deb nomlanuvchi testlar ham borki, testning asl maqsadi tekshiriluvchiga sir boladi. Ya’ni shunday topshiriq beriladiki, tekshiriluvchi topshiriqni bajarayotib, nimani aniqlashi mumkinligini bilmaydi. Masalan, mashhur Rorshaxning «siyoh doglari» testi, yoki TAT (tematik appersepsion test), tugallanmagan xikoyalar kabi testlarda bir narsaning proyeksiyasidan goyoki ikkinchi bir narsaning mohiyati aniqlanadi. ¤sha 1921 yilda kashf etilgan «siyoh doglari» va ularga qarab tekshiriluvchining nimalarni eslayotganligi, doglar nimalarga oxshayotganligiga qarab, uning shaxs sifatidagi yonalishlari, hayotiy tamoyillari, qadriyatlariga munosabati, ishni bajarish paytidagi emotsional holatlari aniqlanadi. Bu testlar juda noyob, qimmatli, lekin uni faqat professional psixologgina qollashi va natijalarni mohirona taxlil qilishi talab qilinadi.
Psixologik eksperimentning mohiyati shundaki, unda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat shakllantiriladi va tashkil etiladiki, aynan shu vaziyatda qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki xodisa ajratiladi, organiladi, ta’sir korsatiladi va baholanadi. Agar tabiiy eksperiment osha qiziqtirayotgan fenomen tekshiriluvchi uchun tabiiy hisoblangan sharoitlarda (masalan, mehnat jarayonida, kanikulda yozgi lagerda, litsey auditoriyasida va shunga oxshash) maqsadli tashkil etilib, organilsa, laboratoriya eksperimenti maxsus joylarda, maxsus asbob-uskunalar vositasida ataylab organiladi. Masalan, diqqatingizning xususiyatlarini bilish kerak bolsa, psixologiya laboratoriyasida maxsus taxistoskop deb atalgan moslama yordamida yoki «Landolt xalqachalari» deb nomlangan jadvallar yordamida organish mumkin boladi. Xattoki, ijtimoiy munosabatlar borasida ham ozaro hamjihatlik, liderlik va konformlilik xodisalarini tekshirish uchun gruppaviy integratorlar va gomeostat deb nomlanuvchi moslamalar yaratilgan va ular yordamida guruhdagi turli xil xodisalar olchangan.
Modellashtirish metodi kuzatish, soroq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida organilayotgan xodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qollaniladi. Bunda osha xodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, osha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat organiladi va xulosalar chiqariladi.
Modellar texnik, mantiqiy, matematik yoki kibernetik bolishi mumkin. Matematik model asosida organilgan xodisaga mashhur tadqiqotchilar Veber-Fexnerlarning sezgirlikning quyi va yuqori chegarasini aniqlashga qaratilgan matematik formulasi va shu asosda toplangan ma’lumotlar taxlilini misol qilish mumkin.


  1. Download 433 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish