1. Umumiy ma’lumotlar. Mineral va mineralogiya to‘g‘risida tushuncha



Download 57 Kb.
bet4/5
Sana06.07.2022
Hajmi57 Kb.
#745206
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja

3. Kimyoviy xom ashyolardan O‘zbekiston hududida osh va kaliy tuzlari mavjud. Bular dengiz va quruqlik sharoitlarida yuqori yura, quyi bur, neogen va to‘rtlamchi davrlarda hosil bo‘lgan. YUqori yura dengiz sharoitida hosil bo‘lgan osh va kaliy tuzlari respublikaning janubi – g‘arbiy qismida ayniqsa keng tarqalgan. Bu hududda Boybichakon, Xujaikon, Tyubegatang, Oqbosh, Laylimkon va boshqalar bor.
O‘zbekiston katta kaliy tuzlari zaxirasiga ham egadir. Ular yura davrida hosil bo‘lgan bo‘lib, ko‘pincha osh tuzlari bilan birga uchraydi. Ular Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududida joylashgan Tyubegatang, Oqtosh, Odamtosh, Oqmachit nomli katta konlardir.
O‘zbekistonda hozirgi sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan katta fosforit konlari aniqlanmagan. Molguzor, Nurota tog‘lari va Surxondaryo botig‘ida ularning katta zaxiraga ega konlari ochilgan.
Farg‘ona botig‘i adir mintaqasidagi bir nechta tektonik strukturalarda (Qizilarcha, Andijon, Kurshob va boshqalar) bur va paleogen yotqiziqlari, Xisor tizmasi janubi – g‘arbiy tarmoqlarida paleogen yotqiziqlari, hamda Ustyurt platosidagi paleogen va yura yotqiziqlarida oltingugurt borligi aniqlangan. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda oltingugurt gazini tozalovchi Muborak zavodi bu xom ashyoni beruvchi asosiy manba hisoblanadi.
CHotqol va Qurama tog‘ tizmalari, Xisor tizmasining janubi – g‘arbiy tarmoqlari hududlarida, Nurota tizma tog‘larida flyuorit konlari ochilgan.
O‘zbekistonning tog‘li qismidagi yoriqlarda va karst – g‘orlarida tabobatda qadimdan foydalanib kelinayotgan mumiyo topilgan.
4. Alyuminiy va nometall xom ashyolariga kaolin, alunit va boksit kabilar kiradi. Ohangaron kumir koni qazilib olinayotgan joyda kaolinning katta zaxirasi borligi aniqlangan.
Alunitning aniqlangan konlari Qurama, CHotqol, Karjantog‘ tizmalari yonbag‘irlarida joylashgan.
O‘zbekiston hududida sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan yuqori sifatli boksit konlari topilmagan. Nurota tog‘lari, Qizilkum, Xisor tog‘larida o‘rta va past sifatli bir qancha kichik boksit konlari ochilgan.
O‘zbekistonda bentonitli gillar topilgan. Bularga Qashqadaryo viloyatidagi Azkamar, Samarkand viloyatidagi Kattaqo‘rg‘on va boshqalar kiradi. Ular bur va paleogen davrlarida hosil bo‘lgan.
O‘zbekistonda 30 dan ziyod grafit konlari mavjuddir. Uning katta koni Kuljuktog‘ tizmasidagi Toshkazganda ochilgan va qazib olinmoqda. Kondagi ma’danning zaxirasi 7 mln. tonnaga yaqin.
Sulton Vays tizmasi, Janubiy Farg‘ona va Xisor tizmalarida asbest konlari topilgan, lekin ulardan xom ashyo qazib olinmaydi.
Molguzor tizmasidagi SHaraksoyda va Karjantog‘ tizmasidagi Oqtoshda korund konlari ochilgan.
Qurama tizmasidagi Olmabuloq, Kenkol, Gava, CHarkasarda, CHotkol tizmasidagi Sargardonda, Markaziy Qizilqumdagi Oqtoshda va boshqa erlarda qimmatbaho toshlardan topaz topilgan. O‘zbekistonning 30 ga yaqin joylarida bironza borligi aniqlangan. Bulardan asosiylari Qurama tizmasidagi Ungurlikon, SHaugaz, Urgaz, Kalmokkir, Akturpoq, qoratepa tizmasidagi Ibroximota, Samarkandik, Kizilkumdagi Ayakoshi, Irlir, Ouminzatog‘, Muruntog‘, Toshkazgan, Aytim va boshqalar. Ametist Piskom daryosining yuqori oqimi Miskon, Maydontol va boshqa hududlarda topilgan. Piskom tizmasida (SHamterak, Anaulgan) tog‘ billuri ham bor.
Zirabuloq – Ziyoviddin tog‘laridagi Gunjak, Kuxitang tizmasidagi Ajinakamar va boshqa g‘orlarda marmar oniksining kattagina zaxirasi borligi aniqlangan. Bulardan tashqari, O‘zbekiston hududida yashma, nefrit, lazurit va boshqa qimmatbaxo va yarim qimmatbaxo toshlar borligi aniqlangan.
O‘zbekistonda kvars qumlarining katta zaxirasi bor. Bularga Toshkent viloyatidagi Mayskiy koni, Ozadboshi koni, Qizilqumdagi Jeruy koni, Karmana koni, hammasi bulib 13 ta kon bor. Ular eotsen davrida hosil bo‘lgan.

Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish