Ko’lbuloq yodgorligi:
Ilk paleolit davriga oid yodgorlik. Toshkent viloyati
hududida Chotqol tog„ tizmasi yonbag„rida, Ohangaron daryosining o„ng
qirg„og„ida, “Geolog” shaharchasidan 2 km shimoli-g„arbda joylashgan.
Ko„lbuloq makoni Qizilolmasoyning Jarsoy o„zani sohilidagi Ko„lbuloq
yaqinida (1962) topilgan. M.R.Qosimov (1963–83) keng tadqiqot ishlari olib
borgan. 600 kv. metrdan ziyod maydon ochib o„rganildi va 49 ta madaniy qatlam
aniqlandi. Bu qatlamlardan 3 tasi so„nggi paleolit, 21 tasi o„rta va 23 tasi ilk
paleolit davriga xos deb topildi. Ilk paleolit qatlamlaridan 3000 dan ziyod tosh
qurollar, hayvon suyak qoldiqlari topildi. Yodgorlikning o„rta paleolit davriga oid
qatlamlaridan qirg„ichlar, paykonlar, retushli plastinalar, tosh bigizlar, shuningdek
quyon va sug„ur suyaklari topilgan. Ko„lbuloq makoni odamlari bu davrda arxar,
it, jayron, sug„ur, quyon, cho„chqa, ot, tur, tog„ echkini ov qilgan. Shuningdek,
bo„ri, sirtlon, tulki, shoqol, ko„rshapalak, kaklik suyaklari aniqlandi. Ko„lbuloq
makoni odamlari ovchilik bilan bir qatorda yovvoyi o„simliklar, boshoqlar,
mevalar, yong„oqlar, ildizlarni ham terib eyishgan. Buni Ko„lbuloq makonidan
topilgan tosh yorg„uchoqlar isbotlaydi. Ko„lbuloq makoni odamlari taom
tayyorlashda olovdan keng foydalanishgan. Muste davridagi neandertallar teridan
kiyimlar tayyorlab kiygan. Tosh qurollarga berilgan ishlov texnikasiga ko„ra,
Ko„lbuloq tosh “industriyasi” o„ziga xos sifatlarga ega bo„lib, olimlar tomonidan
Ko„lbuloq makon-ustaxonasi maqomini olgan.
Ko„lbuloq makonining yuqori qatlamlari 1,5-2 m qalinlikda so„nggi paleolit
davriga oid bo„lib, u 600 m.kv. maydonda o„rganilgan. Qazishma chuqurlashgan
sari uning maydoni qisqarib borgan. Ko„lbuloq makonining yaqin 11 metr
qalinlikdagi o„rta qatlamlari muste davriga oid bo„lib, uning ostidan 0,7-0,8 m
qalinlikdagi toza qumli loy qatlami topilgan. Uning ostidan esa 5 m qalinlikdagi
ashel davriga tegishli quyi qatlam ochilgan.
Tadqiqotchilar fikriga qaraganda, Ko„lbuloq makonida, ajdodlar hayoti quyi
sheystosining so„nggi bosqichidan to yuqori pleystotsenning oxirigacha davom
etgan, ya‟ni Ko„lbuloqda hayot bundan rosa 600-700 ming yil avval boshlanib, to
mil.av.40-ming yillikkacha davom etgan. Ko„lbuloq makonining har bir davr
qatlamlaridan juda boy tosh qurollar va tegishli hayvon suyaklari topilgan. Muste
va yuqori paleolit qatlamlaridan esa o‟choq qoldiqdari, kuygan hayvon
suyaklarining parchalari topilgan.
Ko„lbuloq va uning shimoliy tomonidagi Qizilolma arxeologik maskanlarida
O„zbekistonlik olimlar ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Qazuv ishlarida
Rossiya, Yponiya, Belgiya, Xitoy, Germaniya, Qozog„iston va boshqa davlatlardan
kelgan mutaxassislar ham ishtirok etayotir. Ularning fikricha, bu erdan
topilayotgan tosh qurollarning yoshi 26-27 ming yil ilgari hukm surgan yuqori
ashel va must‟er davrlari bilan bog„liq.
Ko„lbuloq manzilgohiga dastavval arxeolog K.A.Amanjo„lov tomonidan
arxeologik yodgorlik sifatida ilmiy tus berildi va uning qatlamlarini davr-lashtirish
ishlari 1961 yilda G.F.Tetyuxin, M.X.Godin va D.I.Husanboevlar tomonidan
amalga oshirildi. Professor Isomiddin YOrmatovning yozishicha, ushbu maskan
1972, 1975 va 1981 yillarda M.R.Qosimov rahbarligidagi paleontologik otryad
tomonidan, 1980 yilda esa geomineralog X.A.To„ychiev tomonidan paleomagnit
usuli bilan qayta o„rganildi. Bunday izlanishlar 2000 yilda akademik
Yu.F.Buryakov tomonidan davom ettirildi, Angrendagi sobiq Toshkent
viloyat davlat pedagogika instituti tarix fakulteti o„qituvchisi K.A.Kraxmal
boshchiligidagi arxeologik otryadlar ham 2003-2009 yillarda ish olib borib
yangidan-yangi ilmiy xulosalarni qo„lga kiritdilar.
1961 yilda
qazish mazkur maydonning shimoliy chekkasidan
boshlangan.
Bo„yiga 10-12 metr, eniga 5-6 metr, chuqurligi hozirgi kunda 7 metr
bo„lgan bu maskanning
to„rtta
quyi qismi ashel, beshta o„rta qismi
muste, uchta ustki qismi esa yuqori paleolit davriga mansub. Olimlarning fikricha,
Ko„lbuloq manzilgohi o„ralgan panjara bilan Qizilolma oltin koniga olib boradigan
tosh yo„l oralig„ida ikkita qadimiy mug„xona mavjud.
I.Yormatov shu o„rinda 2006 yilning 6 aprel kuni akademik Yu.F.Buryakov
va arxeolog K.A.Kraxmallar bilan birga mazkur mug„xonalar ziyoratida bo„lgani
haqida yozadi. Mug„xona – islomgacha bo„lgan dafn inshoati. Ma‟jusiylik davrida
bir necha mayitlar bir mug„xonaga yonma-yon ko„milgan. Zardushtiylik davrida
esa marhumning suyaklari sopoldan yasalgan qopqoqli maxsus idish – ostadon
(assuariy)ga solib ko„milgan.
Yu.F.Buryakovning o„sha kuni aniqlashicha, Ko„lbuloq yonidagi bo„yi 2,28
m., eni 2,10 m., chuqurligi 1,85 m. bo„lgan, chekkalari tosh qalab ko„tarilgan bir
mug„xona qurilishi jihatidan IV–V asrlarda yashagan sak qavmiga mansub. U
kishining aytishlaricha, bu qadimiy yodgorlik arxeologlarga tariximizning juda
ko„p qorong„i nuqtalarini oydinlashtirib berishi mumkin. Buning uchun hozirgi
shag„al yo„lni zudlik bilan Qizilolmasoyning o„ng qirg„og„iga o„tkazish lozim.
Ko„lbuloqdan sizib chiqayotgan muzday shaffof suv tarkibida rodon mavjud.
Buloqdan taxminan o„n besh-yigirma metr shimolda joylashgan, hozirda
tashlandiq holga kelib qolgan, toomi shiferli bino X.A.To„ychiev tomonidan
mamlakatimizdagi buloqlar va boshqa suv manbalarini paleomagnit usuli bilan
o„rganish maqsadida qurilgan 21 ta inshootning biri. Suv bo„yida yaqin-
yaqingacha bahaybat terak hayqirib o„sar, tanasiga ikki-uch odamning qulochi
etmaydigan bu azim daraxt kim tomonidan va qachon ekilganini keksalarimiz aytib
berolmasdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |