1. Umumiy ma’lumotlar. Yong’inni o’chirish moddalari va ularning xossalari. Yong’inga qarshi suv ta’minoti



Download 39,55 Kb.
bet4/8
Sana25.06.2022
Hajmi39,55 Kb.
#704478
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Texnologik jarayonlarning yong’inga xavfsizligini baholash

YOng’in xavfli zonalar. YOng’in xavfli zonalar - bu binoning yoki ochiq maydonning yonuvchi moddalar saqlanadigan qismidir. Ular 4 sinfga bo’linadi, ya’ni P-I, P-II, P-IIa va P- III.
P-I sinfdagi zonaga gaz va bug’larning 61 0C dan yuqori haroratda portlash ehtimoli bor suyuqliklar saqlanadigan binolar kiradi.
P-II sinfdagi zonalarga - yonishga moyil chang va gazlar ajralib chiqadigan ishlab chiqarish binolari kiradi;
P-IIa sinfidagi zona esa - qattiq va tolasimon yonuvchi materiallar ishlatiladigan ishlab chiqarish binolaridir;
P-III zonaga-qattiq yonuvchi materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan hamda bug’larining portlash harorati 61°S dan yuqori bo’lgan suyuqliklar ishlatiladigan yoki saqlanadigan ishlab chiqarish binolari va maydonlari kiradi.
Bino va inshootlarning yong’inga chidamliligi va uni oshirish yo’llari. YOng’inga chidamlilik deganda materiallar va konstruksiyalarning yong’in sharoitida o’z mustahkamligini saqlash xususiyati tushuniladi. Qurilish konstruksiyalarining yong’in ta’sirida o’z xususiyatini va mustahkamliligini yo’qotish vaqti yong’inga chidamlilik chegarasi deyiladi. Barcha bino va inshootlar yong’inga chidamliligi bo’yicha 5 darajaga bo’linadi: I darajali yong’inga chidamli binolarga barcha konstruksiyalari yonmaydigan, yuqori yong’inga chidamlilik chegarasiga (0,5-2,5 soat) ega bo’lgan binolar kiradi; II darajali yong’inga chidamli binolarga konstruktiv elementlari yonmaydigan, yuqori chidamli-
lik chegarasiga (0,25-2,0 soat) ega binolar kiradi; III darajali yong’inga chidamli bino va inshootlar yonmaydigan va qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlanadi; IV darajali yong’inga chidamli binolarga barcha konstruksiyalari qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlangan binolar kiradi; V darajadagi binolarga esa barcha konstruksiyalari yonuvchi materiallardan tashkil topgan binolar kiradi.
Talab etilgan yong’inga chidamlilik darajasi bino va inshootlarning konstruksiyasi, vazifasi, necha qavatliligi, texnologik jarayonlarni yong’inga xavfliligi va yong’inni avtomatik o’chirish vositalarini mavjudligiga bog’liq holda belgilanadi.
YOg’och va boshqa yonuvchi konstruksiyalarning yong’inga chidamlilik darajasi bir necha yo’llar orqali oshirilishi mumkin, jumladan: 1m2 yuzadagi yog’och konstruksiyaga 75 kg quruq tuzning suvdagi aralashmasini singdirish yoki 1 m2 yog’ochga 50 kg quruq tuzni issiq-sovuq vannalarda singdirish orqali; yong’indan himoyalovchi tuzlarning suvdagi aralashmasi bilan (100 gr quruq tuz 1m2 yuzaga) materiallarga yuza ishlov berish; yong’indan himoyalovchi bo’yoqlar, suyuq shisha, tuproqli aralashma va boshqa shu kabilar bilan yuza ishlov berish; tuproqli gips bilan shuvash, gips plitalar o’rnatish, asbest, sement materiallar qoplash. Koridorlar, yo’laklar, zinalar va II hamda IV yong’inga chidamlililik darajasidagi yordamchi binolar sirtiga yong’indan himoyalovchi qoplamalar bilan ishlov berish taqiqlanadi. YOng’indan himoyalovchi qoplamalar atmosferaga chidamli, namlikga chidamli va nam bo’lmagan muhitga chidamli bo’lishi mumkin. Atmosferaga chidamli qoplamalarga pyerxlorvinil bo’yoqlar PXVO, ISX, XL; namlikka chidamli qoplamalarga XD-SJ markali bo’yoqlar; nam emas muhitga chidamli qoplamalarga XL-K tipidagi, SK-L markali silikat bo’yoqlar, supyerfosfat va sho’r tuproqli surkamalar kiradi.



Download 39,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish