1. trening va uning shaxs shakllanishidagi roli. Reja: Trening va uni tashkil etish. Trening o’tkazish uchun tavsiyalar


O’yin metodlari va ularning ijtimoiy psixologik xususiyatlari



Download 0,6 Mb.
bet23/59
Sana08.07.2021
Hajmi0,6 Mb.
#112559
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59
Bog'liq
TRENING KITOB

3.2. O’yin metodlari va ularning ijtimoiy psixologik xususiyatlari.

1.O’yin metodlarining klassifikatsiyasi va ularning psixologik moxiyati.

Ilmiy va ommabop adabiyotda "o’yin" tushunchasi keng ma'noda ishlatiladi. Masalan, "aktyorlar o’yini", "bolalar o’yini", "boshqaruv o’yinlari", "shaxmat o’yini", "strategik o’yinlar", "xayol yoki fantaziya o’yinlari" va xokazo. Ko'pgina psixologik tadqiqotlar aynan bolalar o’yinlariga bag’ishlangan.

Rus psixologi D.B.Elkonin "Nima uchun bolalar o’ynaydilar?" degan savolga to’la qonli javob topish maqsadida o’zining ko’p yillik ilmiy izlanishlarini 1960 yili chop etilgan "O’yin psixologiyasi" ("Psixologiya

igre") nomli kitobida umumlashtirgan. Unda muallif o’yinlar genezisi -

kelib chiqishi, uning moxiyati, bola tarakkiyoti va shaxs shaqllanishidagi o’rni va ahamiyatini yoritishga harakat qilgan. "Bolalar, - deb yozilgan kitobda, o’yinda kattalarning ijtimoiy xulq-atvoriga taqlid qilish usuli bilan ular faoliyatini qaytaradilar" ("Psixologiya igre.", 1978). Yo’qorida ta'kidlanganidek o’yinlar kategoriyasi nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatiga ham xos. Bolalar va kattalar o’yinlarida qator umumiyliklar mavjud: ya'ni, a) ikkalasida ham rollar improvizatsiya qilinadi, boshqacha qilib aytganda, xayotda bor bo’lgan u yoki bu harakatlar, xulq-atvor shakllari qaytariladi; b) o’yin faoliyatidagi vaziyatlar ikkala xolda ham shartlidir; v) o’yinda mexnat yoki boshqa turdagi ijtimoiy faoliyatning eng muhim tomonlari qayta tiklanadi;

g) tabiiylik xissiylik - emotsional jixatlarining borligi kattalar va bolalar o’yinlariga xos bo’lgan jixatlaridir.

O’yinning eng muhim axamiyati shundaki, unda tabiiylik sifati bo’lib, bu narsa, ayniqsa, bolalar o’yinida yaqqol seziladi, zero, ular unda o’zidagi ko’plab tabiiy extiyojlarni qondirishga harakat qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak ma'lum taraqqiyot bosqichida bolalar tinimsiz o’ynaydilar, undan charchamaydilar va bunda xech qachon ular o’z sherigiga ma'naviy ziyon etkazmaydi. Bu narsalar o’yinning shunday qirrasi bilan bog’liqki, unda xayol, xissiyot jarayonlari yaqqol tafakkurdan ustun keladi. Ijtimoiy psixologik ahamiyatga ega bo’lgan kattalar o’yini esa asosan ikkita vazifani bajaradi:

- ma'lum ijtimoiy bilimlarni egallash;

- zarur ijtimoiy ustanovkalarni shakllantirish. Lekin bunday o’yinlarning tabiiy bolalar o’yinidan farqli jixatlari ham bor:

a) bolalar o’yinlarida ijtimoiy rol o’zlashtirilsa, kattalarnikida bu rol yanada mustaxkamlanadi, takomillashadi; masalan, bolalarning "mexmon-mexmon" o’yinlarida mexmon va mezbon harakatlariga xos bo’lgan asosiy qirralar o’zlashtirilib, taqlid asosida ko’nikmalar xosil qilinsa, kattalar shunga o’xshash "o’yinlarda" muomalaning eng mukammal va chiroyli jixatlarini mustaxkamlab, davr madaniyatiga xos xulq-atvor shakllariga o’rganadilar;

b) bolalar o’yinlaridagi rollar xayotiy vaziyatlarni umumlashtirgan xolda,

umumiy tasavvurlar vositasida qaytarilsa, kattalarda bu narsa aniq vaziyatlar va yaqqol rollar vositasida amalga oshiriladi;

v) bolalar o’yinlari ma'lum ma'noda stixiyali jarayon bo’lsa, kattalar o’yinida xayotiy qoidalar, normalar, me'yorlar ataylab tashkil qilinadi va unga maxsus nazoratchilar - murabbiylar rahbarlik qiladilar;

g) bolalar tabiiy ravishda o’zlari kirayotgan rolni xissiy boshdan kechirib, o’yinga kirishsalar, kattalar ko’prok u yoki bu rolga o’zini identifikatsiya qilib, sun'iy ravishda kiradi;

d) kattalar o’yinining sifati va samaradorligi uynovchining xayotiy kuzatishlari va shaxsiy tajribasiga bevosita bog’liq bo’ladi, bu o’rinda onglilik tashabbuskorlik va eruditsiya, yakkol omillarni umumlashtirish kabi sifatlar muhim rol o’ynaydi. Ijtimoiy psixologik bilimdonlikni oshirishga xizmat qiluvchi o’yinlar asosan ikki turga bo’linadi.

Bu -operatsional o’yinlar va roll i o’yinlar.

Operatsional o’yinlar o’z moxiyati jixatidan, ya'ni ushbu faoliyat motivi, unda aqliy operatsiyalarning ishtiroki va missiy ko’rinishi jixatdan muammoli vaziyatlarni taxlil qilishga o’xshaydi. Lekin ayni tizimga tushirilmagan, spontan munozaradan farqli, unda o’yinning umumiy stenariysi bo’lib, oqibatda kabul qilinadigan qarorlar ijtimoiy normalarga mone kelishi, "to’g’ri" yoki "noto’g’ri"ligi algoritmik belgilab qo’yiladi. Shuning uchun ham bunday o’yinlarda xayot sinovlaridan o’tkazilgan, ijtimoiy tajribaga asoslangan vaziyatlar ishlatiladi. Masalan, xozirda keng tarqalgan ishbilarmonlik o’yinlar yoki boshqaruv o’yinlari shular jumlasiga kiradi. Agarda, boshliqning xodimni qabul qilishi vaziyati o’ynalayotgan bo’lsa, unda boshqaruv tajribasida ilgari yuz bergan bir nechta alternativ xulq shakllari oldindan kelishilgan xolda o’ynaladi va shular asosida o’yinga baxo beriladi. Chunki amaliy o’yinlarda shaxslararo bevosita munosabatlar nisbatan cheklangan bo’lib, ularda rasmiyatchilik elementlari ko’p bo’ladi.

Demak amaliy o’yinlar quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:

1. Qaror qabul qilish bilan bogliq bo’lgan tipik xayotiy vaziyatlarni modellashtiradi.

2. Professional faoliyatda uchraydigan xulq-atvor shakllari va muloqotning turli qirralarini ochib beradi.

3. Ijtimoiy xulqda mavjud bo’lgan yangi qirralar buyicha bashorat qiladi

va professional faoliyatning yangi xususiyatlarini ochadi.

Ko’pchilik o’yin metodlarini uylab topganlarning vatani Amerika deb uylaydi. Lekin aslida uni birinchi marta amaliy faoliyatda ruslar - Rossiyada qo’llashgan. 1936 yilda xozirgi Sankt-Peterburg shaxridagi ishlab chiqarish Akademiyasi talabalari "Ishlab chiqarish dasturining keskin o’zgarishi munosabati bilan sanoatni qayta qurish" mavzusidagi o’yinni "Krasnoy tkach" nomli fabrikada dam olish kunlari o’tkazgan edilar. Uning natijalari keyinchalik ommaviy axborot vositalarida muhokama qilingan, lekin o’sha paytda fan mutassaddilari bu usulning moxiyatini to’la tushunib, uni qo’llab-quvvatlamagan edilar. Shuning uchun ham ilmiy adabiyotlarda Amerikada tashkil etilgan "T-guruxlar" tajribasi ko’proq yoritilgan.

Hozirgi kunga kelib, 200 dan ortiq operatsional o’yinlarning standart dasturlari bo’lib, ular o’quv, ilmiy - tadqiqot, xalq xo’jaligi maqsadlarida ishlatiladi.

Har qanday operatsional o’yinni tashkil etishda quyidagi tamoyillarga amal qilish shart:

1. Ish o’yinlari ijodiy, professional tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuning uchun tashkilotchi muammoli vaziyat echimining, uning ijtimoiy moxiyatini trening maqsadiga mosligini aniqlashi va xulosalarini ishlab chiqarishga joriy etishi kerak;

2. Ishlab chiqarish jarayonlari va professional faoliyatni modellashtirish

va uni real turmush vaziyatiga yaqinlashtirib, imitatsiya qilishga erihish

zarur;


3. Treningning tarbiyaviy jixatlarini sof o’yinning o’zidan yuqori quyish

maqsadga muvofiq ekanligi;

4.O’yin qonun - qoidalari va normalarining barcha uchun tengligini doimo yodda tutish lozim;

5. Maqsadga erihishning qator dialoglar va monologlar (ko’p qirrali) tizimiga bog’likligi tamoyili.

Yo’qorida qayd etilgan tamoyillarga buyso’ngan xolda o’yinni tashkil etish mutaxassislarni o’qitish va ular professional sifatlarining takomillashuviga xizmat qiladi. Har bir ijtimoiy psixologik vaziyat bir necha marta qaytarib o’ynalgani uchun ham ishtirokchilarda bir vaqtning o’zida ham o’yinchi, ham ko’zatuvchi bo’lish imkoniyatlari mavjud.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish