2. DUNGANLAR etnogenezi va etnik tarixi.
Dunganlar o’zlarini laoxueyxuey yoki chjunyuanjin deb atashib, asosan Markaziy Osiyoda yashaydilar. Umumiy soni 70 ming kishi. Qozog’iston, Qirg’iziston, qisman O’zbekistonda ham yashaydi. Dungan tilida gaplashadi. Dunganlar Xitoydagi xuey xalqi bilan etnogenetik jihatdan birdir. Dunganlar rus grafikasiga asoslangan o’z yozuviga ega. Islomning sunna va shia maҳzablariga e‘tiқod қilishadi. Dungan ajdodolarining kelib chiqishi fanda hali uzil-kesilhal qiligan emas. B‘zi olimlar dunganlar arablar bilan aralashgan xitoylar, ba‘zilar esa Xitoyga kelib o’rnashib қolgan fors, turk qabilalari deb hisoblaydi. “Dungan” nomi Sintszyan viloyatidaa XVIII asrda paydo bўlib, Xitoyning ichki viloyatlaridan ko’chib kelib, ўtroқlashib қolgan ҳarbiy xizmatchilar, savdogarlar, ҳunarmandlar va boshқalarni ifodalagan (ba‘zan “Dungan” ning etimologiyasini tun gan – ҳammmasi Gansudan yoki dvn yanjin – “Xitoyda yashovchilar” deb talқin etadilar). Xitoyning gansu, Shensi, Lanjou va boshқa viloyatlarida yashaganlar. 1861-1878 yillarda Xitoyning shimoli-ғarbida Tsin sulolasi zulmiga қarshi deҳқonlar қўzғoloni bўlib ўtdi. Қўzғolonda dunganlar va boshқa xalқlarning kambaғal tabaқasi asosiy kuch edi. Қўzғolon yengildi, natijada 1877-1878, 1881-1884 yillarda dunganlar tўda-tўda bўlib Қozoғiston va Qirg’iziston yerlariga қochib ўta boshladi va shu yerlarga ўrnashib қoldi. XX asr boshlarida dunganlra xalқ bўlib shakllandi, tili, madaniyati, adabiyoti va ўz matbuotiga eg bўldi. Dunganlar asosan, deҳқonchilik (buғdoy, sholi, jўxori, қand lavlagi, tamaki v b.), boғdorchilik ҳamda ҳunarmandchilik bilan shuғullanadi.Xitoy shevasida gaplashuvchi dunganlar ҳaқida olimlar ўrtasida turli fikrlar bor. Ba‘zi tadқiқotchilar dunganlar turkiy қabilalar – gunnlar, turk - tukyu, uyғurlarning avlodlari deb ҳisoblasalar, boshқalari esa ularni mўғul istilosi davrida Markaziy Osiyodan Xitoyga olib ketilgan maҳalliy xalқlarning bola – chaқalari deb uқtiradilar. Uchinchi guruҳ olimlar fikricha, dunganlar musulmon dinini қabul қilgan Xitoylik tub xalқ. Kўpchilik ҳozir keyingi fikrga қўshilmoқda. Xitoy olimlari bu xususda ўzgacha fikrda. Ularning dalil – isbotiga қaraganda dunganlar bir vaқtlar Xitoyga Markaziy Osiyo taraflaridan kelib қolgan va maҳalliy Xitoy aҳolisining tili, madaniyati, turmush tarzini singdirib olgan turkiy, arab yoki eroniy aҳoli. Ammo Қozoғiston bilan Қirғiziston yerlarida yashayotgan dўngonlar ўzlarini laoxueyxuey yoki chjunyuanshim (duvinuanjin) deb ҳisoblaydilar. Dўngonlarning Xitoy қўshinlari ularga syao – tszya – kichik oila deb nom berishgan. Ҳar ҳolda dunganlarning aloҳida etnik guruҳ bўlib shakllanish jarayoni kўp asrlar mobaynida davom etib kelgan ancha murakkab jarayon. Bu jarayon, aftidan, xitoyning shimoliy va shimoli – ғarbiy viloyatlarida rўy bergan. Dunganlar Қozoғiston va Қirғiziston yerlariga XIX asrning sўnggi yillaridan e‘tiboran kўchib kela boshlagan. Xitoyda Tsin sulolasi ҳukmronlik қilayotgan yillarida (1644 – 1912) boshlangan va vaқti – vaқti bilan yangidan қўzғolib turgan xalқ ғalayonlari, ayniқsa, 1860 – yillardagi xalқ қўzғolonlari dunganlarning ўz yerlarini tashlab, ўzga yurtlarga kўchib ketishlariga sababchi bўladi.Ular asosan uch guruҳ bўlib kelishgan. Ҳar қaysi guruҳ Xitoyning ma‘lum bir viloyatidan, Ўsh, Қorakўl va Soқuluқ atrofidagi yerlarda ўrnashgan. Dunganlarning kўpchiligi Xitoyning Gansu viloyatida kўchib kelgan uyғurlar tashkil etadi. Jambul viloyatining Қorakunuz va Shўr – Tebe қishloқlarida yashayotgan dunganlar asosan Shansi viloyatidan kelgan. Қolganlari Shansi, Lanchjou, Inchuan va Xitoyning bu shaҳar қishloқlariga қўshni yerlardan chiққan dunganlardir
Do'stlaringiz bilan baham: |