Abduksiya fikr yuritish orqali empirik faktlardan ularni tushuntiruvchi gipotezaga yuksalishni nazarda tutadi. Bunday fikr yuritish turmushda va amaliyotda ko‘p uchraydi. Har bir inson tushuntirish yo‘llarini izlashda beixtiyor abduksiyaga murojaat etadi.
Evristika. Evristika yunoncha heurisko–topaman, kashf etaman, degan so‘zdan kelib chiqqan. «Evristika» atamasining qo‘llanilishi qadimgi yunon olimi aleksandriyalik Papp (miloddan avvalgi III asr) nomi bilan bog‘lanadi. Bu nuqtai nazardan evristika matematika masalalarini yechishni o‘rganishni istaganlarga mo‘ljallangan qoidalarning maxsus to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi.Evristika metodologiyaning bo‘limi sifatida hali rasman e'tirof etilgani yo‘q. Ammo, o‘z-o‘zidan ayonki, ilmiy bilimning har bir sohasida u eng tez, samarali va o‘ziga xos yechim topishning strategiyasi hisoblanadi, evristik usul va qoidalar noan'anaviy yo‘llarni izlash, ulardan foydalanishga turtki beradi.
Shunday qilib, metodologiya muayyan bir, hatto, «eng muhim metod»ga ham bog‘liq bo‘lmaydi. «Olim hech qachon faqat bitta ta'limotga tayanib qolmasligi, hech qachon o‘z tafakkur metodlarini faqat bitta falsafa bilan cheklab qo‘ymasligi kerak». Metodologiya alohida metodlarning oddiy yig‘indisi, ularning «mexanik birligi» ham emas. Metodologiya – turli darajadagi usul va tamoyillarning faoliyat sohalari, yo‘nalishlari, evristik imkoniyatlar, mazmunlar, tuzilmalar va hokazolarning murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi.
3. Eksperiment vazifasiga ko‘ra qanday hollarda o'tkaziladi?
"Eksperiment"so`zi lotincha "sinab ko`rish", "tajriba qilib ko`rish" ma`nosini anglatadi.
Odatda eksperimental-tajriba ishlari ta`lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Bunda ham ilmiy farazlarning didaktik yoki amaliy ahamiyatiga e`tibor beriladi.
O`tkaziladigan tajriba ishlari ta`lim va tarbiya o`rtasidagi qonuniy aloqalarni aniqlash, natijalarni hisobga olish asosida yangi metodlarni tadbiq etishga, ta`lim-tarbiya samaraligini oshirishga qaratiladi. Shuningdek, ta`lim-tarbiya jarayonining borishini, tuzilishi va natijalarini oldindan ko`ra bilish imkoniyatini beradi.
Eksperiment metodi sharoitga qarab 3 xilda o`tkaziladi:
tabiiy eksperiment;
laboratoriya eksperimenti;
amaliy tajriba.
Pedagogik eksperiment o`z mazmuniga ko`ra didaktik, tarbiyaviy, maktabshunoslik muammolari yuzasidan o`tkaziladi. Pedagogik eksperiment tajriba ishlarini o`tkazishda quyidagi talablar mavjud:
ishning aniq, ilmiy jihatdan asoslangan farazini aniqlash va kutilishi lozim bo`lgan natija uchun reja belgilash lozim.
ilmiy ish yoki pedagogik faoliyat uchun aniq ob`ekt belgilash, amalga oshirish borasida qo`shimcha metodlarni aniqlash.
tajriba ishi o`tkazish vaqtini va muddatini belgilash.
tajriba uchun lozim bo`lgan asbob-uskuna va boshqa hokazolarning tayyor turishi;
eksperiment natijalarini zudlik bilan tahlil qilish va tegishli xulosa chiqarish va tavsiyalar berish kerak.
Eksperimental tekshirish o‘z maqsadining kengligi bilan farqlanadi: ayrim metodik usullami tekshirishda ommaviylik talab qilinmaydi, ammo yangi dastur, yangi darsliklarni tekshirishga butun
tuman, viloyat jalb qilinadi. Hozirgi kunda keng tarqalgan bu usulda deduktiv yo'ldan boriladi, ya’ni gipoteza qo'yiladi, mavzuga asosan eksperiment uchun material (o'quv ma- teriali) tayyorlanadi. Eksperiment bir necha marta takrorlanadi, bir necha sinf va bir necha guruhlarda o'tkaziladi. Eksperimentda 2 ta sinf tanlanadi. Biri tajriba sinfi, ikkinchisi taqqoslash uchun tanlan gan tekshiruv sinfi. Tajriba sinfida yangi m etod, yangi darslik, yangi ishlanmadan foydalanilsa, tekshiruv sinfida amaldagi m etod, darslik, ishlanmadan foydalaniladi. Ikkinchi marta sinflar almashtiriladi, bu chaprost deb nom lanadi. Har ikki holda ham natija yuqori bo'lsa, demak, ish usuli foydali sanaladi.
Eksperiment vazifasiga ko'ra quyidagi hollarda o'tkaziladi:
1) yangi metod, yangi darslikning muvofiqligini tekshirishda;
2) metod yoki qo'llanmaning qay darajada foydaliligini tekshirishda;
3) m etod yoki qo'llanm aning muvofiqligini va samaradorligini aniqlashda.
Eksperiment natijasini chiqarishda belgilangan baho m e’yoriga amal qilinadi. Bunday m e’yor aniq, barcha holatlar uchun ham bir xil bo'lishi lozim. Ona tili metodikasida yozma ishlarda yo'l qo'yilgan xatolar soni va xarakteri, m a’lum bir vaqtda o'qilgan yoki yozilgan so'zlar soni, og'zaki hikoya va yozma inshoning hajmi va izchilligi m e’yoridan foydalaniladi.Boshlang'ich sinflarda onEksperimental tekshirish o‘z maqsadining kengligi bilan farqlanadi: ayrim m etodik usullami tekshirishda ommaviylik talab qilinmaydi, am m o yangi dastur, yangi darsliklarni tekshirishga butun tuman, viloyat jalb qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |