Xabardorlikni yaratish deganda, turfirma mahsulotini hamda firma o`zini tanimaydigan auditoriyaga nisbatan kommunikatsiya yo`llarini yo`naltirish maqsadi sifatida belgilaydi. Bu maqsadga binoan auditoriyaga taklif etadigan firmaning nom iva uning mahsulotlari tanishtirildi. Agar maqsadli auditoriya firmaning nomini va uning ayrim mahsulotlarini tanigan bo`lsa, bunda kommunikatsiya yo`llari sifatida zaruriy ma‘lumotlarni berish ilgari suriladi. Bu maqsadli auditoriyaning turistik firma to`g`risida o`z bilimlarini kengaytirish imkonini beradi. Masalan, kommunikatsiya yo`llarining harakati orqali firma joylashuvi, uning filiallari, taklif etadigan xizmatlar to`g`risida maqsadli auditoriya xabardor qilinishi mumkin. Bunday bilimlarga ega bo`lgan maqsadli auditoriyaga nisbatan turistik korxona va (yoki) alohida mahsulotning ijobiy obro`e‘tiborini yartishga qaratilgan kommunikatsiya yo`llarining maqsadi shakllanishi mumkin. Obro` –e‘tibor – bu maqsadli auditoriyaning aniq turistik korxona va (yoki) mahsulotga nisbatan bor bo`lgan ongli yoki ongsiz taassurotlari obrazlari. Ijobiy obro`-e‘tibor bozorda raqobatbardoshlikni oshiradi. U iste‘molchi va sheriklarni jalb qiladi, sotuvchilarni tezlashtiradi va hajmini oshiradi, resurslarga (moliyaviy, axborot, insoniy, moddiy) yondashuvni va tijorat operatsiyalarni yuritishni yengillashtiradi.
Obro`-e‘tibor ayrim maqsadli auditoriyalar uchun har xil bo`lishi mumkin, chunki ularning turistik korxonaga nisbatan harakatlari farqlanishi mumkin.
Masalan, keng jamoa uchun firmaning fuqarolik o`rni, sheriklar uchun esa, korxonaning yuqori fikrlari va me‘yorlari. Korporativ alohidalik bu firma o`zi haqiqatda nima, shaxsga o`xshashligi, insonning yakkaligi kabi tushunchalardir.
Korporativ bir xillik – bu korxonaning o`zi to`g`risidagi ma‘lumoti. Firma nima gapiradi, qiladi va yaratadi. Bu uning mahsulotlari va xizmatlari, ochiq va yashirin aloqa yo`llari, kompaniya siyosati, xodimlarning harakatlari. Korporativ bir xillikni boshqarishdan asosiy maqsad – obro` –e‘tiborni boshqarish va iste‘molchilarning xolisligiga erishish.
Obro`-e‘tibor bu faqat boshqarishning vositasi, asbobi emas, balki boshqarishning ob‘ekti hamdir. Ijobiy obro`-e‘tibor korxonaning asosiy faoliyati bilan hamda maqsadli auditoriyaga yo`naltirilgan maqsadga muvofiqlashtirilgan axborot yetkazish ishi bilan yaratiladi. Bu ish asosan marketing kommunikatsiya yo`llari (reklama, targ`ibot, shaxsiy savdo sotuvini rag`batlantirish, ko`rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish, firma didi) orqali amalga oshiriladi.
O bro`-e‘tiborni shakllantirish – iste‘molchilar uchun tijorat jihatidan muhim bo`lgan haqiqiy afzalliklarni hamda iste‘molchilar uchun muhim bo`lgan mutaxassislar tomonidan kiritilgan afzalliklarni bir-biriga muvofiqlashtirishdan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |