1-variant Boshlang‘ich ta`limda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlantirish omillari


Fonetika va fonologiya grafika bilan bog‘liq holda savod o'rgatish metodikasi



Download 242,79 Kb.
bet12/79
Sana18.02.2022
Hajmi242,79 Kb.
#450822
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79
Bog'liq
1-24 ona tili metod

2. Fonetika va fonologiya grafika bilan bog‘liq holda savod o'rgatish metodikasi.
Ona tili metodikasi ona tilini amaliy va qisman nazariy jihatdan mukammal egallashni ta’minlash uchun tilshunoslik fanining fonetika va fonologiya, frazeologiya, so‘z yasash, leksikologiya, grammatika, morfologiyasi va sintaksis, stilistika, shuningdek, orfografiya va orfoepiya bo‘limlari bilan ham chambarchas bog‘liq.
Grafika bilan fonetika va fonologiya o‘zaro aloqada bo‘lib, badiiy asarlarni o‘qitish usullarini rivojlantirishda, boshlang‘ich o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Husnixat grafika nazariyasiga asoslanadi. Leksikologiyani bilish maktabda lug‘at ishlarini to‘g‘ri tashkil etish uchun zarur: sinonimlar, antonimlar, so‘zlarning tematik guruhlari bilan turli xil mashqlar va hokazo.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda 1-sinf o‘quvchilari savod o‘rganish davrida o‘qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish (tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, urg‘uli bo‘g‘inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; v) fonetik bilim morfologik va so‘z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o‘quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi)ni shakllantirish uchun zamin bo‘ladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga ko‘ra to‘g‘ri aytish, logik urg‘u va gap qurilishidagi to‘xtamlarga rioya qilish uchun zarur; d) so‘zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo‘llash uchun muhimdir; hózir va hozìr, átlas va atlás so‘zlari ma’nosidagi farq faqat urg‘u orqali ajratiladi. So‘zning tovush tomonini tasavvur qilish so‘zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va qo‘llash uchun zarur.
Savodxonlik davrida fonemik eshitishning rivojlanishiga katta e’tibor qaratiladi, ya’ni nutq oqimida individual tovushlarni ajratish, tovushlarni so‘zlardan, bo‘g‘inlardan ajratish qobiliyati shakllantiriladi.
Fonemalarning tovush variantlarini farqlash uchun o‘quvchilar fonemalarni (asosiy tovushlarni) tanib olishlari kerak.
Fonemik eshitish nafaqat muvaffaqiyatli o‘rganish uchun, balki imlo mahoratini rivojlantirish uchun ham zarurdir.
Fonemik eshitishning rivojlanishi ham yuqori darajada rivojlangan eshitish vositasini talab qiladi. Shuning uchun, savodxonlik davrida turli xil eshitish mashqlarini bajarish maqsadga muvofiq.
1-sinfda fonetika va grafikani o‘rganishga katta o‘rin beriladi, chunki o‘quvchilar o‘qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi. Tovush murakkab tushuncha bo‘lgani uchun boshlang‘ich sinflarda unga ta’rif berilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to‘g‘ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so‘zdagi tovushlarniig talaffuzi hamda so‘zning lek­sik ma’nosi so‘zdagi tovushlarning tarkibiga bog‘liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so‘zlar har xil lug‘aviy ma’noni ifodalaydi.
1-sinfda o‘quv yilining birinchi yarmida og‘zaki va yozma tarzda bo‘g‘inlarga bo‘lish, shuningdek, o‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra, muayyan bo‘g‘inli so‘z tanlash mashqlari har kuni o‘tkaziladi. So‘zni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri va tez bo‘lish ko‘nikmasini hosil qilish 1-sinfda o‘tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O‘quvchilar o‘qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko‘nikmaga tayanadilar. O‘zbek grafikasida bo‘g‘in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O‘quvchi so‘zni to‘g‘ri yozish uchun uni avval bo‘g‘inlarga bo‘ladi. Bo‘g‘inlardagi tovushlarning o‘zaro bir-biriga ta’sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi.

Download 242,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish