Ona tili
(yozma ish savol va topshiriqlar)
1-variant
“Ovqatlanish odobi” mavzusida matn tuzing. Unda xabar maylidagi fe’l shakllaridan foydalaning va izohlang.
“Suv –hayot manbai” mavzusida bog‘lanishli matn tuzing. Unda ishtirok etgan fe’l mayllarini aniqlang va izohlang.
“Tabiat qo‘ynida” mavzusida matn tuzing. Unda shart maylidagi fe’llardan foydalaning va izohlang.
“Men kamtarman”degan odamni kamtar ekan deb o‘ylamang (Asqad Muxtor) mavzusida hikoya tuzing. Fe’llardagi shaxs-son qo‘shimchalarini aniqlang va izohlang.
Qanday metodlar interfaol metodlar sanaladi?
2-variant
“Gulzorda“ mavzusida matn tuzing. Unda sifatlarning ozaytirma daraja shaklidan foydalaning va izohlang.
O‘z qishlog‘ingiz (mahallangiz) ni ta’riflab yozing. Unda xususiyat, hajm-o‘lchov, makon-zamon sifatlaridan foydalaning va izohlang.
“Men sevgan qahramon” mavzusida matn yarating. Unda sifatdoshlardan foydalaning va izohlang.
Adabiyot darsligingizdan ravishlar qatnashgan 10 ta gap yozing. Ravishlarni ma’nosini izohlang.
Меtod deganda nimani tushunasiz va o’z faningiz metodikasini o’ziga xos xususiyatlarini sanab o’ting?
Adabiyot yozma ish
1-variant
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Adabiyotga e’tibor- ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” risolasida (T. “O‘zbekiston”, 2009y.) pedagog-mutaxassislarning oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan edi.
Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasida Vatan va millat o‘tmishi va bugunining mohirona tasvirlanishini matnga tayangan holda izohlang?
Qasida janriga ta’rif bering.
Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonining mazmun-mohiyatini izohlang? Darslikda dostondan qaysi parchalar berilgan, ular o‘quvchilarga nima beradi?
“Mustaqillik darsi”. U qanday tashkil etilishi kerak?
2-variant
Maktabda Said Ahmadning qaysi asarlari o‘rganiladi. Uning “Ufq” romanidan olingan “Qochoq” hikoyasida yozuvchi qanday g‘oyani ilgari suradi?
Roman janri va uning shakllari haqida nimalar bilasiz?
Abdulla Oripov she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Misollar keltirib, sharhlang?
Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romanida manqurtlikni qaysi obraz orqali tasvirlaydi va unga matndan misollar keltiring?
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosidagi darsning o‘ziga xos xususiyatlari, an’anaviy darsdan nimalari bilan farqlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |