4.Оliy tа’limdа mаtеmаtikаni o’qitishgа zаmоnаviy yondаshuvlаr
Bizga ma’lumki, matematika fanining o’rganadigan ob’ekti materiyadagi narsalarning fazoviy shakllari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Ana shu shakllar orasidagi miqdoriy munosabatlarni aniqlash jarayonida matematiklar izlanishning ilmiy metodlaridan vosita sifatida foydalanadilar. Matematikadagi izlanish uning ilmiy metodlari bir vaqtning o’zida matematikani o’qitishdagi ilmiy izlanish metodlari vazifasini ham bajaradi.
Matematika fanlarini o’qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter
va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.
Pedagogik, kompyuter va axborot texnologiyalar ta’lim jarayonini tashkil etish, tayyorlash, ilmiy-metodik materiallar bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini amalga oshirish, ta’lim natijalarining sifatini baholashdan iborat bo’lgan yaxlit tizimda o’z ifodasini topadi. Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi. Keyingi o’n yillikda matematika fanini o’qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi.
Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.[1]
Matematika o’qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo’nalishi ayrim o’quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o’qitishning boshqa usullari qo’llanganda tasavvur qilish, ko’z oldiga keltirilishi qiyin bo’lgan materiallarni tushunarlibo’lishini ta`minlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o’quvchilarga ma`lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko’rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur o’rganish va o’quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo’ladilar. Matematika fanlarini o’qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.
Matematikani o‗qitishda masalalar markaziy rol o‗ynaydi va o‗quv jarayonining ham vositasi, ham maqsadi sifatida e‘tirof etilishi mumkin. O‗quvchi nuqtai nazaridan masala ta‘limning maqsadidir, chunki u masala yechilishini daftarga qayd etish, natijani olish va uni to‗g‗riligini tekshirish kabi tushuniladi. O‗qituvchi nuqtai nazardan masala o‗qitish vositasi hisoblanadi. U ―ma‘lum bir matematik nazariyani shakllantirishga yordam beradigan natijalarni olish‖ uchun masalani tavsiya etadi. Mazkur holatda matematikani ―masalalar – nazariya – masalalar‖ sxemasi bo‗yicha o‗qitish haqida gapirish lozim. A.A.Stolyar masalalarni shakllantirishda nomatematik sohada yuzaga kelgan muammoli vaziyatlardan kelib chiqishni va ulardan mos masalalarni shakllantirish zarurligini ta‘kidlaydi. Maqsad bunday masalalarni matematik vositalar yordamida yechishda berilgan ma‘lumotlarning yetishmasligi, bu esa nazariyani chuqurroq o‗rganish lozimligi kabi faktlarni o‗rnatishga olib keladi.
Nazariy materiallarni qayta ishlash yana masalalar (matematik va amaliy) orqali amalga oshiriladi. Masalalarning ko‗p xilliligi ularni ma‘lum tanlangan asoslarga ko‗ra klassifikatsiyalash ehtiyojini keltirib chiqaradi. Bunday asoslar didaktik maqsadlar, bajaruvchi vazifalari, tuzi-lishlari, yechilish usullari va boshqalar bo‗lishi mumkin. Matematikani o‗qitish jarayonida masalalar quyidagi didaktik maqsadlarga xizmat qiladi:
1. Matematikani o‗rganishga qiziqishni orttiradi;
2. O‗rganiluvchi tushunchalar hamda harakatlar uslublarining propedevtikasini yaratadi;
3. Nazariy materiallarni (o‗rgatuvchi masalalar) ni o‗zlashtirishga yordam beradi;
4. Asosiy tipdagi masalalar (mashqlantiruvchi masalalar) ni yechish ko’nikmalarini shakllantiradi; ;
5. Intelllektni, dunyoqarashni, ma‘naviy sifatlarni (rivojlantiruvchi masalalar) rivojlantirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |