To’g’ri Javob: «Allohumma arihni roihatal jannati va la turihni roihatan-nari».
Izoh: Burunga suv tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma arihni roihatal jannati va la turihni roihatan-nari».
Ma’nosi: «Ilohim, jannat hididan bahramand et, do’zax isidan nari tut». (“Ibodati Islomiya”)
13. Tahoratsiz kishiga harom bo’lmagan amallarni belgilang.
a) Nafl namoz o‘qishi, sajda tilovatini bajarish.
b) Baytullohni tavof qilish, Qur’on g’ilofini ushlash.
c) Tobutni ko’tarish, masjidga kirish.
To’g’ri Javob: Tobutni ko’tarish, masjidga kirish.
Izoh: Tahoratsiz kishiga harom bo‘lgan narsalar:
1. Tahoratsiz kishi xoh nafl bo‘lsin, xoh farz bo‘lsin, namoz o‘qishi haromdir.
2. Janoza namozini ham betahorat o‘qish haromdir.
3. Sajda tilovatini betahorat bajarmoqlik ham haromdir. Chunki sajdada namoz ma’nosi bor.
4. Tahoratsiz Baytullohni tavof qilish man etiladi. Bunga tavofning farz yoki nafl bo‘lishining farqi yo‘q. Chunki tavof ham namozdir. Faqat unda gaplashishlik muboh qilingandir. Agar bir kishi Baytullohni tahoratsiz tavof qilsa, o‘zi gunohkor bo‘lsa ham, tavofi durust bo‘ladi. Chunki tavof uchun tahoratli bo‘lish shart qilinmaydi, balki u vojibdir.
5. Tahoratsiz kishining Qur’on kitobining hammasini yoki ba’zisini, agar bir oyat bo‘lsa ham, ushlashi durust emas. Ammo Qur’on kitobining ustida undan ajragan g‘ilofi bo‘lsa, ushlash mumkin bo‘ladi. (“Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari”)
14. Qanday suvlarda tahorat olish mumkin emas?
a) daraxt, meva, ko‘katlardan siqib olingan suvda, tahorat ustiga tahorat olish uchun) ishlatilgan suvda
b) To’xtab turishi bilan biroz o’zgargan hovuz suvida, yomg’ir suvida
c) Baliq va hasharotlar o’lib qolgan suvda, dengiz suvida.
To’g’ri Javob: daraxt, meva, ko‘katlardan siqib olingan suvda, tahorat ustiga tahorat olish uchun) ishlatilgan suvda
Izoh: Yer va osmondan chiqadigan suvlarning hamma turi bilan tahorat olsa bo‘ladi. Agar hovuzdagi suv to‘xtab turishi bilan biroz o‘zgargan bo‘lsa yoki unga toza narsalar, masalan, tol bargi, cho‘p aralashuvi bilan o‘zgarsa ham, u bilan tahorat olinaveradi. Shuningdek, suvda tug‘ilib-o‘lgan yoki oquvchi qoni yo‘q hayvon yoki hasharotlar (baliq, pashsha, chivin va boshqalar)ning jasadi suvni iflos qilmaydi.
Ammo pok narsa suvga tushib, suvni suvlik tabiatidan chiqarib yuborsa yoki toza narsani aralashtirib qaynatish bilan uni boshqa narsaga aylantirsa (masalan, go‘sht suvga solib qaynatilsa), unday suv bilan tahorat olib bo‘lmaydi.
Quyidagi suvlar bilan tahorat olish mumkin emas:
- najasot tushgan idishdagi va hajmi 10x10 metrdan oz bo‘lgan hovuzdagi suvda;
- daraxt, meva, ko‘katlardan siqib olingan suvda;
- qurbat hosil qilish uchun (savob umidida tahorat ustiga tahorat olish uchun) ishlatilgan suvda;
- ifloslikni ketkazish uchun ishlatilgan suvda. ("Muxtasari viqoya")
Do'stlaringiz bilan baham: |