9-variant
Ommaviy madaniyat va ma’naviyat.
.«Ommaviy madaniyat» G‘arb dunyosida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Uni G‘arbda «populyar» yoki qisqartirilgan holda, «pop-kultura» (ya'ni «ommaviy madaniyat») deb atashadi. Garchi «madaniyat» deb atalsa-da, aslida, tub mazmun-ma'nosiga, maqsad-niyatiga ko‘ra «ommaviy madaniyat» chinakam madaniyatning kushandasidir.Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda «antikultura» («g‘ayrimadaniyat») degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun «Pop (ommaviy) madaniyat» tushunchasi, nochorlikdan qo‘llanilmoqda. Chunki, «ommaviy madaniyat», aslida madaniyatsizlik, ya'ni ma'naviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. «Ommaviy madaniyat» shu boisdan, eng avvalo, yuksak iste'dod va o‘lmas ma'naviy-axloqiy g‘oyalar bayroqdori bo‘lgan mumtoz madaniyatga, san'atga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnog‘i bilan kurashib, uni inkor etib kelyapti. G‘arb dunyosining o‘zidagi faylasuflar, sotsiolog olimlar, «Bizga «To‘qqizinchi simfoniya» (Betxoven) kerak emas!» yoki «Mona Liza»ni loyga qorishtiramiz!» kabi jaholatparastlikka asoslangan xitoblar «ommaviy madaniyat» tarafdorlari va muxlislarining dasturiy qarashlari negizini tashkil etadi, deb yozadilar.Taassufli jihati shundaki, gohida g‘oyatda iste'dodli insonlar ham «ommaviy madaniyat» targ‘ibotchilarining qutqusiga uchrab, uning tegirmoniga suv quymoqda. Masalan, rassom Salvador Dali Leonardo da Vinchining «Mona Liza» («Jakonda») asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga mo‘ylov chizgan va «Mo‘ylovli Jakonda» asarini yaratgan. Tadqiqotchilarning fikricha, mana shunday «achchiq istehzoli, qora mazmunli kulgi» - «ommaviy madaniyat» faoliyatining eng yetakchi belgilaridan biridir. «Ommaviy madaniyat» namoyandalari qora, zaharxanda, behayo kulguni «isyon ifodasi» deb bilishadi. «Nimaga qarshi isyon» degan savol tug‘iladi. Chunonchi, «ommaviy madaniyat» namoyandalaridan biri Karl Manning fikricha, atrof-borliqda, maishiy hayotda mavjud barcha narsalar (masalan, konserva bankalari, siniq tish cho‘tkalari, mashina, vodoprovod kabilarning zanglagan bo‘laklari, turli suratlar, jurnal-gazeta qiyqimlari ham) hayot bag‘ridan alohida ajratilib, ularga muayyan tartib berilib, odamlar nazariga tutilsa, bu oddiy chiqindilar baayni arxeologik qazilmalar chog‘ida topilgan qadimgi yunonlar davriga xos osori atiqalarday o‘zgacha ahamiyat kasb etib, «san'at, madaniyat namunalari» qatoridan o‘rin olar emish.
Inson uchun munosib hayot tamoyillarini shakllantirish va ularni kasbiy ma’naviyat nuqtai nazaridan asoslash.
Prezidentimizning ushbu asarida aynan shu jihatdan o’qituvchilar mehnatiga yuksak baho berilgan. «SHu nuqtai nazardan qaraganda, - deb ta’kidladilar Yurtboshimiz, - ma’rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o’ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. CHindan ham o’qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, o’z o’quvchilariga haqiqatan ham hayot maktabini beradigan mo’’tabar zotdir. Ona tilimizda «maktab ko’rgan», «maktab yaratgan» degan chuqur ma’noli iboralarning mavjudligi ham bu muqaddas dargohning, zahmatkash o’qituvchi mehnatining davlat va jamiyat hayotida qanchalik muhim o’rin tutishidan dalolat beradi».Olamni go’zallik qutqaradi, degan purma’no so’zlarning mag’zini chaqsak aslida go’zallik inson ma’naviyatida zohir bo’lishini anglaymiz.Har qanday inson o’zining ma’naviyati bilan go’zal. Demak, olamni ma’naviy go’zal insonlar qutqaradi. SHu ma’noda odamlarga ma’rifat nuri ulashadigan muallim, ta’bir joiz bo’lsa, ma’naviyatning chinakam timsolidir.Darhaqiqat, shunday. O’qituvchi tom ma’noda odamlarga nur, ziyo, go’zallik baxshida etuvchi inson. U o’zining ana shu xislati bilan boshqalar uchun ibrat namunasidir. Zero, el-yurtga ma’rifat ulashib, ma’naviyat chashmasidan bahramand etgan o’qituvchi, ya’ni ustoz, murabbiy har doim odamlar izzat-ikromiga sazovor bo’lib kelgan. Xalqimiz muallim hurmatini doimo joyiga qo’ygan. Ilm-ma’rifatga havas, intilish bizning zaminimizda azaldan oliy qadriyat hisoblanib kelingan. Xalqimiz ziyo ulashuvchi odamlarni mulla (ziyoli), ilmu-urfon ahlini esa domulla (katta mulla, katta ziyoli) deb atash bilan ma’rifat ahliga bo’lgan hurmatini ifoda etgan.
Bugun o’qituvchilik mas’uliyati har qachongidan ham yuksak va sharafli. Bu mas’uliyat XXI asr kishisini kamol toptirish demakdir. Yigirma birinchi asr - aql zakovat asri deya e’tirof etilganligini inobatga olsak, o’qituvchi mas’uliyati naqadar muhimligini anglab yetamiz.
3. Millatlararo muloqotga qanday ijtimoiy ehtiyoj bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |