2-вариант
1. “Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli Qaror qachon qabul qilingan?
*a) 2017 yil 15 mart
2. “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli Qaror qachon qabul qilingan?
*a) 2017 yil 6 aprel
3. Dars jadvalini tuzishda tayanch o’quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib o’qitish maqsadida unga necha %gacha o’zgartirish kiritish huquqi berilgan?
*a) 15%
4. Texnologiya fani uchun 1-9-sinflarda haftalik soat qanchani tashkil etadi?
*a) 12 soat
5. Bilim – bu...
*a) o’rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish
6. Ko’nikma – bu...
*a) o’rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo’llay olish
7. Malaka – bu...
*a) o’rganilgan bilim va shakllangan ko’nikmalarni notanish vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qilish
8. Kompetensiya – bu...
*a) mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo’llay olish qobiliyati
9. Texnologiya fanini o’qitishda nechta xususiy kompetensiya mavjud?
*a) 3 ta
10. Texnologiya fanini o’qitishda nechta tayanch kompetensiya mavjud?
*a) 6 ta
11. Texnologiya faniga oid xususiy kompetensiya berilgan javobni toping.
*a) Psixomotor, funksional, hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operasion kompetensiyasi
12. “Texnologiya” – so’zining ma’nosi.
*a) yunoncha – “texnos” (techne) – mahorat, san’at va “logos” (logos) – fan, ta’limot
13. Mehnat ta’limi birinchi marta majburiy fan sifatida umumta’lim fanlari tarkibida qachondan o’qitila boshlangan?
*a) 1932 yildan
14. Texnologik jarayon –
*a) ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operasiyalarning yig’indisi
15. Texnologik operasiya –
*a) ishchi tomonidan o’zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi
16. Texnologik xarita –
*a) ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operasiyalarning ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat
17. Texnologik reja –
*a) texnologik operasiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operasiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi
18. Quyidagilardan qaysi biri Davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi hisoblanmaydi?
*a) kalendar reja
19. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qitiladigan o’quv fanlari nomi, o’quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo’yicha taqsimoti belgilangan hujjat?
*a) Tayanch o’quv reja
20. Umumiy o’rta ta’limning tayanch o’quv rejaga muvofiq o’quv fanlarining sinflar va mavzular bo’yicha hajmi, mazmuni, o’rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat?
*a) O’quv dasturi
21. O’quv dasturi qaysi tashkilot tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadi?
*a) Xalq ta’limi vazirligi
22. Materiallar yoki yarim fabrikatlarni olish, ishlov berish va qayta ishlash usullarini ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi ilmiy fandir
*a) Texnologiya
23. Tarixiy manbalarga ko’ra, “Texnologiya” fani qadimgi ... paydo bo’lgan?
*a) Yunonistonda
24. Texnologiya (mehnat ta’limi) fani mazmuniga qaysi yillar o’zgartirishlar kiritilgan?
*a) 1999, 2010, 2017
25. Ta’lim oluvchilar bilim, ko’nikma va malakalarining miqdoriy baholashda ball yoki raqamlar vositasida shartli ifodalanishi?
*a) baho
26. Mantiqan tugallangan, butun vaqt bilan chegaralangan o’quv-tarbiya jarayonining qismi?
*a) dars
27. O’quv mashg’ulotini bir butun yaxlit holda yoki muayyan bo’laklarga bo’lib baholash?
*a) Dars tahlili
28. Atrof, olam, alohida obyektlar va hodisalarining xossalari va munosabatlarini, ular mavjud bo’lgan tabiiy sharoitlarda o’rganish usuli?
*a) kuzatish
29. Ta’lim jarayonida taqdim etilgan amaliy va nazariy bilimlarni egallash, o’zlashtirish, o’rgatish, o’rganish, bilish uchun xizmat qiladigan yo’l- yo’riqlar, usullar majmui?
*a) metod
30. Insonlarning ijtimoiy-foydali xarakterga ega bo’lgan ongli faoliyati?
*a) mehnat
31. Obyektlarning turli xil sifatlari, belgilari va xususiyatlarini aks ettirish?
*a) tushuncha
32. “Texnologiya” so‘zining izohiy lug‘atdagi ma’nosi qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
*a) biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi
33. DTS qanday hujjat?
*a) O’quv-me’yoriy
34. O’qituvchining taqvimiy reja-dasturi qaysi hujjatga asoslanadi?
*a) DTS va o’quv dasturiga
35. Davlat ta’lim standarti talablarining bajarilmaganligi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq kimga yuklanadi?
*a) UO‘T muassasasi rahbariyatiga yuklanadi
36. A1 standart darajasi qanday nomlandi?
*a) Umumta’lim fanlarini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi
37. Davlat ta’lim standarti talablarining bajarilmaganligi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq kimga yuklanadi?
*a) UO‘T muassasasi rahbariyatiga yuklanadi.
38. Texnologiya faniga oid kompetensiya qanday nomlanadi?
*a) Xususiy kompetensiya
39. A1+ standart darajasi qanday nomlandi?
*a) Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi
40. O‘quv rejasida quyidagilardan qaysilari ko‘rsatib o‘tiladi?
*a) o‘quv soatlari
41. Taraqqiyot dasturi me’yoriy hujjatida nimaga e’tibor qaratiladi?
*a) ta’lim ta’minotini yoritishga
42. O‘quv dasturida quyidagilardan qaysilari ko‘rsatib o‘tiladi?
*a) mavzularining qisqacha mazmuni
43. Quyidagi manbalardan qaysi birida o‘quvchining o‘quv yuklamasi miqdori aniq ko‘rsatilgan?
*a) O‘quv dasturida
44. 2017-2018 o`quv yilidan boshlab texnologiya fanidan mashg`ulotlar necha yo`nalishda tashkil etilmoqda?
*a) 2
45. O`qituvchining navbatdagi mavzu bo`yicha mashgulotga tayyorlanishi nimadan boshlanadi?
*a) kalendar reja tuzishdan
46. Texnologiya fanining asosiy o`quv shakli.
*a) amaliy mashgulot
47. Mehnat ta'limi uslubi qaysi fanlar bilan bog`liq?
*a) Psixologiya, pedagogika
48. Ko‘nikma nima?
*a) malakaningтtarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim qismlarini nihoyatda tez, aniq bajarish qobiliyatlaridir
49. Mahorat nima?
*a) Kasbiy malakalarni rivojlantirishning yuqori darajasi
50. Qanday ta’minot turi to‘liq mavjud bo‘lganda amaliy mehnat ta’limi mashg‘ulotlari qoniqarli amalga oshiriladi?
*a) moddiy-texnik
51. Yo’nuvchi iskananing charxlash burchagi necha gradus ostida charxlanadi?
*a) 18-25 gradus
52. 3 xil shakldagi o‘lchamni aniqlashda ishlatiladigan asbobni belgilang?
*a) shtangensirkul
53. Polimer deganda nimani tushuniladi?
*a) Molekulalari yuzlab va minglab atomlarning o’zaro valentlik bog’lanishidan hosil bo’lgan yuqori molekulyar birikma
54. Tabiiy polimerlar qanday materiallar kiradi?
*a) Paxta, ipak, jun, teri, tabiiykauchuk, sellyuloza kabi o’simlik va hayvonlardan olingan tolalik
55. Polimerlash so’zi qanday ma’noni anglatadi?
*a) Polimerlash monomerlarning o’zaro qo’shimcha mahsulotlar (chiqindi) ajratmasdan birikish jarayoni
56. Sun’iy polimerlar qanday olinadi?
*a) Sun’iy polimerlar tabiiy polimerlarni qayta ishlash asosida olinadi
57. Sintetik polimerlar qanday olinadi?
*a) Sintetik polimerlar olish uchun neft, tabiiy gaz va toshko’mir kabi materiallarga kimyoviy ishlov beriladi
58. Avtomatlashtirishning nechta bosqichi mavjud?
*a) 4 ta bosqichi
59. Avtomatika deb nimaga aytiladi?
*a) Avtomatika – avtomatik boshqarish tizimlarining texnik vositalarini loyihalash, yaratish, ularning ishlarini tashkil qilish hamda nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish
60. Avtomat deb nimaga aytiladi?
*a) Avtomat – o’z-o’zidan boshqariladigan mashina bo’lib, bunda barcha ish harakatlari va salt harakatlari odam ishtirokisiz avtomatik ravishda bajariladi
61. Avtomatik liniya deb nimaga aytiladi?
*a) Avtomatikliniya – mashinalar tizimi bo’lib, ular texnologik ketma-ketlikda joylashtirilib, stanoklar o’zaro tashish va boshqarish vositalari yordamida birlashtiriladi
62. Integrasiya so’zining ma’nosi?
*a) Fanlararo bilimlarni chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish
63. Rezistor atamasini ayting.
*a) Rezistor – inglizcha “resisto” so’zidan olingan bo’lib qarshilik ko’rsataman ma’nosini anglatadi
64. Qanday shaxslar kasbga yaroqsiz deb topiladi?
*a) Salomatligi yomonlashgan shaxs
65. Hunar nima?
*a) kishining biror foydali unumli faoliyat bilan shug‘ullanishi
66. Fan nima?
*a) Tabiat va jamiyat taraqqiyoti haqidagi bilimlar tizimi
67. Kasbga yo’naltirishning oliy maqsadi nima hisoblanadi?
*a) Yoshavlodnionglikasbtanlashgatayyorlashdir
68. Molekulalari yuzlab va minglab atomlarning o’zaro valentlik bog’lanishidan hosil bo’lgan yuqori molekulyar birikma
*a) polimer
69. Termoplastdan tayyorlangan detallarni elektr-kontakt usulidan foydalanib ulash
*a) Payvandlash
70. Plastmassa so’zining ma’nosi.
*a) qayishqoq
71. Termoplast va termoreaktiv plastmassalar (reaktoplastlar)
*a) farqlanadi
72. Metall, yog’och va shisha materiallar bilan mustahkam bog’lanib harorat, havo va mexanik ta’sirlardan ularni himoya qiluvchi polimerlar?
*a) Lak va bo’yoqlar
73. Zarbli kuch ta’sirini yumshatadigan vositalar (amortizatorlar) hamda tebranishni pasaytiruvchi yoki yutuvchi asbob va qurilma (dempfer)lar nimadan yasaladi?
*a) Rezina
74. Kauchukni vulkanizasiya qilish yo’li bilan .....mahsulotlari olinadi?
*a) Rezina
75. Qattiq rezina bu - ...
*a) Ebonit
76. 8-sinfda “Texnologiya va dizayn” yo’nalishiga “Elektronika asoslari” bo’limi uchun necha soat ajratilgan
*a) 10
77. Elektronikaning nazariy asosini tashkil etuvchi fanlar?
*a) Matematika, fizika, nazariy elektronika
78. Elektronikaning asosiy ilmiy masalasi?
*a) Zaryadlangan atom zarralarining harakatini o’rganish
79. 9-sinfda “Texnologiya va dizayn” yo’nalishiga “Elektronika asoslari” bo’limi uchun necha soat ajratilgan?
*a) 8
80. Bir-biridan elektr jihatdan izolyasiya qilingan ikkita o’tkazgich (qoplama) dan iborat tizim asosida ishlaydi?
*a) Kondensator
81. Elektr tokining yo’nalishiga qarab turli o’tkazuvchanlikka ega bo’lganelektron element?
*a) Diod
82. Yadro o’tkazgichli triod tranzistorlar – yarim o’tkazgichli materialning radioelektronik tarkibiy qismi?
*a) Tranzistor
83. Uch yoki undan ortiq p-n birikmalariga ega bo’lgan va ikkita barqaror holatga ega yarimo’tkazgichning yagona kristaliga asoslangan yarimo’tkazgichli qurilma?
*a) Tiristor
84. Optik nurlanishni qabul qiluvchi, bu nurlanishni sezgir hududga p-n birikmasidagi jarayonlar sababli elektr zaryadiga aylantiradi?
*a) Fotodiod
85. Elektr releni kashf etilishi qanday qurilmaning yaratishga imkon tug’dirdi?
*a) Elektromexanik rostlash qurilmalari
86. Avtomatlashtirishning necha bosqichi mavjud?
*a) 4 ta
87. Avtomatlashtirishning to’rtinchi bosqichi?
*a) To’liq avtomatlashtirish
88. Avtomatlashtirishning birinchi bosqichi?
*a) Ish siklini avtomatlashtirish
89. Avtomatlashtirishning uchunchi bosqichi?
*a) Ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish
90. Avtomatlashtirishning ikkinchi bosqichi?
*a) Mashinalar tizimini avtomatlashtirish va avtomatik liniyalar yaratish
91. Avtomatik boshqarish tizimlarining texnik vositalarini loyihalash, yaratish, ularning ishlarini tashkil qilish hamda nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish, shuningdek avtomatik boshqarish nazariyasini ham o’z ichiga oladigan fan?
*a) Avtomatika
92. O’z-o’zidan boshqariladigan mashina?
*a) Avtomat
93. Elektr yoki elektron bo’lmagan kirish ta’sirida aniqlangan o’zgarishlar uchun elektr o’chog’ini yopish yoki ochish uchun mo’ljallangan elektr yoki elektron qurilma?
*a) Rele
94. Birlamchi o’zgartirgich – o’lchanayotgan fizik kattalik (bosim, elektr kuchlanish, siljish va b.)ni uzatish, unga ishlov berish va qayd qilish uchun signal (odatda, elektr signal)ga aylantirib beradigan qurilma?
*a)дatchik
95. Signal quvvatini oshiruvchi qurilma?
*a) Kuchaytirgich
96. Uzoq vaqt davomida ikki barqaror holatdan birida turish va tashqi signallarning ta’siri ostida ularni almashtirish imkoniga ega bo’lgan elektron qurilma?
*a) Trigger
97. 5-sinfda “Texnologiya va dizayn” yo’nalishiga “Ro’zg’orshunoslik asoslari” bo’limi bo’yicha necha soat ajratilgan?
*a) 3
98. 6-sinfda “Texnologiya va dizayn” yo’nalishiga “Ro’zg’orshunoslik asoslari” bo’limi bo’yicha necha soat ajratilgan?
*a) 4
99. 7-sinfda “Texnologiya va dizayn” yo’nalishiga “Ro’zg’orshunoslik asoslari” bo’limi bo’yicha necha soat ajratilgan?
*a) 4
100. Kasb tanlashga yo'naltirish ishlarini rivojlantirishning asosiy bosqichlari nеchta?
*a) 5
Do'stlaringiz bilan baham: |