Qadimgi yunon olimlari ilmiy ishlarida ta‘lim va tarbiya borasidagi g‘oyalar. - Qadimgi yunon olimlari ilmiy ishlarida ta‘lim va tarbiya borasidagi g‘oyalar.
- Qadimgi Yunonistonning mashhur faylasuflari Suqrot, Aflotun, Arastu, Demokrit va boshqalar o‘z faoliyatlarida yoshlarni o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalariga ham jiddiy e‘tibor berganlar. Bu olim va mutafakkirlar ta‘lim-tarbiya nazariyasini ishlab chiqdilar. Yunonistonda pedagogikaning rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar.
- Suqrotning ta‘limoticha, inson eng avvalo, umumiy ahloq mezonlarini, inson uchun muqaddas bo‘lgan fazilatlarni egallab olishi kerak. Insoniy fazilat egasi yaxshi fazilatlarni namoyon eta oladi. Inson ahloqiy fazilatlarini ilm-fan, ta‘lim orqali egallaydi, ahloqning yagona sohibi bo‘ladi. Aql bilan ahloq o‘rtasida ziddiyat bo‘lishi mumkin emas. Hunardan yaxshiroq, ilmdan ulug‘roq narsa yo‘q. Sharmu hayodan yaxshiroq bezak, zebu ziynat yo‘q, batfe‘llikdan yomonroq dushman yo‘qdir.
- Suqrotning ahloq xususidagi ta‘limotiga ko‘ra, ezgulik-bilim, donishmandlik-yaxshilikni biluvchiga yaxshilik qilishdir. Yomonlik qiluvchi yaxshilikni yo bilmaydi, yoki pirovardida, yaxshilikning tantana qilishiga qarshilik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |