5. Alloh Ta'alo Muddassir surasining 11-25 oyatlarini Payg'ambarimizga qarshi isyon qilgan qaysi mushrik haqida nozil qildi?
a) Abu Lahab
b) Umayya ibn Halaf
c) Valiyd ibn Mug'iyra
To’g’ri Javob: Valiyda ibn Mug’iyra.
Izoh: Alloh ta'alo Valiyd ibn Mug'yra to'g'risida Muddassir surasining 16 oyatini nozil qildi (11 dan 26 gacha) va shu bilan birga uning o'ylarini kayfiyatini ochdi. (Ar-Rahiyq Al-Maxtum)
18. Chunki u (Qur’onni eshitgach, bu ilohiy Kitobga qanday tuhmat qilish to‘g‘risida) o‘yladi, reja tuzdi.
19. Halok qilingur, qanday reja tuzdi-ya?!
20. Yana halok qilingur, qanday reja tuzdi-ya?!
21. So‘ngra u (o‘ylagan rejalariga) qaradi.
22. So‘ngra (Qur’ondan biron ayb topa olmagach, peshonasini) tirishtirdi va (aftini) burishtirdi.
23. So‘ngra (Haqdan) yuz o‘girdi va kibr-havo qildi.
24-25. Bas, u: «Bu (Qur’on Allohning so‘zi emas, balki) faqat (avvalgilardan naql qilinayotgan bir sehrdir. Bu faqat basharning so‘zidir», dedi. ( Muddassir surasi)
6. Alloh yo'lida azoblanib ko'r bo'lib qolgan va mushriklarning fitnalariga qarshi go'zal javobi uchun Alloh uning ko'zlariga qaytadan nur bergan ayolning ismi nima?
a) Zinnira.
b) Sumayya
c) Ummu Ubays.
To’g’ri Javob: Zinnira
Izoh: Va Zinnira Islomni qabul qilgan va Alloh yo'lida azoblangan ayollardan edi. Ko'zlari yaralanib oxiri ko'r bo'lib qolgandi. Mushriklar unga: "senga Lot va Uzzoning qarg'ishi yetdi" deyishdi. U: Yo'q Alloh haqqi ulardan emas bu Alloh huzuridandir. Agar hohlasa o'zi davolaydi dedi. Va Alloh unga ko'zlarini qaytardi. Mushriklar: "Bu Muhammadning sehrlaridan biri" deyishdi. (Ar-Rahiyq Al-Maxtum)
7. Bilol (r.a) qulikdan ozod qilgan inson?
a) Abu Bakr (r.a)
b) Usmon (r.a)
c) Talha (r.a)
To’g’ri Javob: Abu Bakr r.a.
Izoh: Bilol ibn Raboh qurayshlik Umayya ibn Xalafil Jo‘mahining quli edi. Umayya o‘z quli islom diniga kirganini eshitgach, uning bo‘yniga arqon solib, bolalariga jonli o‘yinchoq sifatida berib qo‘ydi. Xuddi buyumdek, hayvondek xo‘rlangan Bilol Ollohning birligiga sira shak keltirmadi. Bu azoblar kor qilmaganini ko‘rgan Umayya yozning eng jazirama kunlari uni qoq peshinda hovur ufurib turgan cho‘lga olib borardi. Yerga oyoq bosib bo‘lmas, qumga tuxum qo‘ysa pishar, tovondan o‘tgan issiq miyadan tutun chiqarardi. Umayya Bilolni issiq qumga chalqancha yotqizib, ustiga bahaybat tosh bostirar va Muhammaddan yuz o‘girib, Lot, Uzzo degan butlarga cho‘qinmasang, mana shunday azobda qiynab o‘ldiraman der, Bilol esa og‘ishmay: "Olloh bir, Olloh bir", deya javob qaytarardi. Kunlarning birida xuddi shunday dahshatli azobning ustiga Abubakr kelib qoldi. "Ey Umayya, bir bechoraga shuncha azob bergani Ollohdan qo‘rqmaysanmi? Uni tokay qiynaysan?" dedi u. "Uni sen yo‘ldan ozdirding. Qani qo‘lingdan kelsa, uni qutqarib olmaysanmi?" — dedi Umayya zahrini sochib. Abubakr shu zahoti Bilolni sotib olib, ozod qildi. (Nurul-yaqiyn)
Do'stlaringiz bilan baham: |