Yalpi ichki mahsulot hajmini o’zgarmas baholarda baholashda quyidagi indekslardan foydalaniladi:
Indeks turlari
|
Laspeyras indekslari
|
Paashe indekslari
|
Fizik hajm indeksi
|
|
|
Baho indeksi
|
|
|
YAIMni hisoblashda takroriy hisoblarga yo’l qo’ymaslik maqsadida uning tarkibiga faqat pirovard mahsulotlar (tovar va xizmatlar) qiymatlari kiritiladi. YAIM hajmini aniq va to’g’ri hisob-kitob qilish uchun ushbu yilda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar faqat bir marta hisobga olinishi lozim. Ko’pgina mahsulotlar bozorga tushguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichlaridan o’tadilar. Natijada ko’pchilik mahsulotlarning ayrim komponentalari bir necha marta sotiladi va sotib olinadi. Mahsulot qismlarini ko’p marta hisobga olinishini bartaraf qilish maqsadida, YAIMni hisob-kitob qilishda faqat pirovard mahsulotlarning bozor qiymatlari hisobga olinadi va oraliq mahsulotlari pirovard mahsulot qiymatlarida hisobga olinganligi sababli chegirilidi. Oraliq mahsulotlarini hisobga olish takroriy hisobga olib kelib, YAIM hajmini sun’iy tarzda oshirib, bo’rttirib yuboradi.
2-topshiriq. Asosiy fondlarning to’la va qoldiq qiymati balanslari asosida uning holati va harakati ko’rsatkichlarini hisoblash.
Asosiy kapitalning to’liq qiymati bo’yicha balansini tuzishda korxona va tashkilotlarning buxgalteriya va statistik hisobotlari, tanlama kuzatish ma’lumotlari asosiy axborot bazasi bo’lib xizmat qiladi. Bunda asosiy kapital to’liq boshlang’ich qiymat bo’yicha (so’nggi o’tkazilgan qayta baholashdan so’ng kiritilgan) va to’liq tiklash qiymat bo’yicha hisobga olinadi.
Asosiy kapitalning to’liq qiymati bo’yicha balansida:
bu erda: AC0 va AC1 – ma’lum davr boshida va oxirida asosiy kapitalning to’liq qiymati;
Asosiy kapitalning eskirishni hisobga olgan holdagi (qoldiq) qiymati bo’yicha balansi . Bu balansda mavjud asosiy kapital qayta baholashdan so’nggi qayta tiklangan qoldiq qiymat bo’yicha, yangi kiritilganlari – to’liq boshlang’ich qiymat bo’yicha, sotilganlari – bozor bahosida, boshqa tashkilotlardan olingan va hadya etilgan hamda eskirishi hisobiga ro’yxatdan chiqarilgan asosiy kapital qoldiq qiymat bo’yicha aks ettiriladi. Asosiy kapitalning yillik eskirish qiymati yil mobaynida hisoblangan amortizatsiya summasiga teng bo’ladi.
Asosiy kapitalning qoldiq qiymati bo’yicha balansida:
bu erda: AC0 va AC1 – ma’lum davr boshida va oxirida asosiy kapitalning qoldiq qiymati; ASkiritva AS’kirit – davr mobaynida kiritilgan asosiy kapitalning to’liq va qoldiq qiymati; ASchiqva AS’chiq – davr mobaynida chiqarilgan asosiy kapitalning to’liq va qoldiq qiymati; A – davr mobaynida hisoblangan amortizatsiya qiymati.
Balans ma’lumotlari asosida asosiy kapital harakati va holati ko’rsatkichlarini hisoblanadi. Asosiy kapitalning xarakati ko’rsatkichlari ma’lum davr mobaynida asosiy kapital xarakati jarayonlarini umumlashtirib tavsiflash uchun qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |