Mavzu: Detallar texnik ishlov berish texnalogiyasi.
Reja:
1. Usullarning umumiy tavsifi 2. Tig‘li asboblar bilan ishlov berish 3. Jilvir asboblar yordamida ishlov berish
1. Usullarning umumiy tavsifi
Detalning berilgan shakli, o‘lchamlari, yuzalarining joylashuvi va g‘adirbudurligi, fizik-mexanik xususiyatlari kabi omillariga erishish uchun zamonaviy mashinasozlikda turli ishlov usullari qo‘llaniladi. Bular — tig‘li va jilvir (àáðàçèâ) asboblar bilan kesish, yuza bo‘ylab plastik shakl o‘zgartirish, elektrofizik, elektrokimyoviy, issiqlik va boshqa usullardir. Zagotovkaga ishlov berishda qo‘yim turli amallarda oz-ozdan olinadi, u bosqichma-bosqich kamaya borib, pirovardida, ishlov berilayotgan yuzaning o‘lchamlari chizmada ko‘rsatilgan miqdorda teng bo‘lib qoladida, ishlov ham tugaydi. Shu tartib jihatidan zagotovkaga ishlov berish bir necha xil bo‘ladi: dag‘al, xomaki (), yarim toza, toza, nozik (yupqa), pardoz. Quyida ushbu xildagi ishlovlarning tavsifi bajarilish tartibida keltiriladi.
Dag‘al ishlov 16—18 kvalitet aniqlikdagi bolg‘alangan va quyilgan yirik zagotovkalar uchun qo‘llanadi. U dag‘al ishlangan zagotovkadagi shakl xatolarini va fazoviy og‘ishlarni kamaytiradi. Natijada aniqlik 15—16 kvalitetga yaqinlashadi, yuza g‘adir-budurligi Ra > 100 mkm bo‘ladi.
Xomaki ishlov dag‘al ishlovdan chiqqan hamda 2—3 guruh aniqlikdagi shtampl angan va 15 kvalitet aniqlikdagi quyma zagotovkalarga beriladi. Bu ishlovning aniqligi 12—16 kvalitet, yuza g‘adir-budurligi esa Ra = 100—25 mkm oraliqlarida bo‘ladi.
Yarim-toza ishlov xomaki ishlov jarayonidan qolgan qo‘yimni olish uchun qo‘llanadi. Zagotovkaning aniqligiga katta talablar qo‘yilgan bo‘lsa, har bir amalga berilgan qo‘yimni kamaytirib, amallar sonini ko‘paytirish, masalan, yarim toza ishlovni qo‘shish kerak bo‘ladi. Uning aniqligi 11—12 kvalitet, yuza g‘adir-budurligi Ra = 50—12,5 mkm.
Toza ishlov katta aniqlik talab etadigan detallarga qo‘llaniladi va yakunlovchi ishlov bo‘lib qolishi mumkin. U aniq usullar bilan (yuqori aniqlik bilan quyish, aniq shtamplash va shu kabilar) tayyorlangan zagotovkalarga bir marta beriladi; keyin- gi — nozik ishlov yoki pardozlash amallari oldida oraliq ishlov bo‘lib qolishi ham mumkin; ishlov aniqligi 8—11 kvalitet, yuza g‘adir-budurligi Ra=12,5—2,5 mkm.
Nozik ishlov zagotovka yuzasi yuqori darajada aniq bo‘lishini ta’minlaydigan ishlov xilidir. Juda oz miqdorda qolgan qo‘yimni juda ham oz-oz miqdorda olib tashlaydi, shuning natijasida yuqori darajadagi aniqlik ta’minlanadi. Yuza g‘adir-budurligi Ra=2,5—0,63 mkm.
Do'stlaringiz bilan baham: |