1. Umumiy qoidalar «Moskvich 2140» avtomobilini yig‘ish



Download 1,13 Mb.
bet1/2
Sana01.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#724100
  1   2
Bog'liq
1508165931 69395


Avtomobillarni umumiy yig‘ish

Reja:

1. Umumiy qoidalar

2. «Moskvich 2140» avtomobilini yig‘ish

3. ZIL—130 yuk avtomobilini yig‘ishning xususiyatlari








1. Umumiy qoidalar


Avtomobillar bosh yig‘uv konveyerlarda umumiy yig‘iladi. Shuning uchun yig‘uvning texnologik jarayoni yuqori darajada turlarga ajratilgan, mexa ni zatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan. Umumiy yig‘uvning turkumlashtirilishi yig‘uv joylarini mahsulot chiqarish takti chegarasida bir tekis ish bilan ta’minlaydi, mehnat unumi va sifatini oshiradi.
Yig‘uv ishlarini mexanizatsiyalash ko‘pshpindelli slesar-yig‘uv asboblaridan foydalanishga asoslangan. Yordamchi ishlarni mexanizatsiyalashda konveyerlar, pnevmo va gidro ko‘targichlar va boshqa vositalar qo‘llanadi. Bosh yig‘uv konveyerini transport konveyeri hamma narsa bilan ta’minlab turadi. Transport konveyeri odatda, juda uzun bo‘ladi, o‘ziga xos yig‘ma birliklar ombori vazifasini ham o‘taydi. Yig‘ma birliklar bosh konveyerga boshqa yoqlardan — o‘sha birliklar (uzellar) yig‘iladigan uchastkalardan transport konveyeri bo‘ylab qat’iy bir ish joyiga yetib keladi. Mahsulot chiqarish takti va transport konveyerining tezligi bir-bir iga moslashtirilgan.
Bosh konveyerni yirik yig‘ma birliklar bilan ta’minlash uchun avtomat tarzda ishlaydigan vositalardan foydalanganda markaziy boshqaruv punktidan tegishlicha buyruq beriladi. Shunda manipulyator yig‘ma birlikni transport konveyeriga ilib qo‘yadi. Tashib keltirish chiroqli tablo yoki telekamera vositasida nazorat qilib turiladi.
«Moskvich 2140» va ZIL-130 avtomobillarini umumiy yig‘ishga tegishli texnologik tartibni ko‘rib chiqamiz.

2. «Moskvich 2140» avtomobilini yig‘ish


Bo‘yalgan, ich tomondan qoplangan, nazoratdan o‘tgan kuzov osma konveyer bo‘yicha bosh yig‘uv konveyeriga yetib keladi. Bu yerdagi yig‘uvning texnologik sxem asi quyida berilgan:

  1. Oldingi qanotlarning o‘ng va chap tomondagi loydan saqlovchi shitlarinio‘rnatish va boltlar, oddiy hamda prujinali shaybalar bilan qotirish.

  2. Orqa qanotlarning o‘ng va chap etak (fartuk)larini kuzovdagi kronshteynga o‘rnatish va boltlar, oddiy hamda prujinali shaybalar bilan qotirish.

  3. Tormozning suyuqlik naychalarini va ularni kollektor bilan kuzovgamahkamlash. Yonilg‘i naychalarini kuzov tubiga mahkamlash. Orqa tormozlarning naychalari kuzovning chap tomonidan o‘tadi va rezina qistirmalar kiygizilgan holda skobalar bilan bir chetdan mahkamlanadi. Bosh silindrdan kollektorga, kollektordan tormozlarga olib boradigan naychalarni o‘rnatishda ezilgan, kuzov tagining profiliga moslab keskin burilgan joylar bo‘lmasligi kerak, rezbali ulanmalar esa zich tortilishi lozim. Naychalarni o‘rnatishdan oldin ularni siqilgan havo bilan pufl ash zarur. Yonilg‘i naychalari kuzovning tubidan va o‘ng tomondan o‘tkaziladi. Bakdan chiqqan naycha kuzov tubidagi yumshoq ichak bilan tutashadi, rezina qistirmalar bilan skoba ichiga olinadi va mahkamlanadi; naychaning uchi kuzov tubidagi maxsus teshikka va sachratqilar to‘sig‘i teshigiga kirgizib qo‘yiladi. Keyin yoqilg‘i naychalari skoba bilan o‘ng lonjeronga mahkamlanadi. Bu naychalarni yig‘ishdan oldin siqilgan havo bilan puflash kerak.

  4. Oldingi va orqa buferlarni kuzovga o‘rnatish.

  5. Orqa amortizatorlarni o‘rnatish. Dastlab ular maxsus moslama yordamida uzaytiriladi va shu holda avtomobil yig‘ilayotgan joyga uzatiladi. Amortizatorning yuqorigi qulog‘iga ikki tomondan rezina vtulkalar, ularga esa metall vtulkalar kiygiziladi. Shundan so‘ng amortizatorning yuqori qulog‘i vtulkalari bilan kuzov ostidagi kronshteyen qulog‘iga kiygiziladi; teshiklar mos keltiriladi va prujina shaybali boltlar bilan qotiriladi.

  6. Mayatniksimon richagni o‘ng lonjeronga o‘rnatish; teshiklarni moskeltirib, oddiy va prujinali shaybalar hamda gaykalar bilan qotirish.

  7. Uzatmalar qutisi boshqaruv mexanizmini o‘rnatish.

  8. Kuzov tubiga orqa tormozlar bosimini rostlagichini o‘rnatish va mahkamlash.

  9. Kuzovni shassi bilan yig‘ish. Bu amal juft yig‘uv konveyeri yordamidabaja riladi: yuqorigi osma konveyerda kuzov, pastki — pol ustidagi konveyerda shassi keladi. Ikkalasi bir-biriga parallel va ostin-ustin joylashgan. Kuzov va shassining moslashtirilgan harakatining ma’lum bir holatida (paytida) pastki konveyerning gidroko‘targichi shassini ko‘taradi va kuzov bilan tutashtiradi. Dastlabki o‘rnatish shunday kechadi. Yig‘ish — kuzovning shassidagi holatini rostlashdan boshlanadi, keyingi o‘rnatishlar va mahkamlashlar avtomobilni umumiy yig‘ish amallarida bajariladi. Kuzovni shassida rostlash kuzovni gorizontal yo‘nalishda silliq siljitish bilan bajariladi. Kuzov ramasi shassidagi dvigatelga, undagi detallarga tegib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Pol ustidagi ikkinchi konveyerda shassi yig‘iladi. Bunisi narigisiga parallel joylashgan. Unga osma konveyerlar orqali quyidagi yig‘ma birliklar kelib tushadi: motor agregati (dvigatel ilashma va uzatmalar qutisi bilan yig‘ilgan holda) moyi bilan, avtomobilning oldingi osma (ïîäâåñêà)sining chap va o‘ng tayanchiga qo‘yilgan va mahkamlangan holda; orqa ko‘prik tormozlar va yassi ressorlar bilan yig‘ilgan holda; yig‘ilgan kardan val; ovoz o‘chirgich (glushatel)ning qo‘shimcha birinchi pog‘onasi; ko‘ndalang turg‘unlikni ta’minlaydigan stabilizator shtangasi. Ikkinchi konveyerda avtomobil shassisiga tegishli umumiy yig‘ish ishlari bajariladi: ovoz o‘chirgichning qo‘shimcha o‘ng pog‘onasini o‘rnatish; ko‘ndalang turg‘unlikni ta’minlaydigan stabilizatorni ustunlarga o‘rnatish; kardan valni orqa ko‘prik bilan ulash. Kardan valning oxirgi flanesi orqa ko‘prik flanesiga boltlar va prujina shaybalar bilan mahkamlanadi; gaykalar 20—25 Nm moment bilan tortiladi. Kardan valning oldingi uchi uzatmalar qutisining uzaytirgichiga kiritiladi. Shundan keyin uzatmalar qutisi karteriga moy quyiladi.

  1. Oldingi osmaning to‘sinini (ïîïåðå÷èíà) o‘rnatish va qotirish. Gaykalarni burash momenti 44—62 Nm.

  2. Dvigatelning orqa tayanchini o‘rnatish.

  3. Ressorlarning yuqorigi tayanchini kuzovga mahkamlash. Ressorningoldingi qulog‘iga ichki tomondan rezina vtulka, orqa qulog‘iga ikki tomondan ikkita rezina vtulka kirgiziladi. Shundan keyin barmoqqa (o‘q) ressor qulog‘ining tiqini kiygiziladi, ressor qulog‘ini kuzov asosining chap tomonidagi kronshteynga, barmoqni esa — kronshteyn teshigiga va ressor qulog‘ining rezina vtulkasiga kirgiziladi. Xuddi shu amallar o‘ng tomonda ham bajariladi. Keyin barmoqlar ichki tomondan gayka va prujinali shayba bilan qotiriladi. Ressorning oldingi nuqtasidagi gaykalarni burash momenti 45—60 Nm.

Ressorni kuzovning orqa tomonidagi kronshteynga mahkamlash zirakning jag‘i (öåêîé ñåðüãè) va ulovchi barmoq yig‘masi vositasida bajariladi. Jag‘ning barmog‘i bir vaqtning o‘zida ressor qulog‘idagi vtulka teshigiga va kuzovdagi kronshteyn teshigiga kirgiziladi. Dastlab kuzov shu ikkala teshikdan bitta barmoq o‘tadigan darajagacha pastga tushiriladi. Shu amallar o‘ng tomonda ham bajariladi.
Zirak jag‘idan o‘tkazilgan barmoqlarning uchi ichki tomondan chiqib turadi. Unga shayba kiygizilib, gayka burab tashlanadi, keyin kuzov shassi ustiga batamom tushiriladi. Ressorning orqa nuqtalaridagi gaykalar 45—60 Nm moment bilan tortiladi. Orqa ko‘prikning ressorlari kuzovga mahkamlangandan keyin kuzov oldingi osmada qanday o‘tirgani tekshiriladi (oldingi osmaning kuzov ramasi bilan ulan ishi).

  1. Gidrotormozlarning yumshoq ichaklarini o‘rnatish.

  2. Oldingi osmaning yuqorigi richagini to‘singa 79—85 Nm moment bilan mahkamlash. Ulaydigan boltlar chap va o‘ng tomonda to‘sin va lonjeronlardagi teshikdan o‘tqaziladi. Keyin domkrat yordamida dvigatel va uzatmalar qutisining orqa to‘sini holati rostlanadi; to‘sin kuzov tagiga boltlar va prujinali shaybalar bilan mahkamlanadi.

  3. Dumaloq sharnir barmog‘ini oldingi osmaning kronshteyni bilan bog‘lash.

  4. Rul trapetsiyasini o‘rnatish. Ko‘ndalang tortqining dumaloq barmog‘inirul g‘ildiragining soshkasiga va mayatniksimon richag soshkasiga 50—62 Nm moment bilan mahkamlash.

  5. Gidrosistema naychalarini o‘rnatish.

  6. Orqa amortizatorlarning pastki qulog‘ini orqa ko‘prikka mahkamlash.Avval har bir amortizatorning pastki konusi teshigiga ikki tomondan rezina vtulkalar kirgiziladi; orqa ressor nakladkasining barmog‘iga oddiy shayba kiygizilib, amortizatorning pastki qulog‘i tiqinlari bilan birga presslanadi. Shundan keyin barmoqning tashqari tomonidan ikkinchi shayba kiygizilib, gayka bilan tortiladi.

  7. Asosiy ovoz o‘chirgichni gaz chiqaruvchi quvur bilan birga yig‘masiniva ovoz o‘chirgichning qo‘shimcha ikkinchi pog‘onasini o‘rnatish. Asosiysi kuzovga kronshteynlar yordamida o‘rnatiladi. Asosiy ovoz o‘chirgichning gaz kirituvchi quvuri qo‘shimcha birinchi pog‘ona o‘chirgich bilan, gaz chiqaruvchi quvuri qo‘shimcha ikkinchi pog‘onaning gaz kirituvchisi bilan ulanadi. Bularning hammasi kuzovga mahkamlanadi.

  8. Oldingi g‘ildiraklarning burilish burchagini 35+20 oraliqda rostlash.

  9. Spidometrning egiluvchan valini va qo‘l tormozning egiluvchan trosinio‘rnatish. Spidometrning egiluvchan vali ulangandan keyin plomba qo‘yiladi. Bu valni skoba ostiga o‘rnatishda tugunchalar va buklanishlar bo‘lmasligi kerak. Qo‘l tormozi tizimiga tegishli ulanmalarni bajarayotganda rezina va plastmassa vtulkalarga moy surtiladi. Tormoz tizimi shunday rostlanadiki, to‘liq tormozlanganda richag korpusdan 160 mm dan ortiq chiqmasin; richag eng oldingi holatda turganida esa g‘ildiraklar erkin aylanishi kerak.

  10. Tormoz tizimidan havoni chiqarib yuborish. Bu amal uchun maxsusqo‘llanma mavjud. Dastlab bosh silindr idishi tormoz suyuqligi bilan to‘ldiriladi. Panelning tormoz yurishi umumiy yo‘lning 2/3 qismiga teng bo‘lishi kerak. Shundan keyin gidrotizimga ilashma ulanadi; uning bosh silindri idishi ham tormoz suyuqligi bilan to‘ldiriladi va havosi qo‘llanmaga binoan chiqariladi. Keyin birinchi uzatmaning ulanishi tekshiriladi. Agar shunda zarba bo‘lsa, ilashmani ulaydigan ayri turtuvchisining to‘la yurish uzunligi tekshiriladi va rostlanadi.

  11. Yoqilg‘i bakini va bakdagi yoqilg‘i miqdorini ko‘rsatuvchi datchiknio‘rnatish va bakni shovqinlardan ixota qiladigan nakladkani mahkamlash.

  12. Suv radiatorini o‘rnatish va mahkamlash. Bu radiator dvigatel va radiator shiti oralig‘idagi kuzov kronshteyniga o‘rnatiladi. Dvigateldan chiqqan quvur suv radiatorining yuqorigi og‘zi bilan ulanadi va shit mahkamlanadi.

Keyin radiator suv nasos va suv chiqaruvchi ichak bilan ulanadi.

  1. Polni yig‘ish va yukxonani qoplash.

  2. Akkumulyator batareyasini simlari bilan yig‘ma holda o‘rnatish vamahkamlash. Akkumulyator oldingi va chap tomondagi sachratqilar to‘sig‘i (áðûçãîâèê)ning tekisligiga o‘rnatiladi va simlar orqali starter bilan ulanadi.

  3. Karbyuratorning, isitgichning blok kallagidagi krani tortqilarini o‘rnatish va rostlash. Bu amal bajarilayotganda drossel to‘smaqopqoqni (çàñëîíêà) boshqaruvc hi tepki (pedal) karbyurator richaglari bilan ulab qo‘yiladi. Drossel to‘smaqopqoqni boshqaruvchi tortqilar to‘siqning to‘la va silliq, shovqinsiz va tiralib qolmasdan yopilishini ta’minlashi kerak. Shundan keyin avtomobil asboblarining simlari ulanadi, radiator jalyuzini ochadigan richaglarga tros biriktiriladi va havo qopqog‘i (çàñëîíêà) richagiga tortqi mahkamlanadi.

  4. O‘t oldirgich o‘chiruvchisini o‘rnatish, ulash va mahkamlash.

  5. Rul boshqarmasi kolonkasini o‘rnatish va mahkamlash.

  6. Suv idishni radiatorga ulash.

  7. Orqa buferdagi chiroq soyabonini o‘rnatish.

  8. Tormoz barabanlariga g‘ildiraklarni kiygizish. Bu ish va gaykalarniburash qo‘l bilan bajariladi. Gaykalarni oxirigacha tortish uchun ko‘pshpindelli gay kaburagich ishlatiladi; burash momenti 60—80 Nm. Ehtiyot g‘ildirak yukxona ichiga mahkamlanadi. Shundan keyin to‘rttala g‘ildirakdagi havo bosimi bir miqdorga keltiriladi. Oldingi g‘ildirakdagi bosim 0,17+0,1 MPa, orqadagi g‘ildirakda 0,25+0,1 MPa.

  9. Havo tozalagich va karterni shamollatuvchi ichakni o‘rnatish.

34.Dvigatelning sachratqi to‘sig‘ini kuzovning ko‘ndalang lonjeroniga mah- kamlash.

  1. Dvigateldagi va suv radiatoridagi suv ichaklarini o‘rnatish; sovitish tizimiga suyuqlik quyish.

  2. Avtomobil bakiga, karbyuratorga va yoqilg‘i nasosiga yoqilg‘i quyish.

  3. Maxsus moslama yordami bilan rul g‘ildiragini o‘rnatish. Bundan kegay(ñïèöà)lar rul kolonkasiga nisbatan simmetrik joylashishini ta’minlash kerak.

G‘ildirak presslab kiritilgandan keyin mahkamlanadi.

  1. Akkumulyator batareyasini ulash va chiroqlar nurini rostlash.

  2. Radiatorning pardoz qoplamasini o‘rnatish va chiroqlarni artish tizimini yig‘ish.

  3. Dvigatelni ishga tushirish, asboblar ishini tekshirish, uzatmalarning ula- nishini tekshirish. Dvigatelning ishini tekshirish uchun dastlab qo‘llanmaga binoan o‘t oldirishning sozlangani tekshiriladi; avval salt yurish rejimida, so‘ngra tirsakli valning o‘rtacha va katta chastotalar bilan aylanish rejimida tekshiriladi va rostlanadi. Keyin agregatlarning avtomobilga mahkamlanish sifatiga, ularning ishiga va boshqaruv richaglarining harakatiga baho beriladi, o‘lchagich yordamida dvigatel va uzatmalar qutisidagi moy miqdori tekshiriladi. Bunday nazoratdan so‘ng avtomobil ko‘zdan kechiriladi va handaqqa qo‘yiladi. U yerda tormoz tizimi tekshiriladi, chiroqlar nuri rostlanadi. Keyin avtomobilni qabul qilish nazorati o‘tkazilib, yurgizib sinaladigan poligonga jo‘natiladi.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish