1. Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin



Download 112,5 Kb.
bet1/2
Sana28.06.2022
Hajmi112,5 Kb.
#716786
  1   2
Bog'liq
2780 22.04.2016




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Qarori
Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-aprelda 2780-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi PQ-1990-son “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 341-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, shuningdek Toshkent davlat yuridik universitetida o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi va Adliya vazirligi qaror qiladi:
1. Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. VAHOBOV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-aprel,
1-2016-son
Adliya vaziri M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-aprel,
4-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Adliya vazirligining 2016-yil 22-apreldagi 1-2016, 4-son qaroriga
ILOVA
Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to‘g‘risida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hamda 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son “O‘zbekiston Respublikasi yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq Toshkent davlat yuridik universitetida (bundan buyon matnda universitet deb yuritiladi) o‘qitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Universitet talabalari (bundan buyon matnda talabalar deb yuritiladi) bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi — yuqori malakali, raqobatbardosh, mamlakatda o‘tkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarning yuqori talablariga, zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan yuridik kadrlarni tayyorlash hamda talabalarda mustaqil ta’lim olish, ta’lim sifatini boshqargan holda yuridik faoliyatning tegishli sohalarida tizimli tahlil qilish va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish, talabalarning modullarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Modul alohida o‘quv fani (uning qismi) bo‘lib, o‘zida bilimga oid hamda kasbiy jihatlarni qamrab oladi va talabaning fan dasturini o‘rganishi natijasida shakllangan bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Universitet tomonidan boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash hamda bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha shartnomada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
2. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
talabalarda davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik, bilimlarni baholashda shaffoflikni ta’minlash;
o‘quv materialining talabalar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini o‘z vaqtida ma’lum qilish;
talabalarning o‘quv rejasi doirasida kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;
o‘quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish.
3. Kafedra mudiri har bir modul bo‘yicha modul rahbarini, ya’ni alohida modulni o‘qitishning sifati, o‘quv materialini shakllantirish, shuningdek barcha turdagi nazorat savollarini tuzish, talabalar bilimini tekshirishda yagona standartlarni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan pedagog xodimni belgilaydi.
Modullar bo‘yicha talabalar bilimini semestr davomida baholab borish nazorat jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Modulning o‘quv dasturi mazmunini o‘zlashtirish kreditni — talabalarning o‘quv yuklama hajmini aniqlashning shartli birligini qo‘llagan holda belgilanadi.
Kredit talaba tomonidan tegishli o‘quv ishlarini (modul xususiyati va bo‘lajak mutaxassisni shakllantirish uchun o‘quv ishlarining muhimligidan kelib chiqib universitet tomonidan belgilanadigan) bajarishga ketadigan vaqt (soatlar)dan tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kredit hisobiga ega bo‘ladi.
Universitet bir kredit tarkibini, har bir modul bo‘yicha kreditlar sonini, shuningdek har bir kursni va umuman o‘qish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlarning umumiy sonini mustaqil ravishda belgilaydi.
Talaba mazkur Nizomga muvofiq modul o‘quv dasturi mazmunini o‘zlashtirgan (olgan reyting ballidan qat’i nazar) taqdirda, u tegishli modul bo‘yicha kreditlarning zarur sonini to‘plagan deb hisoblanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
2-bob. Talabalar bilimini nazorat qilish turlari
Oldingi tahrirga qarang.
4. Talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasini davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun universitetda oraliq va yakuniy nazorat turlari o‘tkaziladi.
O‘quv dasturlarida belgilangan hollarda faqat yakuniy nazorat turi o‘tkazilishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Modulning nazorat jadvallari, nazorat turlari va shakllari, nazoratlar soni hamda oraliq va yakuniy nazoratlar uchun belgilangan maksimal va saralash ballari to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron ta’lim platformasiga o‘quv semestri boshlanishidan oldin kiritiladi hamda pedagog xodim tomonidan birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Yakuniy nazorat jadvallari fakultet dekanatlari tomonidan ishlab chiqiladi va O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan umumlashtirilgan holda universitet veb-saytiga hamda elektron ta’lim platformasiga joylashtiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
4-bob. Oraliq nazoratni o‘tkazish
11. Oraliq nazorat semestr davomida modul o‘quv dasturining tegishli (modulning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Oraliq nazorat talaba tomonidan modul o‘quv dasturining tegishli bo‘limlari mazmunini o‘zlashtirish darajasi, talabaning yuridik adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash amaliy ko‘nikmalari, huquqni qo‘llash hujjatlari loyihalarini tuzish, muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), tizimli tahlil, mantiqiy fikrlash, mustaqil tadqiqot olib borish, o‘z fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini baholashga qaratilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oraliq nazoratni o‘tkazish tartibi (oraliq nazoratni o‘tkazish shakli va muddati, oraliq nazorat savollariga qo‘yiladigan talablar, baholash mezonlari) o‘quv fanining xususiyatlari va unga ajratilgan soatlardan kelib chiqqan holda tegishli kafedra taklifi asosida fakultet dekanati bilan kelishilgan holda o‘quv yili boshlanishidan kamida ikki hafta avval o‘quv dasturlarida belgilanadi va universitet Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Oraliq nazorat har bir o‘quv fanining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda semestr davomida kamida bir marotaba o‘tkaziladi.
Oraliq nazorat og‘zaki yoki yozma ish (individual yoki jamoaviy ish, prezentatsiya, tahliliy ma’lumot tayyorlash) shaklida o‘tkaziladi.
Oraliq nazorat og‘zaki shaklda o‘tkazilganida, ushbu jarayon videoyozuvda qayd qilinadi.
Oraliq nazorat dars mashg‘ulotlarini o‘tkazgan pedagog xodim yoki kafedra mudiri tomonidan uch nafar kafedra a’zolaridan iborat tarkibda tuziladigan komissiya tomonidan baholanadi.
Oraliq nazorat uchun har bir modul bo‘yicha jami ballning (baho foizining) 40 foizigacha ajratilishiga ruxsat etiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13 — 17-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Oraliq nazorat yozma ish shaklida o‘tkazilganida, u talaba tomonidan mustaqil ravishda tayyorlanishi va akademik halollik talablariga rioya etilishi shart. Akademik halollik talablarini buzilishiga, shu jumladan mualliflikni o‘zlashtirishga (plagiat) yo‘l qo‘yilmaydi. Yozma ishda qog‘oz yoki elektron ko‘rinishda nashr qilingan o‘zga matndan olingan manbaaga hech qanday havola qilmagan holda ishlatish yoki olingan manbaaga havola qilingan bo‘lsada, lekin o‘zlashtirishlarning hajmi va xarakteri talabaning yozma ishni yoki uning asosiy qismini mustaqil yozilganligiga shubha uyg‘otadigan darajada o‘zlashtirilgan bo‘lsa plagiat deb topiladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Plagiat ikki xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
o‘zga matnni so‘zma-so‘z bayon qilish;
parafraza — o‘zlashtirilgan o‘zga matnning mazmunini o‘zgartirmasdan so‘z va iboralarni almashtirib bayon qilish.
Oraliq nazorat yozma ish matnidagi o‘zganing mualliflik ishidan olingan har qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshqa rekvizitlarini ko‘rsatgan holda havolalar keltirilishi shart. Oraliq nazorat yozma ishini tekshirishda mualliflikni o‘zlashtirish (plagiat) holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortiq yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uyg‘otadigan darajada o‘xshash bo‘lishi ushbu barcha yozma ishlarga nol ball qo‘yish yoki oldin qo‘yilgan oraliq nazorat reyting ballini bekor qilishga asos bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(181-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Oraliq nazorat ballari yakuniy nazorat boshlanishidan kamida ikki hafta oldin pedagog xodim tomonidan elektron ta’lim platformasi tizimiga kiritilishi zarur.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
191. I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan talabaning mazkur Nizomda nazarda tutilgan oraliq nazorat ishlarini yozma shaklda bajarish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda, u oraliq nazoratni og‘zaki imtihon shaklida tegishli modul o‘qituvchisiga yoki kafedra mudiri 3 nafar kafedra a’zolaridan iborat tarkibda tuzgan komissiyaga topshiradi.
(191-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
5-bob. Yakuniy nazorat o‘tkazish
20. Yakuniy nazorat muayyan modul bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarning talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli hisoblanadi. Yakuniy nazorat talabaning modul o‘quv dasturining mazmunini o‘zlashtirganlik darajasi, uning mantiqiy fikrlashi, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash amaliy ko‘nikmalari, huquqni qo‘llash hujjatlari loyihalarini tuzish, muammoli vaziyatlarni (keys-stadi) hal etish, tizimli, tanqidiy tahlil qila olishi, o‘z fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatlarini baholashga qaratilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Mutaxassislik o‘quv fanlarining modullari bo‘yicha yakuniy nazorat semestr yakunida universitetning maxsus jihozlangan auditoriyalarida elektron ta’lim platformasi orqali kompyuterda topshiriladi.
Nomutaxassislik o‘quv fanlari bo‘yicha yakuniy nazorat universitetning O‘quv-uslubiy kengashi tomonidan belgilangan shaklda o‘tkazilishi mumkin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Yakuniy nazorat savollari, qoida tariqasida, mantiqiy savollar va muammoli vaziyatlarni yoki faqat muammoli vaziyatni (kazus, keys-stadini) o‘z ichiga oladi. Shuningdek yakuniy nazorat test shaklida o‘tkazilishi mumkin. Modullar bo‘yicha yakuniy nazorat savollarining mazmuni kafedralar tomonidan belgilanadi.
Yakuniy nazorat savollari bo‘yicha ballar miqdori (baho foizi) kafedra tavsiyasiga asosan universitet O‘quv-uslubiy kengashi qarori bilan taqsimlanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Yakuniy nazorat savollari tegishli kafedra tomonidan tuziladi. Savollar soni kafedra tavsiyasiga asosan O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan belgilanadi.
Savollar:
talabalarning o‘tgan o‘quv yillarida tayyorlangan yozma ishlardan foydalanish imkoniyatini istisno qilish uchun zaruratga ko‘ra yangilanishi;
aniq, normativ-huquqiy hujjatlar ko‘rsatmalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi;
mazmuni modul o‘quv dasturiga muvofiq bo‘lishi;
o‘z ichiga o‘quv dasturining tegishli bo‘limlarini to‘liq qamrab oluvchi materiallarni mujassam qilgan bo‘lishi;
talabalarning modulni o‘zlashtirish darajasini, tahlil qilish ko‘nikmalarini, mustaqil fikrlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi lozim.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Kafedra mudiri o‘quv semestrining to‘rtinchi haftasi boshlanishidan kechikmagan holda yakuniy nazorat savollarini fakultet dekanatiga taqdim qilinishini ta’minlashi shart. Fakultet dekanati savollarni o‘quv dasturida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirgan holda yetti ish kuni ichida O‘quv-uslubiy boshqarmaga taqdim qiladi.
O‘quv-uslubiy boshqarma Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bilan birgalikda yakuniy nazorat savollarini olgan kundan boshlab ikki hafta davomida ularning o‘quv dasturiga mos yoki mos emasligi nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkazadi. Ekspertizadan o‘tkazilgan yakuniy nazorat savollari O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan tegishli modullar bo‘yicha yakuniy nazorat savollari yagona bazasiga kiritiladi. Yakuniy nazorat savollari yagona bazasi har yili taqdim qilinadigan yakuniy nazorat savollari hisobiga kengayib boradi. Universitet yakuniy nazorat savollari yagona bazasidan talabalar va pedagog xodimlarning foydalanishiga imkoniyat yaratilishini ta’minlaydi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Yakuniy nazorat savollari yagona bazasida mavjud savollar asosida elektron ta’lim platformasida avtomatik ravishda yakuniy nazorat savollari shakllantiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Yakuniy nazorat fakultet dekanlari tavsiyasiga ko‘ra o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan, kafedralarning pedagog xodimlari orasidan tayinlanadigan auditoriya rahbari va kuzatuvchilar tomonidan o‘tkaziladi. Yakuniy nazoratni o‘tkazishda rektor tomonidan tayinlangan universitetning boshqa xodimlari ham qatnashadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Yakuniy nazorat olib borish jarayoni, qoida tariqasida, videoyozuvda qayd qilinadi. O‘quv-uslubiy boshqarma va Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimlari videokuzatuv vositasi orqali yakuniy nazorat o‘tkazish jarayonini kuzatadi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning tasdiqlangan ro‘yxati universitet tarkibiy tuzilmalari e’tiboriga yetkaziladi.
Yakuniy nazoratga auditoriya rahbari yoki kuzatuvchisining uzrli sababsiz kelmasligi (yoki kechikib kelishi) ularga nisbatan intizomiy choralarni qo‘llashga asos bo‘ladi. Kelmagan auditoriya rahbari va (yoki) kuzatuvchini almashtirish majburiyati tegishli kafedra mudiri zimmasiga yuklatiladi.
28. Talabalar yakuniy nazorat o‘tkazilayotgan auditoriyaga faqat talabalik guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etganlaridan so‘ng kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Imtihon jadvalida belgilangan yakuniy nazorat vaqti boshlangandan so‘ng kelgan talabalar unda ishtirok etishga qo‘yilmaydi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Yakuniy nazorat o‘tkazilayotgan auditoriyaga auditoriya rahbari va kuzatuvchilardan boshqa shaxslarning kirishi qat’iyan taqiqlanadi. Yakuniy nazorat o‘tkazish jarayoni rektor, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor hamda O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i va uning o‘rinbosari, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, shuningdek dekanlar tomonidan nazorat qilib turilishi mumkin.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilar yakuniy nazorat o‘tkazishda quyidagilarga majbur:
talabalarni yakuniy nazorat boshlanishidan avval uni o‘tkazish tartibi va davom etish vaqti haqida xabardor qilish;
talabalarning mobil telefonlarini o‘chirishlari va topshirishlarini ta’minlash;
talabalarga yakuniy nazorat davomida foydalanish taqiqlangan barcha predmetlarni kuzatuvchilarga o‘z ixtiyorlari bilan topshirishlarini taklif etish;
talabalarni auditoriyada bir-birlaridan ko‘chirishlari uchun imkon bo‘lmaydigan holda joylashtirish;
yakuniy nazorat o‘tkazilayotgan to‘liq vaqt davomida tartibga lozim darajada rioya qilinishini ta’minlash;
zarur bo‘lganda talabalarga qayd etilgan noaniqliklar, texnik xatolar yoki topshiriqni bajarishga qo‘yiladigan maxsus talablar haqida ma’lumot berish;
yakuniy nazorat o‘tkazish qoidalarini buzgan talabalarni tegishli dalolatnoma tuzgan holda imtihondan chetlashtirish.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
32. Yozma imtihon, qoida tariqasida, 2 soat (120 daqiqa) mobaynida o‘tkaziladi. Imtihon vaqti auditoriya rahbari tomonidan yo‘l-yo‘riq berilgan vaqtdan boshlanadi. Yakuniy nazoratni boshlash va tugatish vaqti auditoriya rahbari tomonidan auditoriya doskasida aks ettirilishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Talaba yakuniy nazorat o‘tkaziladigan auditoriyada o‘zi uchun ajratilgan kompyuterga familiyasi, ismi, sharifi, kursi, guruhi va boshqa tegishli ma’lumotlarni kiritadi.
Tegishli ma’lumotlar kiritilganidan keyin kompyuter monitorida yakuniy nazorat savollari chiqadi.
Imtihon o‘tkazish vaqtida talabalarning yakuniy nazorat savollarining mazmuni to‘g‘risidagi murojaatlari ko‘rib chiqilmaydi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Yakuniy nazorat talaba tomonidan mustaqil ravishda bajarilishi shart.
Ishni tekshirish vaqtida ikki yoki undan ortiq (ish mazmunining 2/3 dan ortig‘i) o‘xshash ishlar talabaning ko‘chirganligi holatiga asos bo‘ladi va talabalarga nol reyting ball qo‘yiladi.
Shifrlangan ishni baholashning obyektivligiga ta’sir ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda, shu jumladan so‘zning ustiga yoki tagiga chizish yoxud atrofini chizib qo‘yish, ishda tekshiruvchi shaxs nomiga murojaatning mavjud bo‘lishi, matnning turli qismlariga (shu jumladan, ochiq qoldirilgan joylariga) grafik belgilar qo‘yish, ish matnida talabaning familiyasi, ismi, otasining ismini ko‘rsatish holatlari mavjud bo‘lganda, ish uchun nol reyting balli qo‘yiladi.
Yakuniy nazoratga talaba o‘rniga boshqa shaxs kirgan holatlar aniqlanganda, talabaga nol reyting balli qo‘yilib qoidabuzarlar auditoriyadan chiqarib yuboriladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(35 va 36-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
37. Yozma ishlar tekshirilishi ushbu Nizomning 6-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
371. I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan talabaning mazkur Nizomda nazarda tutilgan yakuniy nazorat ishlarini kompyuterda bajarish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda u yakuniy nazorat davri boshlanishidan kamida ikki hafta oldin o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga murojaat qiladi. Bunda talaba haqiqatdan ham sog‘lig‘ining holati yozish imkoniyatini istisno qilishini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining xulosasini taqdim etishi lozim. Ushbu talaba yakuniy nazoratni og‘zaki imtihon shaklida komissiyaga topshiradi.
Sog‘lig‘ining holati kompyuterda ishlash imkoniyatini istisno qiladigan talabalardan og‘zaki imtihonlarni qabul qiluvchi universitetning professor-o‘qituvchilar tarkibidan iborat komissiya rektor buyrug‘i bilan tuziladi. Komissiya tarkibi har o‘quv yili uchun bir marotaba tasdiqlanadi. Komissiya uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Komissiya tomonidan qo‘yilgan baho bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
(371-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
6-bob. Nazoratning obyektivligini ta’minlash
Oldingi tahrirga qarang.
38. Yakuniy nazoratni o‘tkazishda baholarning xolisligini ta’minlash maqsadida talabalar tomonidan bajarilgan ishlar elektron ta’lim platformasi tomonidan avtomatik ravishda identifikatsiya kodlari berish yo‘li bilan shifrlanadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. O‘quv-uslubiy boshqarma elektron ta’lim platformasiga o‘quv yuklamasidan kelib chiqib modullar bo‘yicha yakuniy nazorat ishlarini tekshirishi mumkin bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxatini kiritadi.
Elektron ta’lim platformasi tomonidan identifikatsiya kodlari berish yo‘li bilan shifrlangan ishlar avtomatik ravishda tegishli pedagog xodimlarga tekshirish uchun yuboriladi.
Ishlarni tekshirish muddatlari O‘quv-uslubiy boshqarma tavsiyasi asosida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan belgilanadi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
41. Yozma ishlarni tekshirish muddatlarini buzgan pedagog xodimlarga nisbatan O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘ining bildirgisiga asosan intizomiy jazo choralari qo‘llanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Yakuniy nazorat ishlarini tekshirish natijalari (baho) ishni tekshirgan pedagog xodim tomonidan bahoni asoslantiruvchi taqriz bilan birgalikda darhol elektron ta’lim platformasiga kiritiladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Kafedraning yakuniy nazorat ishlarini tekshirishda ishtirok etgan pedagog xodimlari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida talabalar uchun yakuniy nazorat ishlarida ko‘p uchragan xatolar to‘g‘risida tushuntirish beriladi, shuningdek, mazkur xatolar umumlashtirilib, talabalarga axborot xizmati orqali yetkaziladi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan oraliq va yakuniy nazorat natijalari asosida elektron ta’lim platformasida talabalarning familiyasi, ismi, otasining ismi identifikatsiya qilingan holda jamlovchi elektron reyting qaydnomasi shakllantiriladi.
Jamlovchi elektron reyting qaydnomasida noto‘g‘ri qayd qilingan hollar aniqlanganda, elektron ta’lim platformasiga ishlarni tekshirish va baholarni kiritishga mas’ul bo‘lgan pedagog xodim javobgar bo‘ladi.
Agar oraliq va yakuniy nazorat ishlari natijasi jamlovchi reyting qaydnomasida noto‘g‘ri aks ettirilgan bo‘lsa, O‘quv-uslubiy boshqarmaning jamlovchi reyting qaydnomasini tuzishga mas’ul bo‘lgan xodimi, shuningdek O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i javobgar bo‘ladi.
Oraliq va yakuniy nazorat ishlari reyting qaydnomasida to‘g‘ri aks etishini monitoring qilish uchun O‘quv-uslubiy kengash o‘z qarori bilan jamlovchi reyting qaydnomasini haqiqiy ballarga mos kelishini qayta tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting qaydnomasining hamda yakuniy jamlovchi reyting qaydnomasining shakllari O‘quv-uslubiy kengash tomonidan tasdiqlangan namuna bo‘yicha tuziladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Oraliq va yakuniy nazorat ishlarini baholashning xolisligini ta’minlash maqsadida O‘quv-uslubiy boshqarma va Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi yozma ishlarning tasodifiy tanlangan holda qayta tekshirilishini tashkil qiladi. Bu maqsadda ushbu huquq sohasiga yoki fanga aloqador bo‘lgan Universitet pedagog xodimlari jalb qilinadi va ular baholash mezonlari asosida talabalarga qo‘yilgan oraliq va yakuniy nazoratlar reyting ballarining xolisligini aniqlaydi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
48. O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i oraliq va yakuniy nazorat natijasi bo‘yicha topshirish reyting qaydnomalarini ko‘rib chiqib ko‘p miqdorda past o‘zlashtirish reyting balli ishlarni aniqlasa, bu haqda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorni xabardor qiladi. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor rektor buyrug‘i asosida tashkil etiladigan ekspertlar guruhi tomonidan yozma ishlarni qayta tekshirtirish huquqiga ega.
Ekspertlar guruhi ishiga rahbarlikni, qoida tariqasida, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor amalga oshiradi. Ekspertlar sifatida boshqa oliy ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari va amaliyot vakillari (kelishuv asosida) ishtirok etishi mumkin. Ekspertlarning shaxsi oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ekspertlarning asosiy vazifasi yozma ishlarni tasdiqlangan baholash mezonlari asosida qayta tekshirib, qo‘yilgan ballarning muvofiq yoki nomuvofiq ekanligini aniqlash hisoblanadi.
Qayta tekshirish natijalariga ko‘ra ekspertlar guruhi o‘zining ekspertlar guruhi a’zolari tomonidan imzolangan va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan xulosasini taqdim qiladi va bu tegishli ballarni o‘zgartirish uchun asos hisoblanadi. Xulosa O‘quv-uslubiy boshqarmaga jamlovchi qaydnomani tayyorlash uchun taqdim etiladi.
Ekspertlar guruhining xulosasi rasmiylashtirilgunga qadar oraliq va yakuniy nazorat natijalari yakuniy emas deb hisoblanadi va talabalarga e’lon qilinishi mumkin emas. Xulosa rasmiylashtirilgunga qadar natijalar maxfiyligi uchun O‘quv-uslubiy boshqarma mas’ul xodimi javobgar hisoblanadi. O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i xodimlarining lavozim majburiyatlarini bajarishlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni ta’minlashga mas’uldir.
Mas’ul xodim oraliq va yakuniy nazorat natijalarining maxfiyligi buzilishi yuzasidan barcha holatlar to‘g‘risida O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘iga darhol xabar berishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
49. Talabalar nazorat turlari bo‘yicha olgan baholarini hamda pedagog xodim tomonidan yozilgan taqrizlarni elektron ta’lim platformasi orqali kuzatib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oraliq nazorat bo‘yicha qo‘yilgan balldan norozi bo‘lgan talabalar baho e’lon qilingandan boshlab 72 soat davomida elektron ta’lim platformasi orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
(49-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 13-dekabrdagi 45-2021-son, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligining 2021-yil 21-dekabrdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-4, 21.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 10/21/2780-4/1183-son)
Oraliq nazorat ishlari bo‘yicha apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun tegishli kafedra mudiri tomonidan kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibidan kamida uchta a’zodan iborat apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Oraliq nazorat ishlari bo‘yicha apellatsiya shikoyatlari apellatsiya komissiyasi tomonidan shikoyat berilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakuniy nazorat bo‘yicha qo‘yilgan balldan norozi bo‘lgan talabalar baho e’lon qilingandan boshlab 72 soat davomida elektron ta’lim platformasi orqali apellatsiya shikoyatini berishlari mumkin.
(49-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 13-dekabrdagi 45-2021-son, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligining 2021-yil 21-dekabrdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-4, 21.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 10/21/2780-4/1183-son)
Apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish uchun fakultet dekani bildirgisiga asosan rektor buyrug‘i bilan universitet professor-o‘qituvchilari tarkibidan kamida yettita a’zodan iborat apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Yakuniy nazorat ishlari bo‘yicha apellatsiya shikoyatlari apellatsiya komissiyasi tomonidan barcha modullar bo‘yicha yakuniy nazorat baholari e’lon qilingandan boshlab o‘n kun davomida ko‘rib chiqiladi.
Apellatsiya komissiyalari a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellatsiya komissiyalarining qarori oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va unda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Talabaning apellatsiya shikoyati apellatsiya komissiyalarida zarurat bo‘lganda ushbu nazorat turi bo‘yicha ballar qo‘ygan pedagog xodimning ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqishda apellatsiya komissiyalari nazorat ishlarini har tomonlama o‘rganadi.
Talabaning apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha apellatsiya komissiyalari quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
qo‘yilgan ballarni o‘zgarishsiz qoldirish;
qo‘yilgan ballarni o‘zgartirish.
Talabaning apellatsiya shikoyatini ko‘rishda uning ilgari olgan reyting ballini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
50. Tekshirilgan oraliq va yakuniy nazorat yozma ishlari elektron ta’lim platformasida olti oy mobaynida saqlanadi. Oraliq va yakuniy nazorat yozma ishlari hujjatlar yig‘majildlariga kiritilmaydi va alohida saqlanishi talab etiladigan hujjat hisoblanmaydi. Oraliq va yakuniy yozma ishlar olti oylik muddat o‘tganidan so‘ng elektron tizimdan o‘chirib tashlanadi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
7-bob. Baholash tartibi va mezonlari
Oldingi tahrirga qarang.
51. Talabaning har bir modul bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash Yevropa kredit transfer tizimiga (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52. Talabaning o‘quv semestri mobaynidagi har bir modul bo‘yicha o‘zlashtirishi 100 ballik tizim asosida butun sonlar bilan baholanadi. 100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
oraliq nazoratga modul bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ballning — 40 foiz (40 ball) gacha;
yakuniy nazoratga modul bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ballning oraliq nazoratga ajratilgan qismidan qolgan qismda, oraliq nazorati belgilanmagan taqdirda 100 foiz (100 ball) gacha ajratiladi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
53. Elektron ta’lim platformasida alohida baholanadigan kurs ishi (loyiha, jadval-hisoblash ishi), amaliyot (stajirovka), yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha o‘zlashtirish ushbu Nizomning ilovasida belgilangan mezonlar bo‘yicha baholanadi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
54. Talabaning modul bo‘yicha o‘zlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlardan (bundan buyon matnda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) kelib chiqish tavsiya etiladi:
a) “A”, “A-” a’lo baho (86 — 100 foiz) olish uchun talaba:
o‘quv dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;
ilmiy terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
muammoli savollarni aniqlashi, o‘z huquqiy pozitsiyasini ilmiy-amaliy tilda asoslab bera olishi;
modulning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida ilmiy va amaliy masalalarni yechishda samarali qo‘llay olishi;
nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil va ijodiy hal qila olish qobiliyatini ko‘rsata olishi;
amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi;
modul o‘quv dasturida tavsiya etilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni to‘liq va chuqur o‘zlashtirishi;
o‘rganilayotgan modul bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglash, ularga tanqidiy baho berish va boshqa modullar ilmiy yutuqlarini qo‘llay olishi;
seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim;
b) “V+”, “V”, “V-” yaxshi baho (71 — 85 foiz) olish uchun talaba:
o‘quv dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;
ilmiy terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
o‘z fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;
modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qo‘yish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi;
standart vaziyatlarda muammolarni o‘quv dasturi doirasida mustaqil hal qila olishi;
amaliy mashg‘ulotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda to‘g‘ri (lekin doim ham ratsional emas) qo‘llay olishi, bunda bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada rasmiylashtira olmasligi;
modul o‘quv dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni o‘zlashtirishi;
o‘rganilayotgan modul bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi;
butun modulni o‘zlashtirish davomida seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim;
v) “S+”, “S”, “S-” qoniqarli baho (55 — 70 foiz) olish uchun talaba:
davlat ta’lim standartlari doirasida yetarli bilim hajmiga ega bo‘lishi;
ilmiy terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni to‘g‘ri bayon qilishi, lekin bunda ayrim xatolarga yo‘l qo‘yishi;
javob berishga yoki ayrim maxsus ko‘nikmalarni namoyish qilishda qiynalganda, modul va normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi;
modulning umumiy tushunchalari bo‘yicha qisman bilimga ega bo‘lishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qo‘llay olishi;
pedagog xodim rahbarligida standart (namunaviy) vaziyatlarni hal eta olishi;
o‘qilayotgan modul bo‘yicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi;
seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida pedagog xodim rahbarligida qatnashishi, vazifalarni bajarishda yetarli madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim;
g) talabaning bilim darajasi “D” qoniqarsiz baho bilan (50 — 55 foizgacha) baholanadi, agar:
davlat ta’lim standartlari doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega bo‘lsa;
ilmiy terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy xatolarga yo‘l qo‘ysa;
seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida passiv qatnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega bo‘lsa;
d) talaba o‘zlashtirishi quyidagi hollarda bilim darajasi “F” (0 — 49 foizgacha) bahoga baholanadi, agar:
tegishli modul bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lmasa;
amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmasa, xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham to‘g‘rilay olmasa.
Modul xususiyatidan kelib chiqqan holda har bir modul bo‘yicha baholash mezonlari kafedra tomonidan aniqlashtirilgan tartibda ishlab chiqiladi hamda tegishli modulning dasturiga kiritilib, O‘quv-uslubiy kengash tomonidan tasdiqlanadi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
56. Modullar bo‘yicha oraliq va yakuniy nazoratni baholash mezonlari namunaviy baholash mezonlari asosida ishlab chiqiladi va Universitet O‘quv-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
57. Modullar bo‘yicha semestr uchun talaba reytingi quyidagicha aniqlanadi:

Rf — talabaning reytingi;
V — semestrda modul uchun ajratilgan umumiy yuklama (soatlarda);
OI — modul bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda).
58. Talaba semestr mobaynida modul bo‘yicha olgan umumiy balli belgilangan tartibda talaba tomonidan har bir nazorat turi bo‘yicha olingan umumiy ballar yig‘indisiga teng.
8-bob. Nazorat va qayta topshirishlarni o‘tkazish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
59. Yakuniy nazorat jadvallari yakuniy nazorat boshlanishidan kamida bir hafta oldin o‘quv reja asosida fakultet dekanlari tomonidan ishlab chiqiladi, O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan umumlashtiriladi hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi.
Talaba belgilangan tartibda elektron ta’lim platformasi orqali oraliq va yakuniy nazorat ish natijalarini mustaqil ravishda bilib borishga majburdir.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61.O‘quv mashg‘ulotlarida kasalligi yoki boshqa hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablar tufayli (yo‘l-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, nikoh tuzilishi, farzand tug‘ilishi) ishtirok etmagan va shu sababli oraliq yoki yakuniy nazoratni belgilangan muddatda topshirmagan talabaga o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor bilan kelishilgan holda fakultet dekani tomonidan qayta o‘zlashtirish uchun akadem qarzdorlar uchun beriladigan bir oylik muddatda oraliq yoki yakuniy nazoratni topshirishga ruxsat beriladi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
62. Talabalarning o‘zlashtirmagan modullarni qayta topshirishi, modulni qayta o‘zlashtirish shartlari, bir kursda kreditlarni to‘plashning minimal va maksimal miqdorlari, kursdan-kursga o‘tkazish masalalari universitet Kengashi tomonidan belgilanadi.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
63. Talabalarga stipendiya to‘lash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
9-bob. Reyting natijalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va tahlil qilish
Oldingi tahrirga qarang.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
69. Talabalarning umumiy reytingi, shuningdek modullar bo‘yicha to‘plangan kreditlar soni har bir semestr va o‘quv yili yakunidan so‘ng e’lon qilinadi.
(69-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
70. Agar modul bir necha semestr davomida o‘tilgan bo‘lsa, O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan talaba diplomining ilovasi yoki akademik ma’lumotnoma tuzilayotgan vaqtda reytinglar yig‘indisi va to‘plangan kreditlar soni hisobga olinadi.
(70-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Talabaga imtiyozli diplom belgilash vaqtida uning modullar bo‘yicha o‘zlashtirishi har bir semestr natijasiga ko‘ra hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
71. Har bir fakultet talabalarining nazorat turlari bo‘yicha erishgan natijalari fakultet dekanati tomonidan O‘quv-uslubiy boshqarma bilan hamkorlikda tizimli ravishda tahlil qilinadi va O‘quv-uslubiy kengashda muhokama qilish uchun kiritiladi.
72. Oraliq va yakuniy nazorat ishlarining natijalari O‘quv-uslubiy kengashda va zaruratga ko‘ra, universitet Kengashida muntazam ravishda muhokama qilinadi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
73. O‘quv yilining yakuni bo‘yicha to‘plangan kreditlar miqdoriga ko‘ra talabalarni belgilangan tartibda keyingi kursga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
(71 — 73-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
10-bob. Yakuniy qoida
74. Mazkur Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishilgan.
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E. KANYaZOV
2016-yil 22-aprel
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligining 2020-yil 2-noyabrdagi 6-2020-son va 4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2780-3, 02.11.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2780-3/1454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Talabaning har bir modul bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini Yevropa kredit transfer tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosida

Download 112,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish