1-variant Boshlang‘ich ta`limda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlantirish omillari



Download 242,79 Kb.
bet57/79
Sana18.02.2022
Hajmi242,79 Kb.
#450822
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79
Bog'liq
1-24 ona tili metod

16-bilet.

  1. Yuqori sinflarda ona tili o'qitish metodikasi va bosqichi sinflarda ona tili o’qitish metodikasi farqlari

Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o'qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo'lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang'ich sinf o'quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o'rgatadi. Shu bilan birga, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitish grammatika, imlo va unga bog'liq holda nutq o'stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o'rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o'qish metodikalarini ham o'z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) boshlang'ich sinflarda ona tili kursining mazmuni, hajmi va mavjud tizimini, ya’ni kursning (xat-savod o'rgatish, o'qish, grammatika,
imlo, nutq o'stirish va h.k.) dasturini belgilash va asoslash;
b) o'qish va yozuvdan bilim va ko'nikmalarning shakllanishi jarayoninihamda bu jarayonda o'quvchilar duch keladigan qiyinchiiiklarni o'rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to'g'rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish;
d) ona tilidan beriladigan o'quv materialini o'quvchilar aniq tushunishi
va puxta o'zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda
tatbiq eta olishga va o'quvchilaming umumiy taraqqiyotiga, ya’ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o'ylashini, nutqini o'stirishga yordam beradigan metod va vositalarni ishlab chiqish;
e) ona tilini o'rgatish bilan bog'liq holda maktablar oldiga qo'yilgan
tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o'quvchilarda axloqiy va estetik
sifatlarni shakllantirish.
Ona tili o'qitish metodikasi ta ’limning turli bosqichlarida o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini aniqlaydi, o'qishning
muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va
kamchiliklami bartaraf etish usullarini topadi.Ona tili metodikasi ta ’lim tizimining barcha bosqichlirida ona tilini o'qitishning izchillik va uzlnksizligini ta’minlaydi. Maktabgacha
tarbiya muassasasida, asosan, bolalaming nutqini o'stirish nazarda
tutiladi. Boshlang'ich sinfda o'quvchilar nutqini o'stirishdan tashqari,
ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o'zlashtirishlari
ham nazarda tutiladi.yuqori sinflarda ona tilini o`qitish esa ancha farq qiladi. 4-sinfni tugatayotgan o`quvchilarning qobiliyatlariga qaraydigan bo`lsak, ular bemalol uyushiq bo’laklar; undalma; so’z turkumlari: ot, otlarning turlanishi, egalik qo’shimchalari, kelishik qo’shimchalari; fe'l, fe'l zamonlari,fe'llarda shaxs-son qo’shimchalari; sifat, sifat darajalari; son, sanoq son, tartib son haqida bilimga, ketma-ket kelgan bir xil unlilar imlosini ajrata olish; ketma-ket kelgan bir xil undoshlar imlosini farqlay olish; so’z oxirida talaffuzda tushib qoladigan undoshlar imlosini farqlay olish; so’z ma'nolarini farqlash va ulargn so’roq bera olish; so’z va iboralarni to’g’ri yoza olish; gaplarni ifoda mazmuniga ko’ra farqlay olish; gaplarni ohangga rioya qilib o’qish va yozina to’g’ri shakllantira olish; gap tarkibida tinish belgilarini to’g’ri qo’ya olish; gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklarini farqlay olish gapni ikkinchi darajali bo’laklar qo’shib kengaytira olisli; gapda so’zlarni o’rinli qo’llay bilish; egalik va kelishik qo’shimchalarlning imlosini farqlay bilish; fe'l zamonlari, shaxs-son qo’shimchalarining imlosini ajrata olish; sifat darajalarini to’g’ri qo’llay olish kabi ko`nikmalarga,75-80 so’zdan iborat diktantni to’g’ri yozish; grammatik tahlil qilish (fonetik, so’z tarkibi, morfologik va sintaktik tahlil); xabar, tasvir, muhokama elementli matn yaratish; ijodiy matnning mantiqiy izchilligiga rioya qilish; diktant turlarini: saylanma diktant, lug’at, izohli diktant; ko’rsatish, nazorat diktantlarini yozish; matndagi gaplarning mazmunan o’zaro bog’liqligi va aloqadorligini anglash; bayon va insho yozish; iltimos, minnatdorchilik, uzr so’rash, taklif qilish, tabrik kabi nutq madaniyatiga doir murojaat qoidalarini bilish kabi malakalarga ega bo`ladi. Demak u yuqori sinfda diktant yozish, murakkab matn tuza oladi, insho, bayon kabilarni yoza oladi.shularni inobatga olib yuqori sinflarga kelib o`qitish metodikasi ham o`zgaradi, ya`ni o`qituvchi murakkabroq metodlarni qo`llaydi, darslar ham yoshga qarab murakkablashib boraveradi.

2.Fan metodlari qaday guruhlarga bo‘linadi?


Fan metodlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi
Xususiy ilmiy metodlar – materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan muayyan fanda qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib-taomillari majmui. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodlari shular jumlasidandir. Xususiy fanlar metodlarining o‘ziga xos xususiyatlari moddiy ifodasini topgan bilish vositalari: mikrofizikada zarralarni tezlatgichlar, tibbiyotda a'zolar faoliyatini qayd etuvchi turli o‘lchagichlar va shu kabilar hozirgi zamon metodologik tadqiqotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Umumilmiy tadqiqot metodlari falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental nazariy-metodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq metodologiya» bo‘lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko‘pincha «axborot», «model», «tuzilma», «funksiya», «tizim», «element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi.
Fanlararo tadqiqot metodlari–asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi.
Falsafa metodlari. Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat bilan bog‘liq. Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal xususiyatga ega bo‘lgan umumiy falsafiy metodlarga murojaat qilishdir. Bu metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‘lni ko‘rsatadi. Mazkur metodlarga falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz, sintez, induksiya, deduksiya va h.k.lar taalluqli.
3. Boshlang'ich sinflar ona tili davlat ta’lim standarti va dasturiga o‘z numosabatingizni bildiring.
Boshlang`ich ta`lim bosqichida o`quvchilarning ona tili ta`lim sohasi bo`yicha tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar quyidagi uch parametrli standart o`lchovi orqali aks ettirildi. O`qish texnikasi, o`zgalar fikri va matn mazmunini anglash hamda fikrini yozma shaklda bayon etish malakasi.Boshlang`ich ta`lim Davlat standartida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari iborasi aynan qo`llanilgan bo`lsada, ko`rsatigan uch parametrli statdart talabini bajarish o`quvchilarda ma`lum darajada mustaqil o`qish ko`nikmalini talab qiladi.Davlat ta`lim standarti asosida o`quv dasturlari va darsliklar yaratiladi. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish yuzasidan DTS, o`quv dasturi natijalaridan quyidagilar aniqlandi:
1.Boshlang`ich sinflar Davlat ta`lim standartida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari xususida alohida ko`rsatkich va talablar qo`yilmagan. Bizningcha, bu xususda o`ylab ko`rish lozim.
2.Amaldagi o`quv dasturiga muvofiq o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini xosil qilish uchun 1-sinfda har haftada 15-20 daqiqa, 2-3-4- sinflarda esa 17 soatdan jami 51 soat ajratiladi. Demak, o`quvchilarda mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish uchun alohida ahamiyat berilgan.
3.Dasturda har bir sinfda “Sinfdan tashqari o`qish” bo`limi ajratilgan. Mana shu bo`limda berilgan metodik ko`rsatmalarda bir xillik, aniqlik, uzviylikka rioya qilinmagan.
4.Boshlang`ich sinflar dasturida o`qish uchun adabiyotlar ro`yxati ko`rsatilmagan. Bu esa sinfdan tashqari o`qish darslarini samarali tashkil qilinishiga o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatmoqda.
1. Sinfdan tashqari o`qishning jahon ta`limidagi ilg`or usullar asosida yaratilgan tizimi o`quvchilarni o`qishga qiziqtirish, ularning fikrlash qobiliyatini o`stirish, kitob bilan ishlash usullarini o`rgatish, og`zaki nutqini o`stirish, muntazam ravishda kitob o`qib borishga rag`bat uyg`otish – ma`naviy madaniyatini yuksaltira borish kelajak avlodni o`qitish va tarbiyalash jarayonidagi asosiy masalalardan hisoblanadi.
2.Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari STO` darslarida shakllantirib boriladi. Amaldagi dasturda STO` darslariga 1-4- sinflarda jami 50 soatdan ortiq vaqt ajratiladi. Biroq dasturda shu ko`rsatilgan soatlarda o`rganiladigan asarlar ro`yxati berilmagan.
3. 1-4- sinflar ona tili o`quv dasturidagi ”Sinfdan tashqari o`qish” bo`limi qayta ko`rib chiqilishi, unga aniqlik kiritilishi lozim.
4. Boshlang`ich sinflarda Davlat ta`lim standartiga o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikma va malakalarini belgilovchi ko`rsatkich va talablar kiritilishi maqsadga muvofiq bo`lar edi.



Download 242,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish