Hikoyada ijtimoiy va ma’naviy hayotning turli- tuman masalalari ko`tarib chiqilishi
mumkin, ammo ular, huddi roman yoki povestdagidek, keng koʻlamda tasvir etilmaydi.
Cho`lpon hikoyalari mavzu va ma’no jihatdan ancha keng. Lekin ularda asosiy o`rin
o`zbek ayolining ijtimoiy ahvoli, erki, qadr- qimmati uchun kurash mavzusi yetakchilik qiladi.
Ikki asarning bosh qahramonlari Zebi va Sharofatxonning ta’riflariga e’tibor
qarataylik:
- “Sharofatxon Samandar akaning bitta-yu bitta qizi edi. Bu qiz shu tegraning
ko`rklikda, chevarlikda, sho`xlik va o`ynoqilikda bitta-yu bittasi edi. Mahalla-ko`yning
o`spirunlaridan ikkita- uchtasi bir yerga yig`ilsalar, topg`on- tutg`onlari shul
Sharofatxon masalasi bo`lur. “Bu qiz qaysi xudo yarlaqog`onniki bo`lur ekan? Kimning
uyini obod qilar ekan?”- deb bosh og`ritar edilar…” [3. Choʻlpon. “Qor qoʻynida lola”
Zebi ham Razzoq so`fining bitta-yu bitta qizi. U ham ko`rklikda, chevarlikda tengi yo`q,
ayniqsa do`ppi tikishda. Zebinisaga bir o`rinda shunday ta’rif berilgandi:
Do'stlaringiz bilan baham: |