1. Tovushni talaffuz qilishdagi nuqsonlar


Sinf honasiga qo’yilgan gigiyenik talablar



Download 33,22 Kb.
bet2/4
Sana09.07.2022
Hajmi33,22 Kb.
#760021
1   2   3   4
Bog'liq
Talim sinf kun tartibi

Sinf honasiga qo’yilgan gigiyenik talablar

  • O’quv muassasalari binosini rejalashtirish va unga qo’yiladigan gigienik talablar
    Zamonaviy maktab binolari bloklar yoki sektsiyalar ko’rinishida bo’ladi, o’quv xonalari har xil yoshdagi bolalar guruhlari uchun ham aloxida qilib quriladigan bo’lgan. Binolar ana shunday qurilgandagina gigienik tadbirlarni to’la-to’kis tadbiq qilishga imkon tug’iladi..

  • Maktablar qurilishi umumta’lim maktablarini loyihalashtirishga doir qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan namunali loyihalarga asosan olib boriladi. Hozirgi zamonda maktab binolarini qurishda 44 sinfga mo’ljallangan maktablar, 2 ta avtonom maktabdan va sport, madaniy-ommaviy hamda xizmat binolarini birlashtiruvchi umummaktab markazi ko’zda tutiladi.

  • Maktabning joyi va turini tanlashda xizmat ko’rsatish doirasi asosiy mezon hisoblanadi, maktabning xizmat doirasi bolalarning maktabga piyoda kelib-ketishini ta’minlaydigan, yoshi hamda tumanning iqlim xususiyatlari hisobga olingan bo’lishi kerak.

Shaharlarda maktabgacha bo’lgan masofa, ayniqsa quyi sinf o’quvchilari uchun 0,5 km dan uzoq bo’lmasligi kerak. Masofaning olis bo’lishi o’quvchilarning kun tartibini buzadi, uy vazifalarini bajarish va maktabdan tashkari ishlar bilan shug’ullanishga ajratiladigan vaqtni qisqartirib qo’yadi. Darslar boshlanishidan oldin uzoq piyoda yurib kelish bolalarni charchatib, aqliy ish qobiliyatini pasaytiradi. Ob - havo noqulay kunlarda salomatligi zaif bolalarning ahvoliga salbiy ta’sir qiladi. Qishlok joylarda maktabgacha bo’lgan masofa 3 km dan ortiq bo’lganda bolalarni maktabga olib kelishni uyushtirish zarur. Bu maktabni o’quv-tarbiyaviy markazga aylantirish talablariga javob beradi, oila va maktab hamkorligini mustahkamlaydi.
Maktabning er uchastkasi uning ajralmas qismi hisoblanadi. Er uchastkasining o’quv-tarbiya ishlari hamda sog’lomlashtirish jihatidan ahamiyati katta. Fasllar bo’yicha amaliy mashg’ulotlar o’tkaziladigan er uchastkalarining bo’lishi bolalarning qiziqishini, mehnat qobiliyatini oshiradi.
Kuni uzaytirilgan guruhlarga qatnaydigan bolalarning tanaffuslar vaqtida faol dam olishi va o’ynashlari uchun maktab qoshidagi yozgi bolalar lageridan yoki yozda shaharda qoladigan bolalarga atab dam olish maydonchalari tashkil etish uchun maktab maydonidan imkoni boricha ko’proq foydalanish kerak. Boshlang’ich maktab o’quvchilari uchun «ochiq havodagi sinflar» tashkil etish tavsiya qilinadi.
Umumta’lim maktablari uchastkasining maydoni 0,5 — 0,4 gektar bo’lishi kerak. Amaldagi me’yorlar maktab maydonini o’quv-tajriba, sport, xo’jalik tarkibi va dam olish xududlariga ajratishni ko’zda tutadi.
O’quv-tajriba xududi uchastka maydonining taxminan 25 foizini egallaydi. Sport o’yinlari — to’p o’ynash, irg’itish, gimnastika, engil atletika bilan shug’ullanishga atab ajratiladigan maydonchalarni o’z ichiga oluvchi sport majmuasi uchastka maydonining 40 foizini tashkil etadi. Dam olish xududida tayyorlov sinflar bilan 1 — 3-sinf o’quvchilarining serharakat o’yinlari uchun maydonchalar bo’lishi kerak, Maktab binosi xudud ichkarisiga katta ko’chalar, kinoteatr binolari va kolxoz bozoridan kam deganda 50 m ichkarida joylashtirilishi, maktab maydonining kamida 40 — 50 foizi ko’kalamzorlashtirilishi kerak.

Sinf va o’quv xonalarining shamolatilishini gigienik baholash


 Sinf xonasining havo tarkibi va mikroiqlimi
Sinf va o’quv xonalarining shamolatilishini gigienik baholash
Epik binolar havosining ximiyaviy tarkibi va fizik xossalarini yaxshilash uchun ventilyatsiya eki shamollatish usulidan foydalaniladi. Bunda tabiiy va sun’iy ventilyatsiya tafovut qilinadi.
Tabiiy ventilyatsiya deb o’zgarmagan tashqi xavoning qurilish materialidagi teshiklar va eshik hamda derazalarning ochiq joylaridan xona ichiga kirishini tabiiy ventilyatsiya, deb atash rasm bulgan. Ayni vaqtda tashqari va ichkaridagi temperaturalarning har xil bo’lishi, shuningdek bosimlarning farqi va boshqa sabab-lar havo kirib turishiga sabab bo’ladi.
Xonalarni fortochka va framugalar orqali shamollatish tabiiy shamollatishga kiradi (70-rasm).
Bunda shamollatish koeffitsienti kamida 1:50 bo’lishi, ya’ni ochiq fortochka yoki framugalar maydoni shamollatilayotgan xona poli yuzidai 50 baravar kichik bo’lishi kerak. Go’rillatib shamollatib qo’yish, ya’ni sinfning deraza va eshiklari hamda koridorning derazalarini hammasini ochib qo’yib shamollatish tabiiy shamollatishning eng yaxshi usulidir. Bunda bolalarni shamollab kolishdan ehtiyot qilish kerak, xolos.
Sun’iy ventilyatsiya deb maxsus texnika qurilmalari vositasida havo kiritishga aytiladi. Bunda havoning tortilishini mexanik yo’l bilan kuchaytirib beradigap elektr motor yoki deflektor havoni harakatlantirib turadi.
Hojatxonalar, bufet-kubxonalar va echinish xonalarini shamollatish
vaktida tashkaridan kiradigan xavo xammadan kam
Tashkariga chikadigan xavo esa xammadan kup bulishiga karab borish zarur. Shunda usha xonalarning xidi kutariladi va ukuv xonalariga utmaydi.
Havoning temperatura rejimi. Zamonaviy tipovoy maktab binolarida normal temperatura rejimini saqlab turish uchun ko’pincha past bosimli suv bilan markazdan turib isitadigan sistema o’rnatiladi. Biroq yana pechka bilan isitish usuli ham uchrab turadi, buni ba’zan maxalliy isitish usuli, deb aytiladi.
Markazdan turib isitadigan sistemada 80—90° gacha isitilgan suv stoyak-trubalardan radiatorlarga kelib tushadi va shu radiatorlarda issigini berib. trubalardan qozonga qaytib boradi. Normal ish uchun sinfda temperatura 16—22° atrofida bo’lishi zarur, rekreatsion binolar (tanaffuslar vaqtida bolar chiqib yuradigan keng koridorlar) va fizkultura zallarida temperatura kamida 4-14° bo’lishi kerak, chunki bu joylarda bolalar harakat qilib turadi.
Past bosimda suv bilan markazdan turib isitish sistemasi bolalar muassasalari uchun juda qulay. U binolarda temperaturaning bir tskis bo’lishini ta’minlab beradi, havoni ortikcha kuritib yubormaydi, isituvchi asboblarda (radiatorlarda) chang ko’nmaydi.
Isitishning maxalliy usulida pechkalardan foydalaniladi. Isiklik sigimi katta buladigan golland pechlari xammadan kup kuriladi .Bu pechkalar pishik gtshtdan kuriladi va issik yaxshi saklab turadi (bir kecha-kunduzgacha).
Is tegishi va badan kuyishining oldini olish uchun pechkalarga ut yokishni bolalar maktabga kelmasdan 1,5-2 soat ilgari tugallash kerak.
Pechkalar yonib turgan paytda yokilgining yaxshi yonishi va xonalarni shamollatish uchun fortochka yoki framugalarni ochib kuyish lozim.
Sinf xonasining havo tarkibi va mikroiqlimi. Sinf xonasi tarkibidagi uglerod (IV) - oksid miqdori 0,07— 0,1% dan oshmasligi kerak (ruhsat etilgan mikdor— 0,03 — 0,04%), havo tarkibida uglerod (IV)-oksid ko’payib ketsa, o’quvchilar asab sistemasining tez charchab qolishiga va o’tilgan darslarni o’zlashtirishning pasayishiga sabab bo’ladi. Ayniqsa, qish faslida boshlanqich sinflarda ba’zi o’quvchilar dars paytlarida uxlab qoladi. Bunga xona xavosida uglerod (IV) oksidining ko’payib ketishi sabab bo’ladi. Shuning uchun tanaffus vaqtida va dars mobaynida fortochkalar ochilib, sinf havosini yangilab turish zarur. Fortochkaning umumiy sathi pol sathining 1G’50 qismiga teng bo’lmog’i kerak.
Sinf xonasida har biro’quvchi uchun 4,5-5 m3 havo to’g’ri kelishi lozim. Bir soatlik dars davomida har bir o’quvchi uchun 16-26 m3 havo mo’ljallanadi. Shuning uchun qish faslida dars vaqtida fortochkani yoki framugalarni har 10-15 daqiqada 0,5, 1,0 daqiqaga ochib havo yangilab turilishi, yilning issiq fasllarida esa sinf derazalarini dars vaqtida umuman ochiq qo’yish kerak.
Sinf harorati 16-18 S,nisbiy namlik 40-60 %, havoning yo’nalish tezligi 0,1 mG’s bo’lishi kerak.
Markaziy Osiyo jumhuriyatlarida jismoniy tarbiya darsini deyarli yil davomida (yog’ingarchiliksiz kunlarda) ochiq havoda o’tkazgan ma’qul.
SINF JIHOZLARIGA QO’YILGAN GIGIENIK TALABLAR.
Download 33,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish