13-variant
1. “Baliq skeleti” texnologiyasining ahamiyati.
“Baliq skeleti” texnologiyasi baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda o‘quvchilar o‘rtaga tashlangan muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladilar. Baliq skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga yechilishi kerak bo‘lgan muammo yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish yo‘llari yozib boriladi.
“Baliq skeleti” texnologiyasi muammoni qo`yish va hal qilishning mazkur modeli bir qator muammolarni
ta’riflash va yechib ko`rishga imkon beradi.
Strategiyasi quyidagicha:
1 Bir varaq oq qog`ozda (vatman yoki A3 varag`i) baliq skeleti chiziladi (boshi, kemirchagi, qovurg`alari).
2 Yuqoridagi «suyagiga» muammo ifodalanishi, pastidagiga esa - ushbu muammo mavjudligini (yoki uni hal qilish yo`llari, o`qituvchi o`z oldiga qo`ygan maqsadga qarab) isbotlovchi faktlar yozib qo`yiladi.
3 To`ldirilgan sxemaning taqdimoti.
Texnologiyadan foydalanish doiralari:
Tabiiy va aniq fanlarda, muammoli ta’lim berish uslubidan foydalanganda.
Afzalliklari:
Ushbu sxema muammolarning o`zaro bog`liqligi, ularning kompleks xususiyatlarini aks ettiradi.
Qiyinchiliklar:
Muammolarni ifodalashda qiyinchiliklarga duch kelish mumkin.
2. Fan metodologiyasi va uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalarini tushuntiring.
Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo‘llaniladigan ma'lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san'atda va h.k.); tizim haqidagi ta'limot yoki metod nazariyasi.
Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta'minlovchi boshqa vositalarni ham o‘rganadi. Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o‘rganadi. Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini boshqaruvdan iborat. Biroq:
-birinchidan, metod va metodologik muammolarning rolini inkor qilish yoki to‘g‘ri baholamaslik ("metodologik negavizm");
-ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo‘rttirish, mutlaqlashtirish, uni barcha masalalarning kaliti, ilmiy yangiliklarni yaratishning eng qulay vositasi (metodologik eyforiya), deb tushunish noto‘g‘ridir.
Boshqacha qilib aytganda, "inson umum metodologiyaning markazidir" (Feyerbax).
Metod u yoki bu shaklda ma'lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub'ektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma'lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan yetishishga yordam beradi.
Fan metodlari – ma'lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimi. Har bir fundamental fan, mohiyat-e'tibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir. Fanda, ko‘p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli metodlar asosida o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin.
Fan metodlarining guruhlarga bo‘linishi bir nechta asoslarga ega. Bilish jarayonida uning roli va o‘rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy tadqiqot, izohlash, shuningdek, boshqa metodlarga ajratish mumkin. O‘z navbatida, bilishning sifat va son, bilvosita va bevosita original hamda faoliyatli metodlari ham mavjud. Metodlarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo‘llash o‘rganilayotgan hodisa tabiati va qo‘yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |