1922 yilda esa tuproq fizik–kimyosining rivojlantirishdagi yo’nalishni belgilaydigan va dunyo faniga katta ta’sir etgan «Tuproq singdirish qobiliyati haqidagi ta’limoti» nomidagi kitobi nashr etildi. Olimning tuproq kolloidlari va singdirish qobiliyati to’g’risidagi ishlari hamda tuproqning kimyoviy xossalari, genezisi va unumdorligini muhim elementlari haqidagi ko’plab ilmiy tadqiqotlariq tuproqshunoslik fani rivojiga katta hissa bo’lib qo’shildi. - 1922 yilda esa tuproq fizik–kimyosining rivojlantirishdagi yo’nalishni belgilaydigan va dunyo faniga katta ta’sir etgan «Tuproq singdirish qobiliyati haqidagi ta’limoti» nomidagi kitobi nashr etildi. Olimning tuproq kolloidlari va singdirish qobiliyati to’g’risidagi ishlari hamda tuproqning kimyoviy xossalari, genezisi va unumdorligini muhim elementlari haqidagi ko’plab ilmiy tadqiqotlariq tuproqshunoslik fani rivojiga katta hissa bo’lib qo’shildi.
- K.K.Gedroysning chuqur ilmiy va nazariy tavsiyalari asosida tuproqlarni ohaklash va gipslash singari kimyoviy meliorativ tadbirlar ishlab chiqildi.
-
Gedroys tuproqlarning o’g’itlarga bo’lgan talabi, turli elementlarning o’simliklarga qulayligi, tuproqning kimyoviy meliorasiyasini baholash borasidagi vazifalarini yechishga katta hissa qo’shdi. - Gedroys tuproqlarning o’g’itlarga bo’lgan talabi, turli elementlarning o’simliklarga qulayligi, tuproqning kimyoviy meliorasiyasini baholash borasidagi vazifalarini yechishga katta hissa qo’shdi.
- U 1925 yilda singdirilgan katonlar tarkibiga va tuproq singdirish kompleksi xususiyatlariga asoslangan tuproqni tasniflash prinsplarini tuzdi. U tomonidan sho’rtoblar genezisining kimyoviy gipotezasi ishlab chiqilgan. Almashinuvchan kationlarning o’simliklarga ta’sirini o’rganishda u nafaqat tradision makroelementlar – Ca2+, Mg2+, Na+, K+, NH4+, H+, Al3+ larni qatoriga mansub bo’lgan Pb, Cu, Cd, Ba, Sr, Co, Ni, Mn, Fe larni ham tekshirdi.
Gedroys tuproq kimyoviy analizini rivojlanishida katta ishlar qildi. Avval 1909 yilda tuproqning kimyoviy analizi bo’yicha qisqa qo’llanmasi nashr etilgan edi, 1923 yilda esa «Turoqning kimyoviy analizi» nomli kitobi bosmadan chiqdi, u hozirga qadar bir necha marotaba qayta nashr etilgan va tuproq va agrokimyo laboratoriyalarida eng zarur qo’llanma hisoblanadi. - Gedroys tuproq kimyoviy analizini rivojlanishida katta ishlar qildi. Avval 1909 yilda tuproqning kimyoviy analizi bo’yicha qisqa qo’llanmasi nashr etilgan edi, 1923 yilda esa «Turoqning kimyoviy analizi» nomli kitobi bosmadan chiqdi, u hozirga qadar bir necha marotaba qayta nashr etilgan va tuproq va agrokimyo laboratoriyalarida eng zarur qo’llanma hisoblanadi.
- 1930–1940 yillar tuproqlardagi kationlar almashinishidagi qonuniyatlarni tavsiflaydigan tenglamalar haqidagi jadal izlanishlar bilan xarakterlanadi. Ushbu muammoni yechishda Ye.N.Gapon, I.N.Antipov-Karatayev, B.P.Ni-kolskiylar katta hissa qo’shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |