1. Usullarning umumiy tavsifi Tig‘li asboblar bilan ishlov berish



Download 20,9 Kb.
bet5/5
Sana15.10.2022
Hajmi20,9 Kb.
#853174
1   2   3   4   5
Bog'liq
Detallar texnik ishlov berish texnalogiyasi

Xoninglash — jilvir qayroqchalar bilan teshiklarga toza ishlov berish jara- yonidan iborat; teshik shaklini katta aniqlikka yetkazadi, yuzasi g‘adirbudurligini sezilar-sezilmas darajaga olib keladi va kam deformatsiyalangan qatlam qoldiradi. Biroq teshib og‘ib ketgan bo‘lsa, xoninglash uni to‘g‘rilay olmaydi. Bu ishni oldingi ishlovda to‘g‘rilash lozim bo‘ladi.
Xoninglash silindrsimon maxsus kallak (xon) yordamida bajariladi. Uning ichiga radius yo‘nalishi bo‘yicha bir tekis kengaya oladigan qilib qayroqchalar o‘rnatilgan. Kallak qayroqchalari bilan birga teshik ichida borib-kelib va ayni paytda, aylanib turadi. Natijada teshik yuzasida ingichka izlar — to‘r hosil qiladi. Detal ishlayotgan paytda to‘r ichini moy qoplab olganidan ishqalanishni va yeyilishni kamaytiradi. Avtomobil va traktor dvigatellarining silindrlari, silindrlar blokidagi vkladishlar o‘rnatiladigan teshiklar, stanoklarning orqa babkasidagi pinol teshigi, havoni siqib haydab beruvchi mexanizm (êîìïðåññîð)larning silindrlari va sh.k. xoninglanadi. Bir tomoni berk teshiklarga ham ishlov berish mumkin, faqat, bunda qayroqchalar harakatini cheklamaslik maqsadida halqa ariqcha qoldirish kerak.
Xoninglashning hozirgi zamon darajasida diametri 6 mm dan 500 mm va undan kattaroq teshiklarga ishlov berish mumkin. Teshikning uzunligi o‘z diametridan kichkina bo‘lishi ham, 1 m va undan ortiqroq bo‘lishi ham mumkin. Diametri uncha katta bo‘lmagan teshiklarga ishlov berishda silliqlashga qaraganda xoning lash samaraliroq. Xon (kallak)ning qayroqchalari kesish jarayonida yaxshi ishtirok etadi — bir vaqtning o‘zida ishlaydigan qiruvchi donalar soni silliqlovchi g‘ildiraknikiga qaraganda 400 martagacha ko‘p, biroq aylanish tezligi taxminan 60 marta kam. Uzun teshiklarga xon bilan ishlov berish uncha qiyin emas, konsol holda o‘rnatilgan silliqlovchi g‘ildirak esa SMAD tizimining qattiqligini ancha kamaytirib yuboradi, natijada unumdorlik va aniqlik pasayadi. Bundan tashqari, xonning qayroqchalari ishlov berilayotgan yuzaga katta bosim bermaydi: 0,2—1,5MPa (2—15 kg/sm2); kesish mintaqasidagi harorat 50—150°C oraliqda bo‘lgani sababli, deformatsiyalangan qatlam sezilmas darajada bo‘ladi.
Xonning konstruksiyasi 1-rasmda ko‘rsatilgan. Korpus (1)ning aylanasi bo‘ylab to‘rtta tutqich (2) joylashgan. Ularga qayroqchalar (3) yopishtirilgan. Tutqichlar — suruvchi detallar (4)ga o‘rnatilgan. Ular markaziy tayoqchaning ikkita konus yuzasiga tayanib turadi.
Stanokning gidravlik tizimi bilan ulangan shtok (6) markaziy tayoqchani suradi. Shunda uning ikkita konusli yuzasi suruvchi detallarni o‘zi bilan birga harakatga keltiradi, natijada qayroqchalar (3) radius bo‘yicha tashqariga turtib chiqadi va yuza xoninglanadi.
Download 20,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish