1-variant mavzuga oid masala


Jahon tiklanish va taraqqiyot banki nechanchi yil tashkil topgan?



Download 0,58 Mb.
bet2/4
Sana05.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#740086
1   2   3   4
Bog'liq
Yarashev.Sh.Bank huquqi maruza.

4. Jahon tiklanish va taraqqiyot banki nechanchi yil tashkil topgan?
A. 1974 yil
B. 1964 yil
C. 1954 yil
D. 1944 yil
5. Bank huquqi fanining predmeti:
A. O‘zbekiston respublikasi MB va tijorat banklari
B. Bank faoliyati
C. Tijorat banklari
D. Bank tizimi va bank faoliyati.
6. Bank faoliyatini boshqarishdan maqsad nima?
A. Faqat O‘zbekiston xududida faoliyat yurituvchi banklarni qo‘llash
B. Xavfsizlik,barqarorlik va raqobatbardoshlikni qo‘llab-quvvatlash
C. MB va unga tobe bo‘lgan idoralar uchun
D. O‘zbekiston MBdan litsenziya olgan banklarni rivojlantirish uchun
7. Bank ro‘yxatga olingunga qadar vaqtinchalik jamg‘arish hisobvarag‘i qaerda ochiladi?
A. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki boshqa banklarda
B. Markaziy bank va Xalq banki
C. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki xorijiy banklarida
D. Markaziy bank va kredit idoralari
8. Bank ustav fondi qanday manbalar hisobidan shakllantiriladi?
A. Amaldorlik va tobelik
B. Tenglik asosida
C. Ikka tomonlama
D. Bank muassislari va aksionerlari tomonidan qo‘yilgan pul mablag‘lari
9. Banklarni tugatish jarayonida ustuvor maqsad nimadan iborat?
A. Kreditlash, hisob-kitob va sarmoyalashdan
B. Jamg‘armalarni qabul qilish, kreditlash va sarmoyalash
C. Bank omonatchilari va kreditorlari talablarini tezlik bilan qondirishdan
D. Hisob-kitob, jamg‘armalarni qabul qilish, kreditlash
10. Bank faoliyatining subyektlari bo’lib kimlar hisoblanadi?
A. jami banklar
B. davlat banklari
C. markaziy banklar
D. tijorat va xususiy banklar

MAVZUGA OID TOPSHIRIQ


1-Topshiriq. Takrorlash uchun savollar
1.Markaziy bank va uning yuridik shaxs maqomi mazmuni nimalardan iborat?
2.Markaziy bank vakolatlari haqida nimalarni bilasiz?
3.Markaziy bankning ma’muriy-boshqaruv soxasidagi vazifalari haqida so‘zlab bering.
4.Markaziy bankning boshqaruv organlari va ularning vakolatlari nimalardan iborat?
5.Markaziy bank raisining vakolatlari qanday?
6.Markaziy bankning huquq va majburiyatlarini tushuntiring.
7.Markaziy bankning hukumat bilan munosabatlarini
keltiring va asoslang
8.Markaziy bankning nobank tashkilotlar bilan munosabatlarini tushuntiring


1. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki - bank tizimining bosh banki bo'lib, pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi va milliy pulning barqarorligini ta'minlovchi muassasa hisoblanadi. Markaziy bank o'z faoliyatini 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni asosida olib boradi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs bo'lib, faqat davlat mulki hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki - iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa, o'z xarajatlarini o'zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs sifatida koʻchmas mulk va moliyaviy resurslarga egalik qiladi. Bu hol uning moliyaviy mustaqilligini mustahkamlaydi va mustaqil pul kredit siyosatini samarali o'tkazish imkoniyatini siyosat sohasi hisoblanadi. Mustaqil siyosat esa pul va valyuta bozorida yuzaga kelayotgan vaziyatni, ichki bozordagi makroiqtisodiy shart-sharoitni, tashqi omillarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MARKAZIY BANKI TO‘G‘RISIDA “ gi qonunining 1-moddasida quyidagilar keltirilgan
Markaziy bankning huquqiy maqomi, vazifalari, vakolatlari, tashkil etilishi va faoliyati prinsiplari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Markaziy bank yuridik shaxs hisoblanadi va u davlatning mutlaq mulkidir.
Markaziy bank — o‘z sarf-xarajatlarini o‘zining darom adlari hisobidan amalga oshiruvchi, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir.
Markaziy bank va uning muassasalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhriga ega.


2. Markaziy bank vakolatlarining eng asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin. Bular:
-monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatini shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
-O'zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta'minlash;
-banklar, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar va kredit byurolar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish;
-banklar, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar va kredit byurolari faoliyatini nazorat qilish, qimmatli qog'ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
-O'zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini kelishuvga binoan hukumat rezervlariga qo'shgan holda saqlash va tasarruf qilish;
- Davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etish va qolaversa
hisob kitoblar va ularni o’tkazish operatsiyalarini bajarish , rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash , hukumat maslahatchisi -xazina vakili vazifasini bajarish , tijorat banklariga kredit berish , pul emissiya qilish , tijorat banklarining kassa zaxiralarini jamg’arish va saqlash.
3. Markaziy bankning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda uning funksiyalarini belgilash mumkin. Bunday fuknsiyalar jumlasiga:
1.Baholar va to‘lov tizimining barqarorligi va himoya qilinishi maqsadida O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda yagona davlat pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
2.Naqd pul emissiyasini monopol tarzda amalga oshirish va uning muomalasini tashkil etish;
3.Qayta moliyalashtirish tizimlarini tashkil qilish va amalga oshirish;
4.Bank operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini, tijorat banklarida hisob-kitob va hisobot ishlari tartiblarini belgilash;
5.Kredit tashkilotlarini davlat ro‘yxatiga olish, ularga litsenziya berish va litsenziyani qaytarib olish;
6.Kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
7.Valyutani tartibga solish, valyuta nazoratini amalga oshirish;
8.CHet davlatlari bilan hisob-kitob tartiblarini o‘rnatish;
9.O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi istiqbollarini aniqlash, to‘lov balansini tuzish.


4. Markaziy bankning oliy organi uning Boshqaruvidir. Boshqaruv Markaziy bank siyosati va faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi, bankni boshqaradi. Boshqaruv 11 kishidan iborat bo‘ladi. Boshqaruv tarkibiga Markaziy bank Raisi, uning o‘rinbosarlari, shuningdek bankning asosiy bo‘linmalari rahbarlari kiradi. Markaziy bank Raisi Boshqaruvning Raisi hisoblanadi. Boshqaruv a’zolarini (Markaziy bank Raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bundan mustasno) Markaziy bank Raisining taqdimnomasiga ko‘ra Oliy Majlis Senatining Kengashi tasdiqlaydi
Boshqaruv quyidagi vakolatlarga ega:
monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini, shu jumladan Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari ko‘lami, Markaziy bankning hisob va ssuda berishdagi foiz stavkalari hamda banklarning Markaziy bankdagi majburiy rezervlari normasini belgilaydi;
Markaziy bankning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi;
Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini hal qiladi;
banknotlar va tangalarning nominal qiymati va namunalarini, shuningdek pul belgilarini muomaladan chiqarish shartlarini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan ssudalar miqdori va shartlarini tasdiqlaydi;
banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar uchun iqtisodiy normativlarni hamda banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun moliyaviy va kassa operatsiyalarini o‘tkazish, buxgalteriya hisobi hamda hisobotini yuritish qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishini ko‘rib chiqadi;
bank faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish va ularni chaqirib olish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari faoliyati, shuningdek qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarish litsenziyalanishini amalga oshiradi;
Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi;
Markaziy bank muassasalari hamda korxonalarini tashkil etadi, qayta tuzadi va tugatadi;
Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi;
Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini ko‘rib chiqadi;
Markaziy bankning tarkibiy bo‘linmalari, muassasalari va korxonalari rahbarlarini tasdiqlaydi;
Markaziy bank tarkibiy bo‘linmalari, uning muassasalari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari hamda ma’ruzalarini tinglaydi;
Markaziy bank xodimlarini ishga yollash, ishdan bo‘shatish, ularning mehnatiga haq to‘lash shartlarini, shuningdek ularning kreditlar olishi va aksiyalar sotib olishi tartibini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi;
Markaziy bank vakolati doirasidagi boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va hal qiladi.
5. Markaziy bank Raisi:
Markaziy bank va uning Boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi;
Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi, ushbu Qonunga binoan Boshqaruv vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno;
Boshqaruv qarorlarini imzolaydi, buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
Markaziy bank faoliyati va joriy operatsiyalarini operativ tarzda boshqaradi;
Oliy Majlisda, hukumatda, vazirliklar va idoralarda, sudlarda, banklar va muassasalarda, xalqaro va chet el tashkilotlarida bank faoliyatiga doir barcha masalalar bo‘yicha Markaziy bank nomidan ish ko‘radi;
ayrim masalalarni hal qilishni o‘zining o‘rinbosarlariga, markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlariga, hududiy muassasalarning rahbarlariga topshiradi.
Markaziy bank Raisining vakolat muddati — besh yil.
Markaziy bank Raisi bo‘lmagan paytda uning vazifalarini o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi vakolatlarga ega

  • - monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini, shu jumladan, Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari ko‘lami, Markaziy bankning hisob va ssuda berishdagi foiz stavkalari hamda banklarning Markaziy bankdagi majburiy rezervlari me’yorini belgilaydi;

  • - Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini hal qiladi;

  • - banknotlar va tangalarning nominal qiymati va namunalarini, shuningdek, pul belgilarini muomaladan chiqarish shartlarini belgilaydi;

  • - O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga beriladigan ssudalar miqdori va shartlarini tasdiqlaydi;

  • - banklar uchun iqtisodiy me’yorlarni tasdiqlaydi va ularga rioya etilishini kuzatib boradi;

  • - bank faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berish va ularni qaytarib olish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qiladi;

  • - Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi;

  • - Markaziy bank muassasalari hamda korxonalarini tashkil etadi, qayta tuzadi va tugatadi;

  • - Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi;

  • - Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini ko‘rib chiqadi;

  • - Markaziy bankning tarkibiy bo‘linmalari, muassasalari va korxonalari rahbarlarini tasdiqlaydi;

  • - Markaziy bank tarkibiy bo‘linmalari, uning muassasalari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari hamda ma’ruzalarini tinglaydi;
    - Markaziy bank xodimlarini ishga yollash, ishdan bo‘shatish, ularning mehnatiga haq to‘lash shartlarini, shuningdek, ularning kreditlar olishi va aksiyalar sotib olishini tartibini qonun xujjatlariga muvofiq belgilaydi;

  • - Markaziy bank vakolati doirasidagi boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va hal qiladi.



7. Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti (xazina vakili) sifatida ish tutadi.
Markaziy bank hukumatga Markaziy bankning vazifalariga hamda vakolatlariga daxldor barcha muhim masalalar bo‘yicha maslahat beradi.
Markaziy bank har yili hukumatga iqtisodiy va moliyaviy masalalar, shuningdek monetar va valyuta siyosati bo‘yicha davlat budjetini tayyorlashga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan ma’ruzani taqdim etadi.
Hukumat kelgusi moliya yilida kreditlashning ichki va tashqi manbalaridan qarz ajratish, shu jumladan ushbu qarz doirasida to‘lanadigan summalarni berish rejalari, shuningdek kredit berishning taklif etilayotgan muddatlari va shartlari to‘g‘risida Markaziy bank bilan maslahatlashadi. Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va uning davlat organlari olayotgan barcha qarzlar to‘g‘risida Markaziy bankka xabar beradi.
Hukumat bilan Markaziy bank iqtisodiyotdagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni nazorat qilish uchun doimiy ravishda statistik axborot almashib turadilar.
Hukumat, vazirliklar va idoralar Markaziy bankka u o‘z vazifalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy, iqtisodiy axborot va hujjatlarni taqdim etadilar.



  • 8. Avvalo nobank kredit tashkilotlari haqida to’xtalamiz. Nobank kredit tashkilot — O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan va tegishli faoliyat turini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan lombard yoki mikrokredit tashkiloti. O‘zbekiston Respublikasida mikrokredit tashkilotlari faoliyati 2006-yil 20-sentyabrdan kuchga kirgan “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni asosida olib boriladi. Mikrokredit tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat beruvchi litsenziyasiga ega bo‘lishi va talab qilingan ustav fondini shakllantirishi lozim. Mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdori 2,0 mlrd.so‘m miqdorida belgilangan.

  • Ustav fondi ta’sischilar tomonidan pul mablag‘laridan, shuningdek ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulkdan shakllantirishi mumkin. Bunda kredit, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lar foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‘laridan shakllantirilgan bo‘lishi kerak.

  • Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng bir oydan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga litsenziya berish haqidagi ariza, mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari, mikrokredit tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi, mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank hujjatini, mikrokredit tashkiloti joylashgan binodagi kassa xonalari texnik va qo‘riqlash – yong‘indan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanishi va bu to‘g‘risida Markaziy bankning tegishli hududiy boshqarmasining xulosasini taqdim etishi kerak. Markaziy bank tomonidan arizava zarur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida ko‘rib chiqiladi litsenziya berish rad qilingan holda asoslangan raddiyani yozma shaklda etkazishi lozim. Agar litsenziya berilgan vaqtdan boshlab olti oy muddat ichida mikrokredit tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirishmasa Markaziy bank tegishli choralar ko‘rishga haqli hisoblanadi.


  • Download 0,58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish