1-Вариант Иқтисодий тизимларнинг турли моделлари


Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti



Download 74 Kb.
bet5/6
Sana26.08.2021
Hajmi74 Kb.
#155992
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Korxona

Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti – bozor mexanizmi va rejali

iqtisodiyot unsurlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Mulkchilikning turli

shakllari, tadbirkorlik-ning turli yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi.

Shuningdek, rejalashtirish, prognozlash, aholini sotsial himoyalash bilan

bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat ishtiroki kengayib

boradi. Masalan, AQSH iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin bozor

iqtisodiyotidan sezilarli tarzda farq qiladi. Bu farqlar quyidagilar orqali

namoyon bo‘ladi:

- birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo‘lida bo‘lib, u

iqtisodiyotda faol rol o‘ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligini

ta’minlash uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi yetarli darajada ishlab

chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib bermaydigan ayrim tovarlar va

xizmatlar bilan ta’minlashda, daromadlar taqsimlanishini o‘zgartirish

kabi holatlar orqali namoyon bo‘ladi.

- ikkinchidan, erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyotidan

farqli ravishda AQSH iqtisodiyotida yirik korporatsiyalar va kuchli

kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud. Bu

yerda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor

tizimiga suyanish, ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashtirish har

doim ham bir vaqtda mavjud bo‘lmasligi mumkin.

- Masalan, Germaniya iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb atalgan

bir vaqtda mulkchilik xususiy bo‘lib qolsada, mamlakat iqtisodiyoti

qattiq nazorat ostiga olingan va markazdan boshqarilgan. Buning

teskarisi, bozor sotsializmi deb atalgan sobiq sotsialistik Yugoslaviya

iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bo‘lgan va bir vaqtda

iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida

olib borilgan.

Shvetsiya iqtisodiyotida ham 90 foizdan ortiq xo‘jalik faoliyati

xususiy firmalarda to‘plangan bo‘lsada, davlat iqtisodiy barqarorlikni

ta’minlash va daromadlarni qayta taqsimlashda ishtirok etadi.

Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida davlatning

markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va rejalashtirish tizimi

saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan qo‘llanilib, barqaror va tez o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda.


  1. Корхона иқтисодиёти ва инновацияларни бошқариш” фанини бошқа иқтисодий фанлар билан алоқаси.

Korxonalar faoliyatiga daxldor jarayonlarni tashkil etish va

boshqarishga doir bilimlar doimiy ravishda to‘ldirilib va takomillashtirilib borilmasa korxonaning bozor konyunkturasiga moslashuvchanligi pasayib, uning hayotiylik davri qisqarib boradi. Shu sababdan, fan-texnika va iqtisodiyotning rivojlanishi qo‘shimcha bilimlar chegarasini kengaytiradi hamda korxona xodimlarining hozirgi kun talablariga javob beruvchi bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlarini talab qiladi. Ayniqsa innovatsion iqtisodiyotni tashkil etish sharoitida to‘plangan axborotlar, o‘rganilgan atama va kategoriyalar bilan cheklanib qolish yaramaydi. Ularni doimiy ravishda to‘ldirib, fan va xo‘jalik amaliyotining so‘nggi yutuqlari asosida rivojlantirib boorish talab etiladi. Olingan bilimlar faqat shu asosdagina amaliyotga joriy

etilib, jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishi uchun

xizmat qilishi mumkin.

“Korxona iqtisodiyoti va innovatsiyalarni boshqarish” fani boshqa

iqtisodiy fanlar jumladan, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Mikro iqtisodiyot”,

“Sanoat iqtisodiyoti”, “Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi”,

“Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish”,

“Korxona iqtisodiyoti” va “Innovatsion menejment” kabi qator fanlar

bilan bilan chambarchas bog‘liq.

“Korxona iqtisodiyoti va innovatsiyalarni boshqarish” fani

korxonalar faoliyati iqtisodiy rivojlanishining miqdor ko‘rsatkichlarini

sifat ko‘rsatkichlaridan ajralmagan holda o‘rganuvchi “Iqtisodiy

statistika”, shuningdek, joriy va istiqboldagi ishlab chiqarishni hamda

ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirishning strategik

yo‘nalishlarini tadqiq etuvchi “Korxonalarni rivojlan-tirish strategiyasi”

kabi fanlar bilan ham bog‘liq.

Fan-texnika taraqqiyoti sharoitida texnika va texnologiyalarning

jadal sur’atlar bilan o‘zgarishi nafaqat ishlab chiqarish xususiyatlarida,

balki ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol natijalarida ham aks etadi.

Shu sababli mazkur fanni o‘rganish iqtisodiy fanlar tizimida o‘ziga xos

ahamiyat kasb etadi.

Ushbu fanni o‘rganishda “Korxonalar xo‘jalik faoliyatining tahlili”

fani bilan o‘zaro aloqasini alohida ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq.

Ushbu fan korxonada ishlab chiqarishning moliyaviy va boshqa

jihatlariga baho berish, zaxiralarni aniqlashdan tashqari, bashoratlash

yordamida korxona rivojlanishining istiqbollari aniqlash imkoniyatini

beradi. Xorijiy mamlakatlar amaliyotida korxona, firma va kompaniyalarning ko‘pchiligi ishlab chiqarish menejerlari va iqtisodchilarning yuqori kasb malakasi va o‘z sohasidagi chuqur bilimlari evaziga muvaffaqiyatlarga erishib, yuqori daromadga va ishlab chiqarish imidjiga ega bo‘lib bormoqda. Shu sababli “Korxona iqtisodiyoti va innovatsiyalarni boshqarish” fanini bilishning o‘zi kamlik qiladi. Bo‘lajak mutaxassislarning iqtisodiy fikrlash doirasini kengaytirish va ularning xalq xo‘jaligiga doir bilimlarini shakllantirishga xizmat qiladigan boshqa iqtisodiy, texnikaviy hamda texnologik fanlar majmuasini ham bilish talab qilinadi.




  1. Download 74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish