1. Toshkent vohasining joylashgan o’rni, iqlimi va tabiati. Toshkent vohasining insonlar tomonidan o’zlashtirilishi va ularning mashg’ulotlari



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana31.01.2022
Hajmi0,66 Mb.
#420337
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu ma'ruzasi Tosh.vil.tarixi

Qizilolmalisoy yodgorligi: 
Ko„lbuloqdan taxminan uch yuz metr shimoldagi 
“Qizilolma” oltin koni atrofida ajdodlarimizga tegishli yana bir qo„hna manzilgoh 
mavjud. Olimlarimiz noyob Qizilolma arxeologik topilmasi deb atayotgan bu 
manzilgohda dastavval kramanon va neandertal odamlar, keyinchalik, eramizning 
IV asridan boshlab, oltin ishlab chiqaruvchi kaloniyalarning konchilari istiqomat 
qilganlar.
Arxeologlarning ilmiy kuzatishlariga tayanib, mazkur ko„hna istiqomatgohni 
quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Qadimgi oltinpazlar turar joylarni yarusli 
(qiyalik bo„ylab zinasimon) qurib, Qizilolmasoy suviga iloji boricha yaqin 
yashashga harakat qilganlar. Ular bola-chaqasi bilan shu yaqin atrofdagi kondan 
qazib olingan ma‟danni maydalab tuyib, Qizilolmasoy suvida yuvishgan. Ma‟dan 
tarkibidan tillani ajratib olishda ikkinchi ibtidoiy usul - handaq (katakomba)dan 
ham keng foydalanilgan. Bu usulga ko„ra qazilgan o„raning bir chekkasidan 
shamol kirishi uchun sopol quvur o„rnatilgan va archaning shox va g„o„lalari ustiga 
metalli qotishmalar terilib, usti teri va tuproq bilan yopilgan. Archa g„o„lalarining 
yonishidan chiqqan katta harorat ta‟sirida tabiiy qotishma erib, tilla kul orasiga 
ajralib chiqqan. 
Qizilolma manzilgohida ko„p odam yashagan. Bunday deyishga sabab, vafot 
etganlar shu erning o„ziga emas, 300 metrcha quyidagi Ko„lbuloq atrofiga olib 
borilib, ma‟jusiylik e‟tiqodi an‟analariga binoan mug„xona usulida dafn etilgan.
Qizilolma va Ko„lbuloq manzilgohlari 2007, 2008 va 2009 yillarning iyul-
avgust oylarida Rossiya Fanlar akademiyasi Novosibirsk filialiga qarashli 


Arxeologiya va etnografiya institutining katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi 
Kseniya Anatolevna Kolobuva boshchiligidagi xalqaro arxeologik ekspeditsiya 
tomonidan zamonaviy qazuv metodlari asosida sinchiklab o„rganildi. 
2007 yilgi ekspeditsiya tarkibida Belgiya Qirollik muzeyining ilmiy xodimi 
V.Damyan, shuningdek, Eron, Qozog„iston, Yaponiya, Qirg„iziston, Germaniya va 
boshqa davlatlardan kelgan mutaxassislar faoliyat ko„rsatgan bo„lsa, 2008 va 2009 
yillarda K.A.Kolobuva va V.Damyandan tashqari Italiya, Fransiya, Germaniya, 
Ispaniya, Xitoy, Janubiy Koreya va Qirg„iziston arxeologlari qazuv ishlarida 
ishtirok etdilar.
I.Yormatovning yozishicha, ekspeditsiya rahbari K.A.Kolobuvaning qazish 
natijalari bo„yicha Yevropa davlatlari va AQSH ilmiy jurnallarida e‟lon qilingan 
xulosalariga juda ko„p davlatlardagi mutaxassislar qiziqib, unga xat yozmoqdalar 
va Ohangaron tumaniga kelib ishlash istagini bildirmoqdalar.
K.A.Kolobuvaning gaplariga qaraganda, uning ekspeditsiyasi xarajatlari 
uchun Rossiya Fanlar akademiyasi o„n ming dollar, Belgiya Qirollik muzeyi o„n 
ming evro ajratgan.
Konchilarning qadimiy qo„rg„onidan g„arb tomonga - Qizilolmasoyning o„ng 
qirg„og„iga yana 300 metrcha ko„tarilsangiz, Ohangaron vohasidagi eng qadimiy 
maskan – must‟er davrida odamlar yashagan arxeologik makonga duch kelasiz. 
Ilgari shunday edi. Ammo hozir u erga kimdir mol boqish uchun 50-60 sotix 
maydonni devor o„rab turar-joy va molxona qurib olgan. Must‟er va paleolit davri 
obidasi shu tariqa buzilgan, tuproqlari molxonaga loy qilib ishlatilgan.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish