Dehqonlarning bir qismi xususiy shaxslarga qaram bo`lib qolayotgan edi, bu shaxslar o`z daromadlarini shu dehqonlardan olardilar. Shuni hisobga olib, - hukumat 780- yilida soliq tizimida islohot o`tkazdi, uning muallifi Yan-Yanning yangi qonuniga binoan soliqlar chek yeri bo`lgan dehqonlardan olinibgina qolmasdan, xususiy yer egalaridan va davlat yerlarini vaqtincha ijaraga olgan shaxslardan ham olinadigan bo`ldi. Feodalashuv jarayoni mahalliy yeri ko`p zodagonlarni kuchaytirdi va imperatorning gubernatorlari bilan harbiy boshliqlarning o`zida ham markazga tobe bo`lmaslikka intilishini kuchaytirdi. Bosh qo`mondon An- Lu- shan qo’zg`oloni Tan dinastiyasi tarixida burilish nuqtasi bo`ldi. U 785- yilda 120 ming kishilik qo’shini bilan imperatorga qarshi bosh ko`tardi, va 786- yilda ikkala poytaxtni egalladi. Imperator qochadi va qo’zg`olonni yollangan varvarlar, uyg`urlar yordami bilan bostirdi. 787- yida Janubiy Xitoydagi gubernatorlar qo’zg`oloni ko’tarilib, imperator bu qo’zg`olonni katta kuch sarf qilib, zo’rg`a bostirdi.
- Dehqonlarning haddan tashqari og`ir hayoti IX asrning II- yarmida g`oyat katta qo’zg`olon ko`tarilishiga sabab bo`ldi, bu qo’zg`olon 875- yildan 884 yilgacha davom etdi. Qo’zg`olonga ilgari tuzfurush bo`lgan va keyinchalik imperator gvardiyasida soldat bo`lib xizmat qilgan Xuan Chao degan kishi boshchilik qildi. Bu qo’zg`olon stixiyali bolsa-da, lekin uyushgan edi. Qo’zg`olon Shandun va Xebey degan shimoliy viloyatlardan boshlandi. Keyin u Markaziy Xitoydagi Xenan viloyatiga tarqaldi. Xuan Chao qo`l ostida dastlab 100 mingga yaqin dehqon bor edi. 879- yilda Xuan Chao Janubiy Xitoyga yurish qildi, u yerdagi eng boy port Kantonni oldi. Biroq soldatlar orasida epidemiya tarqala boshlaganligi sababli, Xuan Chao shimolga Yansi daryosi ortiga chekinishga majbur bo`ldi. Epidemiya bo`lishiga qaramay Xuan Chao qo`shini
- ortib bordi, 880- yilda uning soni 250- 300 ming kishiga yetdi. 880 yilda Xuan Chao Loyan ustiga yurish qildi. Oz vaqt ichida Chan’anni bosib oldi va o`zini Da Si degan nom bilan imperator deb e`lon qildi. Xuan Chao Chan’anda 2,5 yil turdi. 884- yilda Tan dinastiyaning imperatori uyg`urlar, tangutlar kabi varvar to`dalarining yordami bilan poytaxtga qaytib keldi. Sahroyi varvarlar xitoy dehqonlarini shafqatsizlik bilan qirdi. Bularga xalq “ qora quzg`unlar” deb nom berdi. Xuan Chao esa Chan’andan qochib Xenan viloyatida halok bo`ladi. Imperator xizmatidagi feodal zodagonlarga suyangan Tan dinastiyasi haqiqatda dehqonlarning harakati natijasida ag`dalrildi. Bu dinastiyaning imperatorlari qo’zg`oloni bostirilganidan keyin bir oz vaqtgacha mamlakatni idora qildi. X- asrning boshlarida
- shimolda kidan qabilalari ittifoqining yana bir varvar davlati tuzildi., bu qabilalar Manchjuriyani, Mo’g`ulistonning va shimoliy Xitoyning bir qismini bosib olgan edi. Bu Lyao deb atalgan yangi davlatning poytaxti Yanszi shahri bo`ldi, bu shahar keyinchalik Pekin deb yuritila boshlandi. X asr o`rtalarida mamlakatda anchagina iqtisodiy yuksalish yuz berdi, Xitoy bu yuksalish sharoitida 960- yilda Sun dinastiyaning hokimiyati ostida qaytadan birlashtirildi. Bu dinastiyaga Shimoliy Xitoydagi harbiy boshliqlardan biri Chjao Kuan -in asos soldi, u kidanlar ustidan bir necha marta g`alaba qozongan edi. Yangi dinastiyaning poytaxti dastlab Byan (hoz.Kayfin) shahri bo`ldi. Keyinchalik markaz janubga Xanchjou shahriga ko`chirildi. Sun imperiyasi (969-1279 yilda Xitoyni boshqargan mahalliy dinastiya). Sun imperiyasi Tan
- imperiyasiga qaraganda kuchsizroq bo`ldi. Sun dinastiyasi vaqtida Xitoy to`la birlashtirilmadi. Tan imperiyasiga kirgan bir qancha hududlar Sun imperatorlarining hokimiyatini tan olmadilar va o`zlariga mustaqil davlat tuzdilar. Turk, mo`g`ul qabilalari va g`arbdagi boshqa ko`chmanchi qabilalar ham imperiyaga itoat qilmadilar, imperiya chegaralariga tobora kuchliroq xavf soldilar. Sun imperatorlari uyg`urlarga, tangutlarga, kidanlarga, Annamga qarshi urushlar qildi. Biroq bu urushlar natijasida Sunlar bu mamlakatni Xitoyga itoat qildirishga muvvafaq bo`lmadilar. Shunga qaramay, Sun dinastiya davrida Xitoyning xalqaro aloqalari yana mustahkamlandi. O`rta Osiyo, Hindiston va Hindi- Xitoy bilan emas, balki Koreya, Yaponiya va Indoneziya bilan ham keng miqyosda tashqi savdo olib borildi. Sun dinastiya
- davrida mis pullardan tashqari, temir pullar zarb qilindi. Qog`oz pullar ham Sunlar davrida ishlatila boshlandi.Sun dinastiyasi davrida ahvol yaxshi emas edi,dehqonlarning ahvoli ancha ayanchli edi.
- Hukumat yangidan dehqonlar urushi chiqishining oldini olishga va izdan chiqqan davlat moliyasini yana joyiga tushirishga harakat qildi, hukumatning bu harakati Sun dinastiyaning 1chi vaziri Van An- shi tomonidan islihot o`tkazildi.
- Van An-shi (1021-1086) dastlab viloyat amaldorlaridan biri edi. U aholining qashshoqligini, amaldorlarning jabr- zulmini va sudxo’rlarning hukmronligini bilar edi.Imperatorning 1chi vaziri bo`lgach u 1069-1074 yillarda moliyaviy – iqtisodiy va ijtimoiy sohada bir qancha islohot o`tkazdi. Avvalo, u yerlarni qaytadan ro`yxatga oldirdi, imperator xizmatidagi zodagonlarning yerlariga ham soliq soldi,
- bular bu vaqtda yer solig`i to`lamay qo’ygan edilar. So`ngra Van An-shi dehqonlarning davlat foydasiga barshchina o`tashdan ozod qildi, barshchina o`rniga pul bilan to`lanadigan soliq joriy qildi. Yer solig`ini dehqonlar qisman mahsulot va qisman pul bilan to`laydigan bo`ldi. Ocharchilikni oldini olish uchun Van An-shi davlatga qarashli g`alla omborlari tashkil qildi, ocharchilik yillarida ana shu omborlardan g`alla berilardi.
- Sudxo`rlikni tugatish maqsadida Van An-shi davlat banki tashkil qildi, bu bankdan dehqonlar kam foiz to`lash sharti bilan qarz ola oladigan bo`ldi (20% miqdorda). Van An-shi harbiy sohada ham islohot o`tkazmoqchi bo`ldi, yonlanma armiya o`rniga umumiy harbiy majburiyat joriy qilmoqchi edi. Asosiy qo`shin dehqon lashkarlaridan iborat bo`lishi kerak edi. Har uch xonadon bitta piyoda askar, har o`n xonadon bitta otliq
- askar berishi kerak edi. Van An-shi islohotlari amaldorlar bilan feodallarning qattiq qarshiligiga uchradi. 1075 – yilda Van An-shi vazifasidan bo`shatildi. Uning tuzgan rejalari davlat uchun ’’xavfli’’ deb topildi. o`tkazmoqchi bo`ldi, yonlanma armiya o`rniga umumiy harbiy majburiyat joriy qilmoqchi edi. Asosiy qo`shin dehqon lashkarlaridan iborat bo`lishi kerak edi. Har uch xonadon bitta piyoda askar, har o`n xonadon bitta otliq askar berishi kerak edi. Van An-shi islohotlari amaldorlar bilan feodallarning qattiq qarshiligiga uchradi. 1075 – yilda Van An-shi vazifasidan bo`shatildi. Uning tuzgan rejalari davlat uchun ’’xavfli’’ deb topildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |