1-variant Boshlang‘ich ta`limda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlantirish omillari



Download 242,79 Kb.
bet42/79
Sana18.02.2022
Hajmi242,79 Kb.
#450822
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79
Bog'liq
1-24 ona tili metod

11-variant
1-savol. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi hamda o‘quvchilar faoliyati nimalardan iborat?
Ta’limni tashkil etishning bosh omili dars hisoblanadi. Dars va uning amalga oshirish texnologiyasini buyuk chex pedagogi Ya.Komenskiy yaratgan. Bugungi kunda dars- shaxsga yo‘naltirilgan dars bo‘lishi lozim. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘qitish bilan chegaralanmaydi, balki o‘quvchini darsga qiziqish ehtiyojini tug‘diradi. Dars jarayonida o‘qituvchi passiv, o‘quvchi esa faol ishtirokchiga aylanadi. Bugungi kunda kim uchundir noan’anaviy sanalgan dars kimlar uchundir an’anaviy dars bo‘lishi mumkin.Darslarni noan’anaviy shaklda tashkil etish uchun har bir darsga yangilik olib kirishga harakat qilish lozim. Faollik bo‘lmagan joyda shaxsning qaror topishi va rivojlanishi ham bo‘lmaydi. O‘quvchining bilim olishga, nutqini o‘stirishda, O‘qituvchi innovatsion usullardan foydalana bilishi va ularni amalga oshira olishi lozim. Quyidagi usul va o‘yinlar maktabda tillarni o‘qitilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi shundaki, ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi hamda o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi. O‘qituvchining faoliyati o‘quv materialini bayon qilish, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e`tiqodini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. O‘z ishiga ixlos bilan qaragan o‘qituvchida chinakkam ehtiros bo‘ladi.
Darsning oldindan loyihasi, ya`ni texnologik xaritasi tuziladi. Texnologik xarita tuzish uchun o‘qituvchi darsning har bir bosqichida amalga oshiriladigan ishlar, ularda o‘qituvchining pedagogik va o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish yo‘llari, teskari aloqani amalga oshirish, ularga ajratilgan vaqtni aniq belgilash lozim. Texnologik xaritada albatta tashkiliy qism, yangi mavzuning motivatsiyasi, o‘quvchilar bilimini tekshirish, yangi mavzuni o‘rganish va uni mustahkamlash, erishilgan natijalarni tahlil qilish va yakun yasash kabi bosqichlari bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchining dars davomida bajaradigan ishlari bosqichma-bosqich qayd etiladi. Dars texnologik xaritasining mukammal tuzilishi, maqsad va vazifalarini amalga oshirish, samaradorlikka erishish va bosqichlar o‘rtasidagi uzviylikni ta`minlash, vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi.
Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg‘otish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqinlashuvidir.
Boshlang‘ich sinfda ta`lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki motiv o‘quvchilarni ta`lim jarayoniga qiziqtiradi, darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga undaydi. Interfaol metodlar o‘qish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi.
Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o‘yin mashqlardan foydalanib, darslar o‘tish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi.
O’qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit xolatda ko’ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olishi zarur. Bunda o’qituvchiga u tomonidan bo’lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta axamiyatga egadir. Chunki darsning texnologik xaritasi xar bir mavzu, xar bir dars uchun o’qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan,o’quvchi talabalarning imkoniyati va extiyojidan kelib chiqqan xolda tuziladi

Download 242,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish